O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

11-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni. Pedagogik
diagnostika metodlari. 
Reja: 
1.
Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. 
2.
Tadbir ishlanmasini tuzish. 
Maqsad: 
Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni. Pedagogik
diagnostika metodlari haqida tushuncha berish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 301-bet.
 
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.155-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.109-bet.
 
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.203-bet. 
 
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli 
nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion 
pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — 
yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki 
psixik kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, 
salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish 
jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi. Ilmiy tushuncha sifatida 
korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt 
bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
 
Korrektsion pedagogika (defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: 
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va 
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish 
kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi. Ana shu 
lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual 
tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning 
individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini 
o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi. 
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) 
faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat. 


114 
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab 
psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi 
pedagogik tizim. 
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion- profilaktik faoliyatlar bilan 
birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar 
yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit 
jarayon.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi 
xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. 
Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan 
foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga 
oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat 
ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish ko’nikmalari, 
og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa 
malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal 
rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal 
bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va 
nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi. 
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o’zgartirish, uning 
emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, 
badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat. 
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z vaqtida malakali 
yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi bo’lib, uning asosiy vazifasi bola 
rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning 
rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va 
ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. 
Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida 
nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik faoliyat boy tarixiy 
tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos — noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin