O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə6/11
tarix13.12.2022
ölçüsü85,39 Kb.
#74427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishini bajarish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 100622155340

6. Kurs ishini rasmiylashtirish.
Kurs ishiga tushuntirish xati talabaning o’z qo’li bilan aniq va dona - dona qilib yozilishi zarur. Tushuntirish xati asosan A-4 formatdagi oq qogozlarga davlat tilida (rus guruxlari talabalariga rus tilida yozishga ruxsat etiladi) yoziladi. Yoki talabaning xoxishi yoki imkoniyatiga ko’ra kompьyuterda xam yozilishi mumkin. Kurs ishining umumiy xajmi 25 - 30 bet atrofida bo’lishi kerak. Har bir sahifaning chap tomonidan 3 sm, o’ng tomonidan 0.5 - 1 sm, yuqoridan 2.0 sm va pastdan 2.5 sm qoldirilib yozuvlar joylashtiriladi. Kurs ishining qismlari quyidagicha:

  • titul varag’i ; ( 1 - ilova)

  • kurs ishi topshirig’i; ( 2 - ilova)

  • mundarija;

  • kirish;

  • I bob;

  • II bob;

  • III bob

  • xulosa;

  • ilovalar;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tarkibida joylashtiriladi.

Kurs ishi kompyuterda yozilganda bosma xarflar bilan yoziladi. Ish kompyuterda Word dasturida 1,5 intervalda, Times New Roman 14 shriftida, xatolarsiz bo’lmay yozilishi shart.


Qo’lyozma katta shrift (14), 1,5 masofada bo’lish kerak (A4 (120x297 mm)) formatli qog’ozni bir tomoniga yoziladi.
Har bir shrift aniq toza bo’lish kerak, shuvashib ketgan shriftlar qabul qilinmaydi. Matn bir xil o’lchamdagi shriftlar bilan yozilishi shart. Kompyuterda yozilayotgan matnlar uchun qator uzunligi shriftlar katta-kichikligiga qarab belgilanadi, bir xilda varaq chetidan joy qoldirilishi kerak yuqori – 20 mm, o’ng tomon 10 mm, chap tomon va past 25 mm. Qo’lyozma boshidan oxirigacha abzats bir xil 1,25 sm bo’lishi kerak. Abzats qatorining oxiri, abzatsdan 1,5 martadan kam emas, ya’ni 7-8 belgidan kam bo’lmasligi kerak. Matnda faqat kompьyuterda yo’q belgilar, harf, razmerlar, chet tilda yozilgan matnlar, formulalarni qo’lda yozishga ruxsat etiladi (qora rangda yozilishi kerak).
Matnda standartga mos kelmagan qisqartirishlar, bo’sh joylar qoldirish mumkin emas. Faqat mumkin bo’lgan qisqartirishlardan foydalanish kerak.
Sarlаvxadan keyin nuqta qo’yilmaydi. Sarlаvxalarni ostiga chizish va ularni bo’g’inlariga bo’lishi mumkin emas.
Yozilayotgan belgilarning kattaligi mashinka shriftlaridan kichik bo’lmasligi, qator usti va osti belgilari, indekslar, kichikroq o’lchovda lekin o’qila olishi kerak (matini 2 marotaba kichiraytirilishi mumkin).
Matn nomi va matnlar o’rtasida 2 interval bo’lishi matnni asosiy nomi va qo’shimcha nomi o’rtasida 1 yoki 1,5 interval (masofa) bo’ladi. Matnni nomi ostiga chizilmaydi “Bosh” qo’shimcha nomli bosh xarf yoki yarim yo’g’on xarf bilan yozilish mumkin, qolgan qo’shimcha nomlar oddiy xarflarda yoziladi.
Matn nomidagi so’zlar bo’g’inlarga bo’linmaydi va ko’chirilmaydi. Qatorni bog’lovchi ko’makchi, ravish bilan tugallash mumkin, ular yangi qatorga yozilishlari shart. Matn nomlari qatorlari o’rtasidagi masofa 1,5 interval, matn nomlari o’rtacha yoziladi.
Varaqni matn nomi bilan tugallash mumkin emas matn nomi yoki yordamchi nom pastki qator tugallanishidan 2,3 qator yuqorida bo’lishi kerak.
Qo’lyozmaning har bir bobi yoki bo’limi yangi varaqdan yozilishi kerak, yordamchi nomlar matn tugashi yoki boshlanishiga qarab varaqning hohlagan joyida yozilishi mumkin.
Jadval yoki rasmlar abzatsdan keyin ular xaqidagi ma’lumotlardan keyin yoziladi. Agar ma’lumotlardan so’ng jadvalga joy bo’lmasa, rasm yoki jadval yangi betga yoziladi. Har bir bet 2-betdan boshlab yuqori yoki past tomondan chiziqlarsiz raqamlanadi. Literlar bilan raqamlash (masalan 15 a) mumkin emas, qoldirib ketilgan raqamlarni takrorlash ham mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlar (qo’shtirnoq “” bilan ajratiladi).
Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yoziladi. Foydalanilgan adabiyotlarni mualliflarining ismi sharifi, kitobni nomi, nashr yili va joyi yoziladi. Kitoblar, mualliflari, gazeta va jurnal maqolalari mualliflarini ismi sharifi alfavit tartibida yoziladi.
Adabiyotlar ro’yxati davlat standarti 7,1-84 ga mos kelishi mumkin.
Albatta ajratish belgilari bo’lishi kerak. Bibliografik tasvirda albatta davlat standarti 1.12-93 ga mos qisqartirishlar bo’lishi mumkin.
Matnda o’zgartirishlar qilish mumkin xatolarni “shtrix” bilan o’zgarish, o’zgartirishlar yozilgan qog’ozni yopishtirish mumkin. Matnni kompьyuterda yozganda xam yuqoridagi qoidalarga amal qilish shart.
Talabalarni ish qog’ozlarini to’g’ri to’ldirishga o’rgatish va bu borada yetarli malakaga ega bo’lish uchun adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.


  1. Yüklə 85,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin