O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 138,76 Kb.
səhifə8/17
tarix29.03.2023
ölçüsü138,76 Kb.
#91005
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

Nazorat savollari:
1. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
2. Psixrometr qanday ishlaydi?
3. Nam havoning hd-diagrammasini tushuntirib bering?
4. Nam havoning partsial bosimi qanday aniqlanadi?


4-LABORATORIYA ISHI


ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARINING ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH


ISHNING MAQSADI: Issiqlik izolyatsiya materiallarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini aniqlash malakasini egallash.

Issiqlik o‘tkazuvchanlik - bu temperaturalar farqi borligi tufayli tutash muhitda issiqlikning molekulyar uzatilishidir.


Issiqlik almashinuvining bunday usuli, asosan qattiq jismlarda, bitta jismning ichida ham, shuningdek bir-biriga tegib turgan ikkita jism orasida ham sodir bo‘ladi.
Ixtiyoriy sirtdan vaqt birligi ichida o‘tadigan issiqlik miqdori Q issiqlik oqimi deyiladi.
Issiqlik almashinuvi intensivligi miqdoriy jihatdan issiqlik oqimining zichligi q bilan harakterlanadi: Sirt birligi F dan vaqt birligi  da o‘tadigan issiqlik miqdori issiqlik oqimning zichligi deyiladi:


(1)

Fure qonuniga asosan, issiqlik oqimining zichligi temperatura gradiyentiga proporsional, ya’ni:




(2)

Bu yerda: -moddaning fizikaviy parametri bo‘lib, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti deyiladi.


Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,2 Vt/m grad dan kichik bo‘lgan materiallar issiqlik izolyatsiya materiallari deyiladi.


Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti ning qiymati har qaysi jism uchun tajribadan topiladi. Natijalar jadval qilib yoziladi va ulardan hisoblashlarda foydalaniladi.
Issiqlik mashinalari va issiqlik almashinuv apparatlari devorlarining sirti ko‘pincha konsentrik joylashgan ikkita silindrik sirt (quvurlar, apparatlarning korpuslari, dvigatellarning silindrlari va xokazo) bilan chegaralangan bo‘ladi.
Silindrik devordan o‘tuvchi issiqlik oqimi quyidagi formuladan aniqlanadi:


Vt (3)

bu yerda:


 – tekshirilayotgan materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, Vt/mgrad;
l – quvur uzunligi, m;
d1,d2 – silindrik qatlamning ichki va tashqi diametri, m;
t1,t2 – silindrik qatlamning ichki va tashqi sirtlarining temperaturasi, grad.

Yuqoridagi formuladan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini topish mumkin:




(4)

 ni aniqlash uchun Q, t1, t2, l, d1, d2 larni o‘lchash lozim. Issiqlik oqimini isitgichning quvvati orqali aniqlash mumkin:


Q=I.U (5)


Bu yerda: I – tok kuchi, A;


U – kuchlanish, V.



Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin