Standart panel. Standart ( Стандартная ) panelida joylashgan tugmalar bosh menyuning eng ko’p ishlatiladigan buyruqlari hisoblanadi. 10-rasm. Standart panel. Bu panelda quyidagi tugmalar mavjud: Создаты (New) – yangi hujjat yaratish. Открыть (Open) – hujjat ochish. Сохранить (Save) – hujjatni saqlash. Печать (Print) – hujjatni chop etish. Вырезать (Cut) – belgilangan obyektni buffer (vaqtinchalik xotira)ga qirqib olish.
17
Копировать (Copy) - belgilangan obyektni buffer (vaqtinchalik xotira)ga nusxa olish. Вставить (Paste) - buffer (vaqtinchalik xotira)dagi obyektni qo’yish. Откат (Undo) – oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish. Возврат (Redo) – bekor qilingan amalni tiklash. Импорт (Import) – hujjatlar olib kirish Экспорт (Export) – hujjatlarni chiqarish (saqlash) Запуск приложения (Aplication Launcher) Corel Graphics Suite dasturlar paketi tarkibiga kiruvchi ixtiyoriy dasturlarni ishga tushurish. Экран приветствия (Welcom screen) – CorelDRAW dasturini ishga tushirganda ochiladigan oynaning ko’rinishi. Уровни масштаба (Zoom levels) hujjatni ko’rish masshtabini tanlash. Привязка к (Snap to) – obyektlarni bog’lash usullarini tanlash menyusi. Параметры (Option) – dastur sozlamalari oynasini ochish. Panel tugmalaridagi tasvirlar, ularning vazifasini to’liq aks ettirmasligi mumkin. Agar tugmalarga sichqoncha ko’rsatgichi olib kelinib bir necha sekund kutilsa, tugma bajaradigan amalini tushuntiruvchi izoh paydo bo’ladi.