O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

10 –o’quvchi: 
Qadoq qo’lli dehqonlar 
Terlar to’kib ekishgan 
Shu sababdan har boshoq 
Oltin bo’lib yetishgan 
O’qituvchi

Uzoq safarga yoki Armiya safida xizmat qilish uchun jo’nayotgan kishilarga, 
akalarimizga non tishlatib qolinadi. Bu kelib rizqingni o’zing yegin, degan ma’noni bildiradi. 
Tishlangan non go’yoki umid – tayanchi. Bizning xalqimiz nonni shunday ulug’laydi. 
11 – o’quvchi: 
Xirmon to’lsa dalaga 
Shudir chin g’alaba 
Yuzlar yorug’ mehmonga 
Ro’zg’or mo’ldir osh nonga 
12 – o’quvchi: 


112 
Har narsa inson uchun 
Vijdon uchun, shon uchun. 
Ikki so‘z – nonu inson 
Mazmuni bor bir jahon. 
13 – o’quvchi: 
Inson nonni yaratar 
Non insonni yashnatar 
Non shu ko’ngilga tegmas 
Eng aziz, eng muqaddas. 
14 – o’quvchi: 
Har uyda xizmati, 
Yasha aziz g’allakor 
Oppoq nonning hurmati 
G’alla yurtning qudrati 
O’qituvchi:
Dasturxon deganda ko’z oldimizga ne’matdan oldin non, tabarruk non keladi. 
Dasturxonga qancha narsa qo’yilmasin: turli konfetlar, olma – uzumlar, har xil ovqatlar, somsalar 
quyilsa, lekin non qo’yilmasa, bunday dasturxon foydali, zarur dasturxon bo’lmaydi. 
Magnitafonda: 
Donolarda shunday gap bor. Aytishlaricha bir olimdan non ulug’mi, yoki kitob ulug’mi 
deb so’rabdilar. U kitob ulug’ deb javob beribdi. Kunlar o’tibdi, o’sha odam och qolibdi, madori 
qolmabdi. So’ngra nima qilishini bilmay kitobiga non almashib yebdi. Bu gap bekorga 
aytilmagan, chunki non bu hayotdir.
Ashula
: Non nashidasi 
O’quvchilar non haqida maqollar aytadi. 
Keksa –yu yosh shu non deb 
Ter to’kishar o’ylasak 
Kim nima der biz uni 
Xo’rlab otib o’ynasak 
Har bir kichik ushoq ham 
Non, hech to’kib sochmaylik, 
Non shirinlik, non – hayot, 
Tugamas baxt va boylik 
O’qituvchi:
Katta qiyinchiliklar evaziga yetishtirilgan nonni isrof qilmasdan uni avaylab – 
ardoqlashimiz kerak ekan. Dasturxonimizning to’kin – sochinligi va hayotimizning
farovonligi 


113 
hammasi mehnatkash dehqonlarimiz tufaylidir. Shu bilan “Non aziz” mavzusidagi tarbiyaviy 
soatimizni yakunlaymiz. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin