O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

2-topshiriq:
Darslikdagi yangi mavzu “Shirinso‘z” hikoyasini o‘quvchilarga mustaqil, 
diqqat qilib o‘qish uchun berish (5 daqiqa). Shu vaqt ichida o‘qituvchi test javoblarini tekshirib 
oladi.
3-topshiriq:
O‘quvchilar o‘qigan hikoyalari bo‘yicha sahna ko‘rinish ijro etadilar. Sahna 
ko‘rinish uchun har bir qatyordan bittadan xohlovchi o‘quvchilarni chiqariladi. O‘quvchilardan 
biri aftor, biri qizcha, biri onasi rolini ijro etadi. O‘quvchilar o‘qiganlari bo‘yicha o‘z tillarida 
rollarini ijro etadilar. Sahna ko‘rinishdagi rolini ijrosiga qarab o‘quvchilar jeton bilan 
taqdirlanadilar. 
4-topshiriq:
Hikoya ustida savol-javob o‘tkazish. Doskada berilgan chizmalarga yaxshi va 
yomon so‘zlarni o‘quvchilarga yozdirib, to‘ldirish. Bu topshiriqda qatorlarning faolligiga e`tibor 
beriladi. So‘zlar yozib bo‘lingach, yomon so‘zlarni ustidan chizib o‘chiriladi va bu bilan 
o‘quvchilar nutqidan ham o‘chirilishi kerakligi ta`kidlanadi. Chizma: 
5-topshiriq:
Videotasma orqali televizorda “Zumrad va Qimmad” multfilmidan parcha 
namoyish etiladi. So‘ng o‘quvchilar bilan multfilmdan olingan parcha tahlil qilinadi. Nima uchun 
Zumradga yaxshi sovg‘alar, Qimmatga bo‘sh sandiq berildi? Shirinso‘zlilik qanday ahamiyatga 
ega ekan?…kabi savollar bilan suhbat uyushtiriladi. 
6-topshiriq:
Har bir qatorga alohida syujetli rasmlar beriladi. Har bir qator o‘ziga berilgan 
rasm yuzasidan hikoyacha tuzadi. Hikoyadagi obrazlarning shirinso‘zligi va so‘zlashish odobiga 
qay darajada rioya qilganligi hisobga olinadi. 
III.
Guruhlar yig‘gan jetonlarga qarab o‘rinlar berish va taqdirlash. Sinfdagi barcha 
o‘quvchilarni faolligiga va guruhining olgan o‘rniga qarab baholash. 
VI.
Uyga hikoyani o‘qib, yaxshi so‘zlarni yodlab kelishni topshirish. 
V.
Darsni yakunlash. 
8-amaliy mashg‘ulot 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin