О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Qo’llanish sohasi:
-
Kompyuterda loyihalash tizimlarida;
-
Elektron va poligrafik nashriyotlarda, Web dizaynda; 
-
Kompyuter dizayni va reklamada. 
CorelDRAW dasturining ustunliklaridan biri, uning qulay va oson sozlanadigan 
foydalanuvchi interfeysidir. Dastur oynasi ko’pgina xizmatchi elementlardan tashkil 
topgan. Ushbu elementlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz. 
Dasturni kompyuterga o’rnatganimizda quyidagicha ko’rinadi. Mazkur belgi 
ustiga sichqoncha o’ng tugmasini ikki marta bosish orqali dasturga kiriladi. 
Bosh menyu-CorelDRAW dasturida ishlatiladigan barcha buyruqlar joylashgan 
element.
Standart panel - asosiy tahrirlash operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan 
tugmalardan iborat element.
Kontekstga bog’liq o’zgaradigan Xususiyatlar paneli, ya’ni belgilangan va 
aktiv bo’lgan obyektga mo’ljalanib o’zgaradigan panel.
Uskunalar paneli-turli obyektlarni joylashtirish imkoniyatini beruvchi panel.
Ranglar palitrasi — obyektlarni bo’yashga mo’ljallagan ranglar to’plami. 
Foydalanuvchi ehtiyojiga ko’ra ekranga qo’shimcha interfeys elementlarini ochib 
olishi mumkin. Buning uchun yuqorida keltirilgan elementlarda sichqoncha o’ng 
tugmasi bosilganda ochiladigan kontekstli menyudan foydalanish mumkin. 


15 
 
 
8-rasm. CorelDRAW dasturi logotipi 
 
 
9-rasm. CorelDRAW dasturi oynasining umumiy ko’rinishi 
Файл 
(File) – hujjatlar bilan ishlash buyruqlari: yaratish, ochish, saqlash, 
import v eksport, nashr qilish va boshqalar. 
Правка 
(Edit) – Umumiy tahrirlash, qidiruv v ayrim turdagi maxsus 
obyektlar bilan ishlash buyruqlari joylashgan. 
Вид 
(View) – obyektlarni turli rejimlarda ko’rish, dasturning qo’shimcha 
oynalarini chiqarish va yashirish uchun buyruqlar joylashgan. 


16 
Макет 
(Layout) – hujjat parametrlarini sozlash, hujjatga sahifa qo’shish va 
olib tashlash. 
Упрядочить 
(Arrange) – obyektlarning birgalikda joylashishinio’zgartirish 
va kombinatsiyalashtirish. 
Эффекты 
(Effect) – Obyektlarga qo’llash mumkin bo’lgan rang va vektor 
effectlarini boshqarish. 
Растровые изображения 
(Bitmaps) – rastrli tasvirlarni tahrirlash. 
Текст 
(Text) – matnli obyektlar bilan ishash 
Таблица 
(Table) – jadvallar yaratish va tahrirlash 
Инструменты 
(Tools) – dasturni sozlash va ayrim qo’shimcha xususiyatlar 
oynalarini ochish.
Окна 
(Window) – hujjat oynalarini boshqarish va dasturning qo’shimcha 
panellarini ochish. 
Справка 
(Help) – yordam tizimi va foydali havola (silka)lar. 
 
Shuni ta’kidlash kerakki CorelDRAW dasturining bosh menyusi boshqa grafik 
muharrirlar menyusidan ancha boyitilgan hisoblanadi. Shuning uchun menyudagi 
barcha buyruqlarni esab qolish qiyin bo’lishishi mumkin. Shuning uchun ayrim 
buyruqlarni klaviatrudagi tugmalardan foydalanib bajarish tavsiya etiladi. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin