O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi vazifalari.
 
Bolalarga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish borasida kichik Vatan bo‘lmish 
mahallaning vazifalari:
 

mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak 
bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda, oqilona yechimlarni topishda faollik ko‘rsatishi;

mahalla o‘z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab
ularni qo‘llab-quvvatlab va farzandlarining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh 
bo‘lishi;

ma’nan nosog‘lom oilalarni mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, jamoatchilik 


32 
choralarini ko‘rishi;

mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy yordam ko‘rsatilishini 
qo‘llab-quvvatlashi;

ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, 
vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama 
rag‘batlantirishi;

mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijod 
ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to‘garak va „Usta-shogird“ rusumida bilim va 
kasb berish faoliyatini tashkil qilishi;

mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat 
qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari tashkil qilishi;

har bir yosh fuqaroda O‘zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, obodonchiligi uchun 
javobgarlik ruhini shakllantirishi.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi jarayonida 
maktabning vazifalari:
 
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlis to monidan qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunining,
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va respublika rahbariyatining dasturiy fikrlari mazmunidan kelib 
chiqqan bo‘lishi kerak, ya’ni:

maktabda bolaga biror-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;

o‘quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug‘ullanishlariga yordam berish, ularning 
bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish;

bolalarga ta’lim berishni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv-uslubiy 
dasturlar asosida tashkil etish, o‘quv- tarbiya jarayonlarini jahon andazalariga mos ravishda 
ta’minlash:

o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan 
kelib chiqib, ularni turli soha bo‘yicha kasb asoslariga yo‘naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan 
yondashuvni joriy etish;

Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andazalariga mos bilim olishlari, kasb 
tanlashlari, mustaqil hayotga tayyor- garliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida 
ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo‘yicha ish bilan ta’minlashlariga, iqtisodiy mustaqil 
bo‘lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado 
etishga javobgarlik hissini to‘la shakllantirish, mustaqil oila ko‘rishga tayyorlash.
O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish 
mexanizmi:
 
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning 4- bo‘lim 6- bandida „Muassasa tashkilotlarning, 
mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, 
fondlarning va homiylarning vakillarini o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv jamoat 
boshqaruvi tizimi joriy etiladi“, deb belgilab berilgan. O‘zaro hamkorlik ishlarini 
boshqarish uchun joylarda o‘z tarkibiga mahallalar faollari, obro‘li ota-onalardan, o‘quv-
tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli 
tashkilotlarning xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi 
kerak. Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib o‘z tarkibida turli 
yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadigan kichik tashab- buskor guruhlarni tuzishi mumkin. 
Jamoatchilik kengashi ma’ lum bir muddatga mo‘ljallangan ish dasturini tuzish va uni 


33 
mahalla yig‘inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Qayd etilgan tadbirlar davra 
suhbatlaridan, biror-bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, mahalla 
ahlini birlashtiruvchi, ularni sog‘lom turmush tarziga yetaklovchi ko‘rik-tanlovlar, musobaqa, 
bellashuv, uchrashuvlar va turli sanalarga bag‘ishlangan anjumanlardan iborat bo‘lishi 
mumkin. Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o‘z faoliyati to‘g‘risida mahalla ahliga har 
chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug‘ilganda o‘quv-tarbiya muassasalari, mahalla 
faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim- tarbiya 
yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida hisobotlarni tinglab, ularga amaliy va nazariy 
yordam berishi ish samarasiga
va uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o‘z farzandlari tarbiyasiga befarq 
ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan 
hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo‘llashi mumkin.
Kengash tashabbusi bilan biror-bir dolzarb mavzuda favqulodda mahalla yig‘inlari, o‘quv-tarbiya 
muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o‘tkazilishi 
mumkin. Kengash mahalla hududida o‘zbek milliy tarbiya an’anlarini tiklash, turli madaniy 
tadbirlar o‘tkazish, bolalar va kattalarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, 
o‘yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o‘smirlar klublari, maktabgacha va 
maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi. Kengash o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil 
qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida 
yoritadi. Kengash yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan 
masala va muammolarni mahalla hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi 
rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatligini ta’minlaydi. Yuqorida 
aytilganidek, ota-onalarning mehnatga bo‘lgan munosabati bolaga kuchli tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatadi. Oiladagi va o‘zidan katta sinfdoshlari, mahalladagi faollarning mehnatsevarligi 
kichiklarga mehnat namunasiga aylanadi. Ota-onalar, maktab bolaning qiziqishi va maylini o‘z 
vaqtida payqab, ulardan iste’dodni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishlari 
lozim. Bu esa bolalarda kattalar mehnat yutuqlaridan faxrlanish hissini tarbiyalab, ularga 
ergashishga undaydi.
Oilada olib borilgan yaxshi mehnat tarbiyasi bolalarning muvaffaqiyatli o‘qishiga yaxshi 
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ota- onalar shuni unutmasliklari kerakki, maktabda ham bolalar 
bilan mehnat tarbiyasi olib boriladi, mehnat va ijtimoiy foydali mehnat darslari o‘tiladi. Mehnat 
ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar bu darslarda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. 
O‘g‘il-qizlarni barcha mehnat turlariga tayyorlashda maktab, oila, mahalla hamkorligida 
bolalarni yangi hayotga tayyorlash faqat ijobiy natija beradi. Vaqtning qadriga yetish, daqiqalarni 
e’zozlash, uning barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi kunning muhim shioriga 
aylangan bir paytda ota-onalarning, kattalarning ibrati bolalar uchun o‘rnak bo‘lishi kerak.
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da uzluksiz ta’limga alohida e’tibor berilgan. Uzluksiz 
ta’limning boshlang‘ich nuqtasi oila hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim 
to‘g‘risi“dagi Qonunining 5- bob 30- moddasida ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari 
quyidagicha ko‘rsatib o‘tilgan: „Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari 
bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, 
maktabgacha, umumiy o‘rta, maxsus, kasb-hunar ta’limini olishlari uchun javobgardir“.
Ana shulardan kelib chiqib, har bir ota-ona, maktab, mahalla farzandlar oldidagi fuqarolik 
burchlarini his etishlari lozim. Jamiyatimiz uchun yuqori malakali, raqobatga qodir 
mutaxassislarni tayyorlash uchun maktab, ota-onalar va mahalla hamkorlikda olib 


34 
boriladigan kasbga yo‘naltirish ishlarini takomil- lashtirish, yangi shakl va usullarni izlab 
topish va bunga keng jamoatchilikni ham jalb etish kerak. O‘quvchi maktabda ta’lim tarbiya 
olish bilan birgalikda shaxs sifatida shakllana boradi. O‘zining jamiyatdagi o‘rnini sinfdoshlari, 
qolaversa, murabbiy, mahalladagi ilg‘or hunarmandlar bilan taqqoslay boshlaydi. O‘zi dagi 
yaxshi jihozlarni namoyon etishga intiladi va o‘zgalar ichida ajralib turishga harakat qiladi. 
Xuddi shu paytdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasb-hunarga yo‘llash sohasidagi 
dastlabki ma’lumotlarni bera boshlashlari lozim. O‘quvchilarning o‘zlari uchun munosib 
kasblar tanlashlarida ota-onalarning roli alohida o‘rin tutadi. Sinf rahbari, maktab ruhshunosi 
kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis va maktab shifokori bilan hamkorlikda ish olib borib, 
o‘quvchining psixologik-pedagogik xaritasidan yozilgan tashxis natijalariga asoslanib, 
kasbiy maslahat berishlari lozim. Buning uchun, avvalo, ota-onalarning o‘z farzandlari 
haqida fikrlarini bilish kerak.
Pedagogik 
faoliyatimiz 
va tajriba-sinov ishlarimiz natijasida 
umumta’lim 
maktablarida xalqimizning milliy, tarixiy an’analaridan, qadriyatlaridan foydalanish darajasini 
va saviyasini aniqlashimiz uchun mahalla bilan hamkorlikda ish olib borish faqat ijobiy natija 
beradi. Ma’lumki, mahallalarda hunarmandchilik texnika rivoji bilan birgalikda takomillasha 
bordi va turli ixtisosliklar: kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, 
sartaroshlik, o‘ymakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunikasozlik kabilar ajraldi. 
Mahallalarda ochilgan bunday hunarmandchilik shoxobchalariga bolalarni qiziqtirish, maktab, 
oila, mahalla hamkorlikda, hunarmandchilikka oid ko‘rgazmalar tashkil etish, ushbu tanlovda 
ishtirok etgan o‘quvchilar mehnatiga ijobiy baho berish o‘quvchilarning o‘sha kasbni egallashlari 
uchun aniq manba bo‘lib xizmat qiladi. Qadimgi manbalarda aks ettirilgandek, Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Samarqand, Xiva va Qo‘qon shaharlarida me’morchilik, quruvchilik inshootlari keng 
rivojlangan. Shu bois hunar va kasb haqida mahalla oqsoqollari, momolar ham o‘zlarining 
hayotlarini farovon o‘tkazishlarida o‘rgangan hunarlari foyda berganini ta’kidlashadi. Maktab, 
oila, mahalla hamkorlikda mehnat ta’limi avlodni mehnat qilishga tayyorlashni shakllantirish, 
kelajagi buyuk davlat qurishda amaliy ishtirok etishga intilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. 
Barchamizga ma’lumki, yosh o‘quvchilar qaysi ustoz shirinso‘z, yaxshi muomalada bo‘lsa, bola 
qalbiga yo‘l topa olsa, unga bog‘langan holda o‘sha kasbga bo‘lgan qiziqishi ortadi. O‘z kasbiga 
fidoyi bo‘lgan har bir o‘qituvchi o‘zining tarbiyalayotgan o‘quvchisining kelajagiga bafarq 
bo‘la olmaydi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin