О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov


Kompyuter grafikasi va uning turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Kompyuter grafikasi va uning turlari 
Ikki о’lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 
* rastrli grafika;
* vektorli grafika;
* fraktal grafika.

 Rastr
 so’zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo’lib, lotin tilidagi rastrum 
- xaskash, omoch so’zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va ustunlarga 
bo’linadi, tasvirning mayda bo’laklari – piksellardan iborat bo’ladi. Rastrlar zichligi 
deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dots per 
inch – bir dyuymdagi nuqtalar) da o’lchanadi.
Masalan, 3200x2400 o’lchamli tasviri 300 dpi zichlikda chop etish uchun 11x8 
dyuym2 о’lchamli qog’oz kerak bo’ladi. 1 dyuym=300 bo’lsa, 1dyuym2 =90.000 
(3200*2400)/9000 =85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym2 ga teng. Tasvirlarni oddiy 
grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor 
grafikasida tasvir chiziqlardan tashkil topadi.
Fraktal
so’zi lotincha fractus so’zidan olingan bo’lib, maydalangan, bo’lib 
chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o’ziga o’xshash qismlardan iborat 
bo’lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan 
bo’lib, ular yordamida daraxtlar, o’rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga 
va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual 
borliq, animatsiya, kompyuter o’yinlari va matematik modellashtirishda keng 
foydalaniladi (1-rasm). 



1-rasm. Froktal tavirlarning ko’rinishi. 
 
Yuqorida keltirilgan 
rastr

vektor
va 
fraktal
grafikalari o’rtasidagi asosiy farq 
nurning displey ekrandan o’tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli 
trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo’ylab bir marta 
chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. 
Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika
 bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni 
yaratishga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik 
byurolarida va nashriyotlarda qo’llaniladi. Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni 
tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar 
piksellar
(pixels) 
deb ataladi.
Rastr
— bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. 
Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari 
bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina 
yaratiladi. Ko’pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar 
skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik 
muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Internet tizimida 
ko’proq rastrli tasvirlar qo’llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash 
emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi. 



Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi. Tasvirlarni arxivlash uchun 
yanada ko’proq imkoniyatlar mavjud. Birinchidan matnning sifatini pasaytirib 
bo’lmaydi, unda ba’zi belgilarning tushib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Rostdan 
ham, agar Nodirning ismini ozgina qisqartirib, Nodi deb ketsak, Nodir bizdan astoydil 
xafa bo’ladi. Tasvirlarda esa ko’z ilg’amaydigan 30 elementlarni tashlab ketsa ham 
bo’ladi, ya’ni tasvir sifatining bir qadar yomonlashishiga yo’l qo’ysa bo’ladi. Ikkinchi 
tomondan, kompyuter alifbosida bor-yo’g’i 256 ta belgi bo’lsa, rasm elementlari – 
piksellarning ranglari bir necha milliard qiymatdan birini qabul qilishi mumkin. 
Boshqa tomondan eng katta rasmlarda ham ko’pi bilan bir necha million piksel 
bo’lishi mumkin. Bu esa rasm lug’atini tuzish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Rasmdagi piksellar sonining kattaligi ham undan ko’plab takrorlanadigan piksellar 
ketma-ketliklarini topishga imkon beradi. Misol sifatida keltirilgan osmon o’par 
binoning rasmining asosiy qismini ko’m-ko’k osmon tashkil etadi. (2-rasm) Unda esa 
takrorlanadigan piksellar juda ko’p. Natijada rasm hajmi yuz barobargacha va undan 
ko’proq kamayishi mumkin. 
2-rasm. Burdj Halifa. 
 
Birlashgan Arab Amirliklarining
 
Dubay
 shahrida qurilgan osmono’par bino. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin