Agar biz AQSh pedagogikasidagi: -bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun ko`rash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g‘ururini yerga urmaslik;
-Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k.
Yaponiya ta’limidagi; -bolani maktabga puxta tayyorlash;
-kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
-o`quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor;
-o`qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
-yosh iqtidor soxiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar;
Germaniya ta’limidagi: -tabaqalashtirib o`qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
-o`qituvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
-kasbga yo`naltirish;
Fransiya ta’limidagi : -maktabgacha davridanoq o`quvni predmetlashtirib tashkil etish;
- boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
- o`quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor;
-o`quv muassasalarning turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa
ibratli jihatlar bizning ta’limga ham kuchsa, bizning pedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam
bosgan bo‘lar edi.
Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o`zgarish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib
keladi. “Zo`rlab tiqishtirish” bizning uslubiyat emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib
qolishiga
ham
yo`l
qo`yib
bo`lmaydi.
Keyingi paytlarda ilmiy asoslanmagan, sinab ko`rilmagan “Islohotlar” ni joriy etish, yangi o`quv
muassasalari to`g‘risida ham ta’lim vazirligi tasdiqlagan Nizomdan chetga chiqish hollari ro`y
bermoqda, aksariyat shunday “isloh” qilingan maktablar, sinflar ko`zlagan samaradorlikni
bermaganligi uchun oddiy maktablar va sinflarga aylantirilmoqda.