O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə2/11
tarix13.12.2022
ölçüsü85,39 Kb.
#74427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishini bajarish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 100622155340

1. Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Kurs ishi maqsadi “Menejment” fanidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, talabalar tomonidan boshqarish mahoratini shakllantirish, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida korxonani taktika va strategiyasini belgilash ko’nikmalarini hosil bo’lishini tasdiqlashdan iborat. Kurs ishi bajarishda talabalar o’quv jarayonida bevosita olgan nazariy bilimlarini va ishlab chiqarish amaliyoti davrida yig’ilgan ma’lumotlarni asos qilib olishlari kerak. Ba’zi bir hollarda, kurs ishi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan umumlashgan ma’lumotlar asosida ham bajarilishi mumkin.
Kurs ishi talabalarning “Menejment” fanidan olgan bilimlarini chuqurlashga, amaliyotni nazariy asoslar bilan bog’lash va tahliliy fikr uslubiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib, uni bajarish jarayonida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:

  • iqtisodiy islohotlar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli Qaror, Qonun va Nizomlarni o’rganib chiqish;

  • tanlab olingan kurs ishi mavzusi bo’yicha kerakli adabiyotlarni tanlab ishlab chiqish, ilg’or korxonalarning mazkur yo’nalish bo’yicha olib borayotgan ishlarini o’rganib chiqish;

  • korxona va uning bo’linmalar faoliyatini tahlil qilish va o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yish;

  • korxonalarni samarali boshqarishga qaratilgan yo’l-yo’riq, xulosa va ko’rsatmalar ishlab chiqishdan iborat;

Kurs ishini bajarishni nazariy asoslari bo’lib Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisning Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish haqidagi qonun, qaror, farmon va ko’rsatmalari, Respublika Prezidenti, taniqli iqtisodchi olimlar, chet mamlakatlari olimlarining ushbu sohada chop etilgan asarlari, ilmiy va o’quv adabiyotlari xizmat qiladi.
Kurs ishining ob’ekti sifatida talabaning tanlovi asosida unga biriktirilgan mavzu va talaba ishlab chiqarish amaliyotini o’tagan korxona, tashkilotlarning «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisoboti», «Buxgalteriya balansi» va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari hamda zaruriy ma’lumotlar hisoblanadi.




  1. Yüklə 85,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin