9. Kurs ishining baxolash mezonlari.
Talaba kurs ishi mavzusi mohiyatini ochishga nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri va ijodiy yondashgan, mustaqil fikr, mulohazalar va xulosalar bilan boyitilgan, statistik, aniq sanoat korxonalari ma’lumotlaridan foydalangan bo’lsa, hisob – kitob ishlarini iqtisodiy jixatdan to’g’ri bajargan bo’lsa kurs ishini rasmiylashtirish tartibiga to’liq rioya qilgan bo’lsa, ajratilgan maksimal ballning 86-100 %iga teng bo’lgan ball qo’yiladi.
Talaba mavzu mohiyatini to’liq ochishga harakat qilgani, ijodiy yondashgani, lekin qo’yilgan masalaning xususiyatlarini, u bilan bog’liq tushunchalarni hamda ta’sir etuvchi omillarni yoritishda ayrim kichik kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, ajaratilgan maksimal ballning 71-85 %gacha ball qo’yiladi.
Talaba tanlangan mavzu mohiyatini qisman ochib bergan, lekin u bilan bog’liq tushunchalar omillarni to’liq yoritib bera olmagan, o’z fikr, mulohazalari, xulosalarini aniq ifodalab bermagan bo’lsa, ajratilgan ballning 56-70 %gacha qo’yiladi.
Talaba mavzuni yorita olmagan, kurs ishini bajarishga yuzaki yondoshgan, biror adabiyotdan ko’chirilgan holda quruq va konspektiv yozilgan ishni taqdim etsa, ajratilgan maksimal balning 55%gacha bo’lgan ball qo’yiladi.
SHuningdek,
1. Nazariy jihatdan muammoni o’rganish darajasi:
a) mavzu to’liq o’rganilgan, ko’rib chiqilgan, manbalarga asoslanib tasviriy bayon etilgan - 3
b) muammo muallifning nuqtai-nazari bo’yicha, ilmiy yo’nalishlar ko’rsatilgan holda bayon qilingan - 4
v) mavzu chuqur o’rganilgan va maxalliy va chet el tajribalariga asoslanib bayon qilingan - 5
2. Taxlil jihatdan:
- taxlil qilinuvchi dinamika
a) 1 yil 3
b) 2-3 yil 4
v) 3 yildan ortiq 5
- jadval, grafik, chizmalar soni
a) 10 tagacha 3
b) 10 - 20 tagacha 4
v) 20 dan ortiq 5
a) taqqoslash 3
b) taqqoslash va statistika 4
v) usullar majmuasi 5
muammoni chuqur o’rganish
a) omillarni ko’rsatish 3
b) sabab – oqibatning bog’liqligi 4
v) xulosalarni noananaviy tarzda isbotlab berish 5
Dostları ilə paylaş: |