O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə57/99
tarix25.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#196246
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Ta’lim kontseptsiyalari (lotin tilidan «conceptio» –tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yahlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo’nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.
Ta’lim maqsadi (o’qish, bilim olish maqsadi) — ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi etakchi g’oya;
Ta’lim mazmuni — shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot ta mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
Ta’lim menejeri – ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutahassis.
Ta’lim metodlari — ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish -pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o ‘qituvchilar, o ‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo'naltirilgan faoliyatidir.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shahsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, hulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim vositalari - O’quv ko’rgazmali vositalar, o’quv texnika vositalari,o’quv axborot texnorlogiyalariga bo’linadi.
Ta’limni boshqarish — ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin