O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

 
O’qituvchi:
Xalq mehnatining eng ajoyib namunalaridan biri nondir. U – hayotning 
asosi, inson aqlu, zakovati va ijodkorligining samarasi, odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat 
boyligi, tinchlik va farovonligining ramzi hisoblanadi. 
4 – o’quvchi: 
Non – shu uch harfdan iborat bo’lgan so’zda qanchalar ma’no bor. Non – bu hayot, non – 
bu mo’l – ko’lchilikdir. Dunyo – dunyo bo’lib non ko’ngilga tekkanmikan. Albatta, yo’q, bunday 
odamning bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, non barcha ne’matlar ichida eng xushxo’ri, 
kishi uchun eng kerakli mahsulotdir. 
5 – o’quvchi

Non haqida o’ylasam, 
O’yim tamom bo’lmaydi. 
Siz ham o’ylang bolalar 
Lekin yomon bo’lmaydi. 
 6 – o’quvchi: 
Har kun – har yerda 
Insonga do’st qadrdon, 
Non qadrini bilamiz, 
Hammamiz ham yoshlikdan. 
7 – o’quvchi: 
Non – tinch turmush, mo’llik, 
To’y – u havas, non bilan, 
Non haqida so’z borsa 
Eshitaman jon bilan. 
O’qituvchi: 
Kimki non va mehnat nimaligini bilmasa, o’z xalqining farzandi bo’la olmaydi. 
Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi, nonning qadriga yetmaydi. Chunki non – 
zahmatkash dehqonlar jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod bo’ladi. Non 
mahsulotlarini ko’paytirish uchun kurashda faqat dehqonlar emas, balki olimlar ham xalq 
xo’jaligining turli sohalaridagi son – sanoqsiz mehnatkashlar ishtirok etadilar. Har bir bug’doy 
doni tegirmonda un bo’lguncha 15 km yo’ldan aylanib chiqishi kerak ekan. Mana shu bitta 
batonga 10 000 ta bug’doy doni sarflanar ekan. Nonni tayyorlashda unni elash, xamir qorish va 
bunda tuz, xamirturush, sut, shakar solinib pishiriladi. Mana shu ishlar hammasi mashinalar 
yordamida bajariladi. Aholiga non yetkazib bersih qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt talab qiladi. 


111 
Non! Shu non bizlar
dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash 
qo’lidan o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar tabarrukdir. 
8 – o’quvchi: 
Mehnat lazzatini surmoqda Vatan. 
To’kinlik rizqi deb yozamiz dasturxon 
Ota – bobolarning odatin qilib 
Hatto, ushog’ini e’zozlaylik har on. 
O’qituvchi: 
Mana, bolalr, yaqinda 3 – non zavodiga borib, u yerda nonni pishirilishini o’z 
ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Qani bolalar non qanday tayyorlanar ekan? Kim aytadi? 
9 – o’quvchi: 
Bug’doy uni saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga seyalka bug’doyni ekadilar. 
Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar. Bug’doy mana bunday o’sa boshlaydi (undirilgan 
bug’doy ko’rsatiladi) Keyin gullab boshoq tugadi va mana bunday oltin kabi yetiladi. So’ngra un 
qilinadi. Qoplanadi va un zavodlariga yuboriladi. U yerda nonvoylarimiz non yopadilar. Yopilgan 
nonlarni biz hali shirin uyqumizda yotgan paytimizda mashinalarda magazinlarga tarqatiladi.
O’qituvchi:
Mana qarang bolalar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko’p 
mehnat natijasida tayyorlangan nonlarning isrof bo’lib partalar ostida, hatto ko’chalarda yerga 
tushib, uvol bo’lib yotishiga qanday qaraysiz? 
(Bolalar o’z fikrlarini aytadilar) 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin