O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Topshiriq:
Ushbu quyida keltirilgan matndan parcha qaysi sinf darsligining qanday nomli 
hikoyasidan? 


115 
Topshiriq: 
3-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir ishlanmasini yozish.
 
12-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Shaxsda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari.
Reja: 
1.Shaxs haqida tushuncha. 
2. Tadbir ishlanmasi tuzish metodikasi. 
Maqsad:
Shaxsda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari haqidagi bilimlarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 188-bet.
 
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.115-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.141-bet.
 
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.132-bet. 
 


116 
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlatimiz 
siyosatining bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. YUksak ma’naviy-axloqiy 
fazilatlar va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish ko‘p bosqichli, murakkab jarayon bo‘lib, 
mazkur 
jarayon 
shaxs 
tarbiyasiga 
innovatsion 
yondoshuvni 
talab 
etadi. 
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlat va 
jamiyatning uzluksiz ta’lim jarayoniga taqdim etgan buyurtmasidir. 
Shaxsning ma’naviy –axloqiy kamolotini shakllantirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy 
madaniyatini oshirish, ularning yuksak insoniy fazilatlari, ichki dunyosini boyitish demakdir. 
Ushbu 
maqsadni 
amalga 
oshirish 
uchun 
quyidagi 
vazifalar 
belgilangan: 

yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, axloqiy bilim va tasavvurlarini, ma’naviy 
savodxonligini yanada o‘stirish; 

milliy-ma’naviy qadriyatlar, ularning mazmuni, mohiyatiga doir bilim, ko‘nikma va 
malakalarini takomillashtirish; 

yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy madaniyatini oshirish; 

axloqiy fazilatlarning milliy mustaqillik, yuksak insoniy fazilatlar bilan chambarchas 
bog‘liq ekaninini hisobga olgan holda ongli va puxta o‘zlashtirilishiga erishish; 

yoshlar ma’naviyatiga xavf tug‘diruvchi ichki omillar: mahalliychilik,tanish-
bilishchilik,urug‘-aymoqchilik, 
ilimsizlik, 
madaniyatsizlik, 
milliy 
qadriyatlarni 
mensimaslik singari illatlarga qarshi kurasha olish xususiyatlarini shakllantirish; 

mustaqillikka xavf tug‘diruvchi tashqi omillar: diniy ekstremizm, aqidaparsatlik, 
vahhobiylik, akromiylik, hizbu-tahrir oqimlarining tahdididan o‘zini himoya eta olish va 
ularga qarshi kurasha olish ko‘nikmalarini hosil qilish; 

milliy- madaniy merosimizga, buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyatiga, milliy 
qadriyatlarimizni muntazam o‘rganib borish uchun shaxsiy qiziqishlarini shakllantirish. 
Noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan shaxsning 
ma’naviy kamoloti vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiylik hamda mehnatsevarlik 
singari ezgu fazilatlar asosida shakllantirib boriladi. O‘z navbatida ularning har biri o‘z 
tarkibida bir qancha xususiyatlarni birlashtiradi. 
Shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari ichida “Ma’naviy kamolot” ga alohida urg‘u beriladi. 
“Ma’naviy kamolot” deganda har bir shaxsdagi u mansub bo‘lgan halq va millat, qolaversa, butun 
insoniyatga xos bo‘lgan eng yaxshi, asrlar davomida hayotda o‘zini oqlab, ko‘pchilik tomonidan 
e’tirof etilib, bezavol yashab kelayotgan axloqiy-ma’naviy fazilatlarning davr talablari aosida 
mujassamlashuvi tushuniladi. Bunday fazilatlar orasida ayniqsa, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
axloqiylik, mehnatsevarlik singari tayanch tushunchalar alohida o‘rin tutadi. Yuksak 
ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik 
deganda, insonning o‘z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo‘lmasin o‘z 
kuch va g‘ayratini ayamasdan sarflashidir. Vatanparvarlik xalqimizning tarixiy hayotida muhim 
o‘rin egallagan (Spitamen, To‘maris,Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, 
Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, va boshqalar faoliyati). Masalan, 


117 
qadimgi ajdodlarimizdan Metexon (milodning 209 yili) Vatan haqida: «Vatan bizning olish-berish 
qilsak bo‘ladigan mulkimiz emas. Uning bir parchasida mozorlarda yotgan, o‘tgan avlod-
ajdodlarimizning xoklari, o‘zimizva qiyomatgacha tug‘iladigan avlodlarimizning haqlari bordir. U 
dushmanga berilishi mumkin emas»,- degan edi. Bu fikrlar har bir kishini hayratga soladi, albatta. 
Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun xalq og‘zaki ijodi janrlaridan tortib 
sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarini mukammal o‘rganishimiz lozimdir. 
Topshiriq: Quyidagi mavzuni davom ettiring va tadbir ishlanmasinintuzing! 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin