O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Kurs ishi mavzularini tanlash va bajarish tartibi



Yüklə 85,39 Kb.
səhifə3/11
tarix13.12.2022
ölçüsü85,39 Kb.
#74427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishini bajarish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma 100622155340

Kurs ishi mavzularini tanlash va bajarish tartibi.

  1. Kurs ishi mavzusini tanlash.

Kurs ishini bajarish uchun talaba quyidagi talablarni amalga oshirishi zarur:

  • iqtisodiy islohotlar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli Qaror, Qonun, Farmon va ko’rsatmalarni o’rganib chiqishi;

  • ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat olib bo-rayotgan korxonalarning moliyaviy holatini ifodalovchi omil- larni tahlil qilish, baholash va ularni boshqarishga doir qarorlar qabul qilishni o’rganish;

  • tanlab olingan kurs ishi mavzusi bo’yicha kerakli adabiyotlar bilan ishlashi, korxona faoliyatini mazkur yo’nalish bo’yicha olib borayotgan ishlarini o’rganib chiqishi va shu asosda nazariy jihatdan olgan bilimlariga asoslanib mustaqil fikrlashi zarur.

Kurs ishini rasmiylashtirish bilan bir vaqtda unga rahbar biriktiriladi va u ishni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar, maslahatlar berish bilan birga uni bajarilishini nazorat qilib boradi. Yuqoridagilarni hisobga olib talaba o’z qiziqishi va qobiliyatiga qarab kurs ishi mavzusini tanlashi va biriktirilishi maqsadga muvofiqdir.


Kurs ishi mavzulari fan o’qituvchisi tomonidan ishchi o’quv dasturiga muvofiq va talabalarning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olib tayyorlanadi, so’ngra uslubiy yig’ilishida ko’rib chiqib tasdiqlanadi.
Taklif etilayotgan kurs ishi mavzularidan talaba o’z hoxishiga ko’ra mavzu tanlab oladi va rasmiylashtiradi (kurs ishi topshirig’ini rasmiylashtirish 2- ilovada keltirilgan )


2.2 Kurs ishini bajarish tartibi
Kurs ishini bajarish bosqichlari quyidagilardan tashkil topadi:

  • kurs ishi mavzusini tanlash va uni bazasini tayyorlash;

  • mavzu bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va ish rejasini tuzish;

  • aniq ilovalarni ishlab chiqish;

  • berilgan takliflar bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisobini tayyorlash;

Kurs ishini bajarishda mavzu bo’yicha ko’riladigan masalalarning tasdikdangan rejaga mos kelishi va qo’yilgan masalani to’la yoritishga aloxida e’tibor bermok, kerak. Kurs ishining mazmunini to’la ochib berish uchun qator bo’lim va boblardan iborat bo’lishi kerak.
Kurs ishining tuzilishi (strukturasi) ning optimal ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin: kirish, uchta bob, bo’limlar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar.
Yuqorida ko’rsatilgan kurs ishi bo’limlari quyidagilarni o’z ichida qamrab olishi kerak;
Kirish. Bu qism o’z hajmiga ko’ra uncha katta bo’lmagan bo’lib, unda tanlangan mavzuni mohiyati, dolzarbligi va mavzuning asosi yoritilishi kerak bo’lgan masalalari haqida qisqacha bayonnomani o’z ichida mujassamlashtiradi. SHu bilan birga Respublikamiz iqtisodiyoti xususan, sanoat sohasidagi islohotlar, muammo va yutuqlar bevosita mavzuga bog’lab yoritilishi, mavzuning dolzarbligi asoslanishi lozim.
I bob. Bu bo’limda tanlangan mavzuning asosiy mohiyati va mazmuni mag’zini yoritib beruvchi savollarga nazariy nuqtai nazardan yondoshiladi, xususan korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishning mohiyati, ahamiyati, uni tashkil etish xususiyatlari korxona iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir darajasi nazariy jixatdan ochib beriladi. Bunda mamlakatimiz, xorijiy olimlar adabiyotlari ma’lumotlaridan foydalanish tavsiya etiladi. O’rganilayotgan ob’ektni qisqa tashkiliy – xuquqiy tavsifiga ham urg’u beriladi.
II bob. Bu bo’limda kurs ishi mavzusidan kelib chiqib, malakaviy amaliyot davrida yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha kurs ishining ushbu qismini tuzishga xarakat qilinadi. Bunda o’rganilayotgan ob’ektni faoliyatiga iqtisodiy baho berish, faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotni tashkiliy muhitini alohida taxlil qilish, tashkilotni strategik boshqarish faoliyatini taxlil qilish. Uni kamchiliklarini ko’rsatish, ishlatilmagan manbalarni aniqlash, ulardan foydalanish yo’llarini topishni o’z ichida qamrab olinishi lozim. Bu yerda strategik taxlil uslublaridan foydalangan holda, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash yo’llari ko’rsatiladi, jumladan, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muxit omillarining taxlili atroflicha olib boriladi, shuningdek, korxonaning ichki kuchli va kuchsiz tomonlari taxlili ham olib boriladi. Unda, resurs yetkazib beruvchilarning mavjudligi va ishonchliligi, kapital manbai, iste’molchilar doirasi, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy qonunlar va davlat organlari, raqobat darajasi, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy muhit, ijtimoiy, bozor, texnologik omillar, shu bilan birga, korxonaning marketing faoliyati, ishlab chiqarish (xarajatlar dinamikasi, texnik qurollanganlik darajasi), moliya (yalpi va sof foyda dinamikasi, asosiy fondlar, aylanma kapital, moliyaviy xarajatlar), xodimlar tarkibi taxlil qilinadi, baholanadi.
Bu kabi taxlil uchun korxonaning statistik, yillik hisobotlari, me’yoriy va uslubiy materiallar, bozor kon’yukturasi haqidagi axborotlar, mahsulot iste’molchilari haqida ma’lumot, ommaviy axborot vositlari axborot manbaii bo’lib hisoblanadi.
Raqamli manbaalardan foydalanilganda uning yaqqol aks etishi uchun ko’rsatkichlarni yaqqol namoyon etuvchi jadval, chiziqli grafik, ustunli va doiraviy diagramalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.


III bob. Bunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yo’llari, boshqarish sifatini oshirish, strategik loyihalarga o’zgarishlar kiritish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanish yo’llari ko’rsatish, 2 - bob bo’yicha qilingan tahlil asosida takliflar keltirish lozim. Rahbar bilan maslaxatlashgan holda talaba 3-bo’lim vazifalarini tanlab oladi va strategik o’zgarishlar bo’yicha loyihalar usullarini taklif qiladi. Talaba tomonidan o’rganilgan ilmiy va amaliy fikrlar yoki uni taklif etgan tavsiyalari aks ettiriladi. Bunda aniqlangan kamchiliklar darajasida talaba korxonani rivojlantirishning asosiy strategik yo’nalishlari bo’yicha amaliy ko’rsatmalarni kiritilgan tadbirlar bo’yicha olingan iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik ko’rsatkichlarini ham ko’rsatib o’tilishi lozim.

Yüklə 85,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin