О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov


Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 
 ► 2D (inglizcha two dimension - ikki o‘lchamli jumlasidan olingan).
► 3D (inglizcha three dimension - uch o‘lchamli jumlasidan olingan).
 Ikki o‘lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo‘lib, ularga 
misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst 
(maxsus mato) da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.
Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning 
fazoda egallagan o‘rni mayda kublar bilan to’ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha 
kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ularni ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z 
o‘ngimizda gavdalanadi. 
Uch o‘lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) 
borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim – 
shlemlarda tasvirlanadi. 
 Oddiy grafika vaqt o’tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan 
shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish 
mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvirlar yaratadi. 
Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi 
axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedianing o‘ziga 
xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati 
ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, 
undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 1. Kompyuter grafikasi qanday fan?
2. Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud? 
 3. Rastri nima?
4. Fraktal grafikasi nimaga asoslangan?
5. Fraktal geometriyasi asoschisi kim? 
6.Vektorli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo‘llanilmoqda?




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin