O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


Reja:  1.Trening haqida tushuncha.  2.Boshlang’ich sinflarda trening o’tkazish.  Maqsad



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Reja: 
1.Trening haqida tushuncha. 
2.Boshlang’ich sinflarda trening o’tkazish. 
Maqsad:
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati haqida bilim, ko’nikmalarni rivojlantirish. 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.
R.A.Mavlonova, Б.Нормуродова. Тарбиявий ишлар методикаси. O‘quv qo‘llanma. 
 
Toshkent, “Fan” 2008 y. 101-bet.
 
2.
R. Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar
metodikasi. Darslik. Toshkent, 2014 y.183-bet. 
3.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv 
 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil.172-bet.
 
4.
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi 
 
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil.200-bet. 
 


122 
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol 
shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish 
hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni 
mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar 
desak, mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining 
o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar, 
menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, 
shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl 
mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida 
muloqotga bo’lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional 
sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular 
o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik 
treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil 
qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi 
nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera 
oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini 
o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan 
o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-
qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb 
ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda 
mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan 
iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga 
bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini 
anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy 
bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta 
olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga 
oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi 
masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi 
bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan 
bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq 
qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos 
keladi. 
Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat 
quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir 
biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish 
imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak. Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to’planishi yuzma-
yuz o’tirish va hakozolar. Bu “Men - o’yinda” deb ataluvchi holat bo’lib, ishtirokchilar, 
boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan 
erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. 


123 
Guruh a’zolarining qanday shakli stol atrofida o’tirishlari, yoki birbirlariga nisbatan fazoviy 
joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar 
trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning 
fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat 
“Menmunozaradaman” deb ataladi. 
Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi 
shaxs holati ‘Men o’yindaman’ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida 
xohlagan qulay holat bo’lsa 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin