O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 138,76 Kb.
səhifə7/17
tarix29.03.2023
ölçüsü138,76 Kb.
#91005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

a) Nisbiy namlikni aniqlash.ni aniqlash uchun, tq va t chiziqlari kesishgan nuqta aniqlanadi. Bu temperaturalar psixrometrdan aniqlanadi.
b) Havoni isitish va sovitish jarayonlarini o‘rganish. Nam havoni isitish vaqtida (masalan, kalorifelda) d=const bo‘ladi.
Agar A nam havoning isitishdan oldingi holatini belgilasak, u holda shu nuqtadan vertikal chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziqni isitilgan havo temperaturasiga mos bo‘lgan izoterma chizig‘i bilan kesishgan nuqta (B) isitilgan havoning holatini aniqlaydi.

2-rasm. Nam havoning h-d diagrammasi.

Demak AB jarayon, bu havoni isitish jarayonidir. Sovitish jarayonini aniqlash uchun, boshlang‘ich nuqtadan pastga vertikal tushirish lozim.


v) Havoni quritish jarayonini o‘rganish. Atrof muhitga issiqlikni isrofini hisobga olmasak, u holda quritish jarayonidan: t1=t2 bo‘ladi. (AC-adiabat jarayon).
Lekin qurituvchi qurilmalarda atrofga issiqlik tarqatishni hisobga olsak (ya’ni =sonst), quritish jarayoni AD chiziq bo‘yicha amalga oshadi.
g) Shudring nuqtasini aniqlash. Shudring nuqtasini aniqlash uchun, boshlang‘ich nuqtadan pastga d=const chizig‘ini o‘tkazib, =100% chizig‘i bilan kesishgan nuqtasini aniqlash mumkin. Shu nuqtadan o‘tayotgan izoterma shudring temperaturasini ko‘rsatadi (2-rasm. E nuqta).
d) Bug‘ning porsial bosimini aniqlash. Nam havodagi bug‘ning porsial bosimini aniqlash uchun shu nuqtadan porsial bosim chizig‘igacha vertikal tushiriladi. Kesishgan nuqtadan masshtab chizig‘iga gorizontal o‘tkaziladi.


2. ISHNING BAJARISH TARTIBI.

Psixrometr yordamida nisbiy namlik  aniqlanadi, so‘ngra hd-diagrammadan foydalanilgan holda tq, shudring nuqtasini, nam havo entalpiyasi hh, havoning absolyut namligi , suv bug‘larining porsial bosimi aniqlanadi.




3. HISOBOTNING MAZMUNI.



  1. LABORATORIYA ISHIning nomi.

  2. Qisqacha nazariy ma’lumot.

  3. Tajriba yakunlari.

  4. Ishning yakuni bo‘yicha xulosa.




Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin