O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə7/11
tarix13.12.2022
ölçüsü85,39 Kb.
#74427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishini bajarish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 100622155340

Kurs ishi ximoyasi.

Kurs ishini yozib tugatgandan so’ng himoya qilishdan oldin talaba ishini kafedraga topshiradi va unga rahbar taqriz yozadi. Taqriz yozish jarayonida rahbar quyidagilarga:

  • kurs ishining axamiyati va dolzarbligini talaba tomonidan qay darajada yoritilganligida;

  • kurs ishida ko’rilgan masalarga qisqacha izoh ;

  • ishning ijobiy va salbiy tomonlari;

  • ishning bajarilish sifati;

  • talabaning to’plagan ma’lumotlarini o’rganish, tahlil qilish qobiliyati;

  • xulosa va takliflarga e’tibor berishi lozim.

Talaba ximoya qilishdan oldin kurs ishiga yozilgan taqriz bilan tanishadi, agar jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, ularni bartaraf qiladi va so’ngra himoyaga ruxsat beriladi. Kurs ishini himoya qilish bo’yicha 3-4 kishidan iborat komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi kafedraning yetakchi professor - o’qituvchilaridan iborat bo’ladi. Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 10 - 15 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savollar beriladi. Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan reyting tizimi bo’yicha belgilangan tartibda baholanadi. Kurs ishi qaydnomani bir nusxasi bilan birga kafedrada saqlash uchun topshiriladi.


8. Kurs ishi obekti sifatida taklif etilayotgan mavzular ro’yxati.
Menejment fanidan kurs ishi mavzulari:

  1. Ishlab chiqarish faoliyatida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy mohiyati va ularni amalga oshirish masalalari

  2. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari va ularni boshqarishda menejerning roli

  3. Korxona faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsiya menejmentining roli va uni rivojlantirish

  4. Korxonani rivojlantirishda kadrlar menejmentning o’rni

  5. Korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirishda motivatsiya tizimini tashkil etish va takomillashtirish

  6. Xodimlarni boshqarish jarayoni samaradorligini baholash

  7. Nizo va stresslarni keltirib chikaruvchi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari

  8. Korxonada strategik marketingni roli va uni boshqarish masalalari

  9. Korxona faoliyatini samarali boshqarishda strategik rejalashtirishning o’rni

  10. Korxonada menejmentning tashkiliy tarkibini tanlash va uni takomillashtirish yo’nalishlari

  11. Raxbar va xodim o’rtasidagi munosabatlarda rahbarning boshqaruv uslublari

  12. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari va ularni qo’llashning korxona samaradorligiga ta’siri

  13. Korxona faoliyatida nizoli vaziyatlar va ularni boshqarishda raxbarning roli

  14. Korxona boshqaruv tizimi va uning samaradorligini baxolash

  15. Menejerda yetakchilik xususiyati, tamoillari va uni baholash

  16. Korxona faoliyatini oqilona boshqarishga boshqaruv usullarining ta’siri va uni baholash

  17. Iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalarda savdo menejmentini shakllantirish va takomillashtirish

  18. Sifat menejmenti tizimi biznesni boshqarishning haqiqiy vositasidir

  19. Korxonada xodimlarni boshqarishni takomillashtirishning zamonaviy yo’nalishlari

  20. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishning korxona qiymatiga ta’siri

  21. Taym – menejment – mehnat samarasini oshirish vositasi sifatida




Yüklə 85,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin