2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI
Tajriba qurilmasining sxemasi 11-rasmda ko‘rsatilgan. Issiqlik o‘tkazuvchanligi aniqlanadigan material (3) l uzunlikdagi quvurning sirtida silindrik qatlam sifatida joylashgan.
Quvurning diametri silindrik qatlamning ichki diametriga teng
d1=28 mm yo 42 mm.
Trubaning ichida elektrisitgich (2) joylashgan. Isitigichning quvvati avtotransformator (5) yordamida boshqariladi. Silindrik sirtlar temperaturasi termopara (1) yordamida aniqlanadi.
Tok kuchi va kuchlanishni tushishi ampermetr va voltmetr orqali aniqlanadi.
11-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi.
1–tekshirilayotgan material; 2–silindrik quvurning sirti; 3–elektrisitgich; 4–termopara; 5–potensiometr; 6–avtotransformator.
3. ISHNING BAJARISH TARTIBI
Tajriba qurilmasining ishlashini o‘rgangandan so‘ng, qurilmani elektr tokiga ulab, 100 Vt ga sozlanadi.
Issiqlik almashinish barqarorlashganda termopara ko‘rsatishi aniqlanadi.
Tajribani 200 va 300 Vt quvvat uchun takrorlanadi. (O‘qituvchi ko‘rsatishiga asosan).
t1 va t2 temperaturalarning o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi:
(6)
Turli hil temperaturalar uchun hisoblanadi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini o‘rtacha temperaturaga bog‘liqlik grafigi chiziladi.
(7)
4. HISOBOTNING MAZMUNI
laboratoriya ishining nomi
Qisqacha nazariy ma’lumot
Tajriba yakunlari
Ishning yakuni bo‘yicha xulosa
Nazorat savollari:
1. Issiqlik o‘tkazuvchanlikka ta’rif bering.
2. Issiqlik izolyatsion materiallar.
3. Fure qonuni.
Dostları ilə paylaş: |