|
|
səhifə | 5/17 | tarix | 29.03.2023 | ölçüsü | 138,76 Kb. | | #91005 |
| Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma
3. TAJRIBA O‘TKAZISH TARTIBI
Idish suv bilan to‘ldiriladi.
Saqlanish klapani ochiladi.
Elektroplitka elektr tokiga ulanadi.
Suv qaynay boshlangach (t100 oC) saqlanish klapani orqali bug‘ shiddat bilan chiqa boshlaganda klapan berkitiladi.
Bosim har 0,2-0,4 at.ga o‘zgarganda, bosim o‘zgarishi va temperatura o‘zgarishi yozib boriladi.
Bosim 4 at.ga ko‘tarilganda elektroplitka tokdan uziladi.
Sovitish jarayonida temperatura va bosim o‘zgarishlari yozib boriladi.
Barometr ko‘rsatishidan atmosfera bosimi aniqlanadi.
Tajriba tugugandan so‘ng qurilma elektr tokidan uziladi.
4. TAJRIBA NATIJALARINI HISOBI
Idishdagi to‘yingan bug‘ning absolyut bosimi hisoblanadi.
Pt=Pa=Pb+Pm.
Pb - barometr ko‘rsatishidan olingan bosim.
Pm - manometr ko‘rsatishi bo‘yicha olingan bosim.
Isitish va sovitish vaqtida aniqlangan o‘rtacha to‘yinish temperaturasi hisoblanadi:
(1)
Tajriba natijalaridan Pt=f(tm) munosabat aniqlanadi va jadval hamda grafik holiga keltiriladi.
5. HISOBOTNING MAZMUNI
laboratoriya ishining nomi.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Tajriba qurilmasining sxemasi.
Tajriba yakunlari.
Ishning yakuni bo‘yicha xulosa.
Nazorat savollari:
1. To‘yingan bug‘ deb nimaga aytiladi?
2. Sharl qonuniga ta’rif bering
3. To‘yingan bug‘ning absolyut bosimi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|