O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti


Laboratoriya ishlari kafedrada tuzilgan jadval bo‘yicha bajariladi. Jadvalda har bir ishning bajarish muddati ko‘rsatilgan



Yüklə 138,76 Kb.
səhifə2/17
tarix29.03.2023
ölçüsü138,76 Kb.
#91005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

Laboratoriya ishlari kafedrada tuzilgan jadval bo‘yicha bajariladi. Jadvalda har bir ishning bajarish muddati ko‘rsatilgan.



  1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun, talaba oldindan laboratoriya ko‘rsatmasini tuzilishini, ishlash tartibi, ishning maqsadi va ish bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.



  1. LABORATORIYA ISHI 4-5 kishilik guruhlarga bo‘lingan holda laboratoriya darsi olib boruvchi o‘qituvchi rahbarligida bajariladi.



  1. Tajriba natijalarini har bir talaba o‘z daftarlariga yozib oladi.



  1. Olingan natijalar dars oxirida o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi.



  1. Navbatdagi LABORATORIYA ISHIni bajarishdan oldin talaba tugallangan ish bo‘yicha hisobot qiladi. Hisobotsiz navbatdagi LABORATORIYA ISHIga ruhsat berilmaydi.



  1. Laboratoriya darsini qoldirgan talaba, maxsus qo‘shimcha jadval bo‘yicha kelib ishni bajaradi.



1-LABORATORIYA ISHI


ISSIQLIK TEXNIKASI ASBOBLARI VA ULARDA ISHLASH YO‘LLARI




ISHNING MAQSADI: temperatura, bosim va sarfni o‘lchaydigan asboblar bilan tanishish, ularning ishlash prinsipini o‘rganish va ularda ishlash malakasini egallash.

Holat parametrlaridan eng qulay va ko‘p tarqalgani jismning absolyut bosimi, temperaturasi va solishtirma hajmi (yoki zichligi) dir.


Temperatura termometrlar yordamida o‘lchanadi.
Moddalarning fizikaviy xossalari ma’lum darajada temperaturaga bog‘liq bo‘lganligi tufayli moddalarning bunday xossalarini aniq va oson o‘lchashga asoslangan asbobdan - termometr sifatida foydalanish mumkin. Temperaturani o‘lchash uchun foydalaniladigan har qanday asbob qat’iy belgilangan temperatura shkalasiga muvofiq graduslarga bo‘lingan bo‘lishi kerak.
Hozir turli temperatura, Selsiy, Farangeyt, Reomyur, Renkin shkalalaridan foydalaniladi. Boshqa muhim holat parametri – absolyut bosimdir. U jism sirtiga normal bo‘yicha ta’sir etuvchi va bu sirtning yuza birligiga nisbatan olingan kuchdan iborat.
Bosimni o‘lchash uchun turli birliklar: Paskal, bar, atmosfera, suv yoki simob ustuni bo‘lib, u suyuqlikni issiqlikdan kengayishiga asoslangan.
Manometrik termometrlar gaz, to‘yingan bug‘ning bosimini temperaturaga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga asoslangan.
Quyidagi manometrik termometrlar ishlab chiqariladi:

  1. Gazli TPG turidagi (temperatura - 10-600 oC).

  2. Suyuqlik TTJ turidagi (temperatura-10-300 oC).

  3. Kondensatsion TPP (temperatura-2-300 oC).

Qarshilik termometrlarini ishlashi materiallarning elektr qarshiligini temperaturaga bog‘liqligiga asoslangan. Xalq xo‘jaligida asosan platinali (TSP) va misli (TSM) qarshilik termometrlar qo‘llaniladi. Bularni temperaturani o‘lchash oralig‘i mos ravishda 260-1100 oC va 200 oC.
Termoelektrik termometrlarni ishlash prinsipi turli hil materialdan tayyorlangan 2 o‘tkazgichni ulangan joylarida temperaturaga bog‘liq ravishda termo EYuK hosil bo‘lishiga asoslangan.
Hozir besh turdagi termoelektrik termometrlar ishlab chiqariladi.
1-jadval

Turi

Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin