O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Innovatsiya:

Yangilanish, o’zgarish; 

Biror – bir yangilikni kiritish; 

Yangilikni o’zlashtirish jarayoni. 
Innovatsiya
– (inglizcha Innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini 
o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini 
o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish). 
Demak, faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog’lash yoki kiritish orqaligina 
ta`limda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma – 
bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o’ylab, o’lchab amalga kiritish 
maqsadga muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala – partish, tartibsiz, oldindan natija olishni 
mo’ljallamay amalga oshirish zarar keltirishi ham mumkin. 
Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga 
qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin. Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib 
kelayotgan: o’quv – tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv 
materialni hajmini oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or 
metodlardan foydalanish, o’quv – tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or 


121 
texnologiyalarni qo’llash, axborot – kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. 
Yuqori natijalar beradigan yangi g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, insonni rivojlanishiga 
olib keluvchi, tom ma`nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi. 
Topshiriq:
Quyida berilgan matn qaysi sinf darsligidan olingan……? Davom ettiring. 
15-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin