O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Tarbiya qoidalari: 
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish;
- shaxs tarbiyasida jamoaning o‘rni borligi;
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lish va uning shaxsini hurmat qilish;
- tarbiyalanuvchining tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olish;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e‘tibor.
Tarbiya qoidasi 
(TQ) - pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida 
foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. TQlari deganda o‘qituvchi va 
tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. TQ Sharq va Markaziy Osiyo 
donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlariga asoslanadi.
TQlarga quyidagilar kiradi:
-
tarbiyaning ma‘lum maqsadga qaratilganligi;
-
tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya qoidasi;
-
tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi;
-
tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individul xususiyatlarini hisobga olish;
-
izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi. 


129 
Tarbiyaviy jarayon – 
rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab 
borish jarayoni bo‘lib, insonlarning rivojlanishini boshqarish hamda ularning shaxsiy xislatlari 
shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi. Ayrim hollarda 
tarbiya bilan rivojlanish 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yo‘qdek tuyuladi, aslida ular o‘rtasida bog‘liqlik juda murakkab va 
ahamiyatlidir. Inson shaxsi tarbiya jarayonida rivojlanib boradi, rivojlanish darajasi uning 
tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, ya‘ni, o‘zgartiradi, shakllantiradi. Yaxshi tashkil etilgan tarbiya 
jarayoni shaxsning rivojlanish darajasini tezlashtiradi va yana tarbiyaga qayta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu tarzda insonning butun hayoti davomida bu ta‘sir va aks ta‘sirlar o‘zaro bir-birini to‘ldirib, 
ta‘minlab boradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin