О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti X. X. Muratov, R. N. Zulfiyev, A. A. Maxmudov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/60
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194330
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Straight Line (to‘g‘ri chiziq), Single Arc (yoy), Double Arc(to‘lqin), Uncons 
trained mode (mustaqil). 
Obyektga egish effektini qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 

 Obyekt yoki obyektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni 
interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Obyekt atrofida avtomatik ravishda 
egish effektini beruvchi gabarit to‘g‘ri burchaklik paydo bo‘ladi. 

 Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz. 

 Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to‘g‘ri 
burchaklik bog‘lamlarini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz. 
 
 


84 
Deformatsiya effekti 
Interactive Distortion (interaktiv deformatsiya) instrumenti tugmasi grafika 
panelidagi interaktiv effektlar panelining qo‘shimcha instrumentlar panelida 
joylashgan. Tugmadagi belgi g‘ijimlangan qog‘ozga o‘xshaydi. Deformatsiyaning 
uchta turi mavjud: 
1.
 
Push and Pull (tort-itar) 
2.
 
Zipper (zigzag) 
3.
 
Twister (aylantirish) 
85-rasmda har uchta deformatsiyaning aylana obyektga ta’siri tasvirlangan. 
Deformatsiya tipining soni va turli tumanligi cheksiz bo‘lib, uning natijasi 
deformatsiya instrumentining tipi, boshqaruvchi markerga, kursorni tortish 
yo‘nalishiga, shuningdek atributlar panelining parametrlarining tuzilishiga bog‘liq. 
 
85-rasm. Tort-itar, zigzag, aylantirish 
 
Perspektiva effekti 
Perspektiva effekti tasvirga ko‘rish chizig‘i yo‘nalishini hisobga olgan holda 
chuqurlik va hajm taasurotini beradi. Perspektiva effektini qo‘llash orqali obyekt 
sahna foni chuqurligida kichraygandek tuyuladi. 
Perspektiva effektini bitta obyektga va obyektlar guruhiga qo‘llash mumkin. U bir 
vaqtning o‘zida bir nechta obyektga qo‘llanilishi mumkin emas. Lekin uni bir 
obyektdan boshqa obyektga nusha olib o‘tkazish mumkin. 

 Perspektiva effektini qo‘llash uchun oldin obyekt yoki obyektlar guruhini 
belgilab olish lozim. Keyin Effects/Add Perspektive (effektlar/perspektivani qo‘llash) 
komandasi tanlanadi. Shundan keyin obyekt yoki obyektlar guruhi burchaklarida 
bog‘lamlari bilan to‘g‘ri burchakli punktir ramka bilan ajraladi. Ramka ichi esa 
vertikal va gorizontal holatdagi yo‘naltiruvchi chiziqlar bilan qoplanadi. 
 
Obyektga perspektiva effektini berish uchun esa avtomatik ravishda paydo 
bo‘luvchi Shape (shakl) instrumentidan foydalanamiz. Buning uchun esa bu 
instrument yordamida obyekt burchaklaridagi bog‘lamlar dan birini ushlab kerakli 
masofaga tortamiz. 
 
Bog‘lamni surish yo‘nalishi obyektga qaysi turdagi (bir yoki ikki nuqtali) 
perspektiva qo‘llanilishiga ta’sir qiladi. 


85 
Agar 
CTRL
 klavishini ushlab turib bog‘lamlardan birini vertikal yoki gorizontal 
bo‘yicha sursak bir nuqtali perspektiva effekti hosilbo‘ladi. Bog‘lamni tortish 
jarayonida biz CTRL klavishini ushlab turmasak ikki nuqtali perspektiva effektini hosil 
qilgan bo‘lamiz. 
 
 
86-rasm. Naqsh kompozitsiysi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin