О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov


Vektorli tasvir deb, faqat yaqol ajrtilgan nuqta (tugun)lar va bu nuqtalarni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Vektorli tasvir deb, faqat yaqol ajrtilgan nuqta (tugun)lar va bu nuqtalarni 
matematik qonunlarga asosan birlashtiruvchi (tutashtiruvchi)chiziqlardan tashkil 
topgan tasvirg aytiladi. 
Vektorli figuralar ichki tomondan bo’yalgan qism va tashqi tomondan o’rab 
turuvchi bo’yalgan chiziq (chegara)ga ega bo’lishi mumkin (6-rasm).
 
6-rasm. Vektorli tasvirning ichki va tashqi qismlari 


13 
 
CorelDRAW dasturida yaratilgan hujjatlarda 
OLE (Object Lincing and 
Embedding – obyektlarni bir-biriga bog’lash va joriy qilsh) 
texnologiyasi orqali 
yaratilgan maxsus obyektlar ham ishlatilishi mumkin. Bunday obyektlarni o’zgartirish 
uchun, obyekt ustiga ikki marta sichqoncha chap tugmasini bosish orqali bu obyekt 
yaratilgan dasturni ochib o’zgartirish mumkin (7-rasm).
7-rasm. Ratsrli rasmni tahrirlash 
 
CorelDraw dasturining uskunalar paneli va vazifalari.
CorelDRAW xozirda eng ko’p tarqalgan vektorli grafik muharrirlardan biri 
hisoblanadi. Ishlatish va sozlash qulayligi, tarkibiga kiritilgan ko’plab effektlar 
to’plami foydalanuvchilarni bu dasturni ishlatishga yanada ko’proq jalb qilmoqda. 
Dastur interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning asosiy imkoniyatlari haqida 
tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi. CorelDRAW dasturini o’rganishning eng 
samarali usuli - bu dasturda ko’proq amaliy ishlashdir. Dasturni endi o’rganishni 
boshlaganlar ham oson o’zlashtirishi mumkin. 
Vektorli tasvir deb, faqat yaqqol ajratilgan nuqta (tugun)lar va bu nuqtalarni 
tutashtiruvchi chiziqlarlardan tashkil topgan tasvirga aytiladi. Vektor grafikasida 


14 
tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar -
rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi. 
Afzalligi:
-
Vektor grafikasi printerning barcha sifat sig’imidan foydalanib, tasvir 
masshtabi o’zgartirilganda ham uning sifatini saqlab qoladi;
-
Vektor grafikasi alohida obyektlarni tahrirlash imkonini beradi va tasvirlar 
oson tahrirlanadi;
-
Vektorli grafika agar tasvirda rastrli obyektlar qo’llanmagan bo’lsa xotirada 
kam joy egallaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin