Foydalanilgan adabiyotlar.................................….........................................59
|
Kirish
“Abdulla Avloniyning “Tarbiya
biz uchun yo hayot yo mamot,
yo najot -yo halokat, yo saodat –
yo falokat masalasidir”, degan
so'zlari har bir maktab binosida
yozib qo'yilishi shart”.
Shavkat Mirziyoyev
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbek adabiyotining yuksak bosqichga ko‘tarilishida o‘zining benazir fazilatlari bilan ulkan hissa qo‘shgan, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida yozishicha: «12 yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim».
Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan darsliklarni yozgan. 1895 yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z she’rlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tanqid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga chorlar edi.
Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillaradan yetishib chiqqan yirik jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar» kabi dramatik asarlarida jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi.
Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-hammasida inson va tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi.
Dostları ilə paylaş: |