O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


II.Bob. Avloniy – yetuk shoir. Avloniy – dramaturg



Yüklə 77 Kb.
səhifə5/7
tarix26.04.2023
ölçüsü77 Kb.
#102955
1   2   3   4   5   6   7
Munisakurss

II.Bob. Avloniy – yetuk shoir. Avloniy – dramaturg.
2.1. “Turkiy guliston yohud axloq” asari haqida.
Abdulla Avloniy ­ shoir, yozuvchi, dramaturg, ammo pedagogika uning hayotidagi muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatning ilk bosqichidan to umrining so`nggi damlarigacha o`qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan mustaqil shug`ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX-asr zamonaviy o`zbek pedagogikasining asoschisi, o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi fanining tamal toshini qo`ygan mutafakkiridir.
Darsliklar yaratish, ularni nashrdan chiqarish ishlari katta bilim, malaka hamda mablag` talab qilar edi. Shuning uchun ham Toshkentda Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li, Samarqandda Mahmudxo`ja Behbudiy, Buxoroda Abdulvohid Munzim, Shamidxo`ja Mehriy, Sadriddiy Ayniy, Qo`qonda Shamza Shakimzoda, Ashirali Zohiriylar o`lkada faoliyat ko`rsatgan dastlabki xayriya jamiyatlarining, shirkatlarining tashkilotlari, muassislari edilar.
A.Avloniy 1909-yilda «Xayriya jamiyat» ochdi. Bu jamiyat Turkiston o`lkasida ochilgan birinchi rasmiy jamiyat edi. Bu haqda Orenburgda chiqadigan «Vaqt» hamda «Sadoyi Turkiston» gazetalarida xabar bosilgan. Jamiyatning 1909-yil 12 mayda rasmiy ro`yxatdan o`tkazganligi haqidagi Nizomda uning faoliyat doirasi aniq belgilangan. Unda yoshlarni o`qitish, iqtidorli yoshlarni taraqqiyot etgan chet el oliy o`quv yurtlariga yuborish, ularni stipendiya bilan ta`minlash, yangi ochilayotgan maktablar uchun darsliklar nashr etish, kambag`al bolalarni bepul o`qitish va o`quv qurollari bilan ta`minlash kabi 41 moddadan iborat masalalar mavjud edi. Jamiyat muassislari: ToshShoji Tuyoqboyev (atoqli pedagog Yusuf Tohiriyning otasi), Nizomqori Mulla Shusanov, Mulla Abdulla Avlonov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Bashirullo Asatillaxo`jayev1.
Ushbu jamiyat qoshida «Turkiston kutubxonasi» shirkati tashkil etiladi. Shirkat o`z oldiga maktablar uchun darsliklar nashr etish, Rusiyaning turli o`lkalarida nashr etilgan darsliklarni sotib olish va Turkiston maktablariga arzon narxlarda tarqatish maqsadini qo`ygan edi. Turkiston o`lkasida yaratilgan deyarli hamma darsliklar «Turkiston kutubxonasi» muassisligida bosmadan chiqqan. Bunday darsliklar oxirida muallifi narxi va qayerdan sotib olish manzili berilar edi. Masalan, Muhammad Rasul Rasuliyning «Bolalar bog`chasi» darsligi oxirida shunday e`lonni o`qiymiz: «Ibtidoiy maktablarning birinchi sinf shogirdlari uchun turli kitoblardan olinub, ochiq til va yengil tarkiblar ila yozilish qiroat kitobidur. Nashiri «Turkiston kutubxonasi». Murojaat uchun adres: Eski Toshkand «Turkiston kutubxonasi».
Xayriya jamiyati o`lkadagi barcha hur fikrli ziyoli yoshlarni, boylarni o`z atrofiga birlashtirdi.
Abdulla Avloniy usuli jadid maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ishiga alohida e`tibor berdi. 1905-1917-yillar orasida o`nga yaqin darslik va qo`llanmalar yaratdi. Bu o`rinda «Birinchi muallim» alifbo darsligi alohida o`rin tutadi. Usuli savtiya (tovush usuli) metodida birinchi bor alifbo yaratgan pedagog Saidrasul Saidazizovdir. Undan keyin nisbatan mukammal o`nga yaqin alifbo darsliklari vujudga keldi. A.Avloniyning «Birinchi muallim», Abduvahob Ibodiyning «Tahsilul alifbo» hamda Muhammadkarim Shoji Faxriddinovning «Rahbari avval» darslik-alifbolari usuli maddiya metodida yaratilgan. A.Avloniy «Birinchi muallim» alifbosini usuli jadid maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun 1912-yilda V.M.Ilin matbaasida bosmadan chiqardi.
Usuli maddiya qoidasiga binoan muallif dastlab alifning so`zning uch o`rnida: boshida, o`rtasida va oxirida yozilishini ko`rsatib, barcha bosh harflarga alifning qo`shilishini ko`rsatadi va madd-bo`g`in hosil qiladi.
Usuli maddiya qoidasiga asosan, ba`zi so`zlar ma`no ifodalamaydi, ya`ni alifbo muallifi harflarning shaklini ko`rsatishgagina e`tibor beradi. Bu usuli maddiyaning salbiy tomoni deb qaralishi kerak.
Ushbu alifbo darsligi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi alifbo qismida harflar tanitiladi, ularning so`z o`rniga qarab oladigan shakllari o`rgatiladi. O`qitishni soddaroq shaklga ega bo`lgan harflardan boshlaydi, ya`ni darslar soddadan murakkabga o`tib boradi. A.Avloniy darslik tuzishda ham, dars berish jarayonida ham didaktik prinsiplarga to`la amal qildi. Darslikning alifbo qismi olti oyga mo`ljallangan. Ushbu qismda o`qish bilan parallel yozishga ham o`rgatib boriladi.
Darslikning ikkinchi qismi bolalarbop pand-nasihatlar, ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi kichik-kichik hikoyalar, she`riy manzumalardan tashkil topgan. «Birinchi muallim» darsligidagi pandnomalarda o`zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Poshshoxo`ja (1480 ­ XVI-asr birinchi yarmi)ning «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») hamda «Gulzor» hikoyalar to`plamlardagi mashhur hikoyalarni bolalarbop qilib qayta ishlaganligi ham seziladi. Ma`lumki, Poshshoxo`ja to`plamlarida axloqiy-ta`limiy masalalarga bag`ishlangan hikoyalar anchagina. Shu nuqtai nazardan to`g`rilik, rostgo`ylik g`oyasini ilgari suruvchi «Sulton Sanjar Moziy va to`qri daraxtli kampir» hikoyasi e`tiborga loyiq. A.Avloniy ushbu hikoyaga ijodiy yondashgan, bolalar ruhiyatiga, tarbiyasiga ancha yaqinlashtirgan. Avloniy hikoyasi shunday mazmunda:
Bir kampirning hovlisida tut daraxti bor bo`lib, nihoyatda tik va to`g`ri o`sgan edi. Kampir tut pishgan vaqtda uni quritib sotar va tirikchiligini shundan o`tkazar edi. Podshoh bir ayvon qurdirmoqchi bo`ladi, ustun uchun to`g`ri yog`och topish ancha mushkul kechadi. Oxirida kampirning hovlisidagi tut daraxti podshoh ayvonga mos kelishi ma`lum bo`ladi. Podshoh tut daraxtini ming oltinga sotib oladi, kampir «boy xotin» nomini oladi. Nihoyatda to`g`ri o`sgan tut daraxti ayvonga go`zallik bag`ishlaydi. Poshshoxo`janing «Gulzor» to`plamiga kirgan «Sulton Sanjar Moziy va to`g`ri daraxtli kampir» hikoyatida ayvonni va ustunni tomosha qilgani kelgan kampir ustun bo`lgan daraxtiga shunday murojaat qiladi: «Ey yig`och, rostlig`ingdin o`zingni ham, meni ham tillapo`sh qilding». A.Avloniyda «To`g`rilik» nomi bilan berilgan ushbu hikoyada kampir ustun bo`lgan tutining to`g`ri o`sganligiga «qissadan hissa» sifatiga shunday murojaat qiladi:
«Ey tutim, to`g`rilig`ing qildi bizi davlatga yor,
Egri bo`lsang, san o`tun bo`lg`ay eding, man xor-zor.
To`g`rilar jannatning ayvonindadur,
O`g`rilar ranju alam konindadur.
Ushbu hikoya Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida to`g`rilik va rostgo`ylik bobida ham berilgan. Abdulla Avloniy Navoiy va Poshshoxo`ja asarlariga ijodiy yondashgan va bu hikoyani bolalar ruhiyatiga ancha moslashtirgan. Uchala muallif asarining pafosi bir: to`g`rilik, rostgo`ylik insonni sharaflaydi.
Atoqli pedagog, dramaturg Shoji Muin o`zining «O`zbekcha alifbolar tarixi» maqolasida 1900-yildan 1925-yilgacha yaratilgan alifbolarga obzor berib, A.Avloniy «Birinchi muallim» asarini Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» hamda Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining «Adibi avval» asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi ­ «Birinchi muallim». Bu alifbo 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkentda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. Oktabr o`zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi»1. A.Avloniy mazkur alifbo darsligini yaratishda usuli savtiya metodida yaratilgan dastlabki darsliklar (Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» - 1902-yil, Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining «Adibi avval» - 1907-yil)ni chuqur o`rgandi, o`zining amaliy pedagogik faoliyatidan keng foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e`tibor berdi, o`qishning eng oson usullarini qo`llashga harakat qildi. Bu haqda A.Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o`qutub ko`rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning ta`m va mazasi vordur. Bu «bo`y» va ta`m esa tajriba sohiblarina kashf va ma`lum o`lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o`lur umidunda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko`b vaqt tajriba so`ngidan bu risolai ojizanomani «Birinchi muallim» ismi-la maydoni intishora qo`ydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak».
Aytib o`tilganidek, har bir didaktik, hajman nihoyatda mo`jaz hikoyaning oxirida ta`limiy ahamiyatga ega bo`lgan «qissadan hissa» chiqariladi, ular hammasi she`riy shaklda.
Alifbo muallifi bolalarbop hikoyalar tanlash, ularning bolalar axloqini shakllantirishdagi ahamiyati masalasiga alohida e`tiborni qaratadi. Shu nuqtai nazardan «Yaxshilik yerda qolmas» hikoyasi katta ahamiyatga loyiq. Shikoya Sharq ertaklaridan ta`sirlanib yaratilganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Asar mazmuniga e`tibor bering. Ari suv ustida uchib borayotib, birdan suvga qulab tushadi, qanotlari ho`l bo`lib, uchishga madori qolmay, suvga g`arq bo`la boshlaydi. Arining ahvoliga kabutarning rahmi kelib, suvga bir cho`p tashlaydi va ari uni kema qilib, suv balosidan omon qoladi. Bir kuni kabutar bola qo`ygan tuzoqqa ilinadi, ari ham unga yordam berishga oshiqadi va u bolaning qulog`ini chunonan chaqadiki, tuzoqni tashlab, qulog`ini ushlaydi. Kabutar vaqtni g`animat bilib, tuzoqdan qutuladi. Muallifning bu hikoyadan qo`zlagan maqsadi bolalarni yomon ishlardan qaytarish, iloji boricha kishilarga yaxshilik qilish, hamkorlik, hamdo`stlik g`oyasini singdirishdir. Bu maqsad alifbo muallifi tomonidan chiqarilgan qissadan hissada yanada yorqinroq namoyon bo`lgan:
Yaxshilik qilsang, bo`lur joning omon,
Yaxshilikdan hech kishi qilmas ziyon.
Yaxshi so`z birlan ilon indan chiqar,
So`z yomon bo`lsa, pichoq qindan chiqar.
Ushbu alifbo darsligining besh marta nashr qilinishi uning usuli savtiyai tadrijiya maktablarida keng qo`llanganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy 1912-yilda usuli jadid maktablarining ikkinchi sinfi uchun o`qish kitobi sifatida «Ikkinchi muallim» darslik majmuasini yaratdi. Muallif maqsaddan kelib chiqqan holda ta`lim-tarbiyaga oid mo`jaz, ravon, bolalarbop hikoyalar, manzumalar yaratgan kitobning titul varag`ida:
Shavkati inson erur ilmu adob,
E`tibor etmas anga molu nasab, -
bayti epigraf sifatida berilgan. Darslik «Muqaddima», «Aql», «Salavot» dan keyin badiiy matn sifatida 9-banddan iborat maktabni ulug`lovchi, ilm-ma`rifatga da`vat etuvchi «Maktab» she`ri bilan boshlanadi. «Ikkinchi muallim» darsligidagi ba`zi bir hikoyalar keyingi yuqori sinflarda nisbatan murakkabroq mavzularni o`z ichiga olgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarini o`rganishga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Pedagogning «Ikkinchi muallim» darsligi bilan bog`liq bir muhim masalaga e`tiborni qaratish kerak. Bu ­ Aql. Aqlga hamma islom mutafakkirlari alohida e`tiborni qaratadilar. Abdulla Avloniy o`z oldiga savol qo`yadi: XX-asrga kelib nima sababdan millat, Vatan ayanchli ahvolga tushib qoladi? Asar muallifi buning asosiy sababini xalqning ilm-ma`rifatdan uzoqlashganida, Olloh in`om etgan aql bilan ish yuritmaganligida deb bildi. Inson, demak, millat aql bilangina barkamollikka erishishi mumkin. Shuning uchun ham u aqlni Olloh bergan eng buyuk ne`mat deb bildi: «Janob Shaq bizga bergan ne`matlar orasida Aqldan aziz va qimmatli narsa yo`qdur».
A.Avloniy «ochiq til va oson tarkib ila yozulib, axloqiy hikoyalar, adabiy she`rlar ila ziynatlanmish» deb ta`kidlaganidek, darslikning keyingi nashrlari (3 marta nashr qilingan ­ U.D.) zarif hikoya va she`rlar bilan to`ldirib borilgan: birinchi nashrida 38 mavzuda, 1917-yil 3-nashrida 44 nomda matn berilgan.
Mutafakkir «Birinchi muallim»dagi kabi «Ikkinchi muallim»da ham birinchi adabiy matn sifatida «Maktab» she`rini kiritgan. Bu bejiz emas. Millat istiqboli, Vatan istiqloli maktabdan boshlanadi, jaholatdan, nodonlikdan qutulishning birdan-bir yo`li maktabdir:
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g`ami vayron qilur,
Hayrat qilub o`qing, o`g`lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
Hayrat qilub o`qing, o`g`lon!
Jahon adabiyotida, shu jumladan, o`zbek adabiyotida ko`plab ta`limiy-tarbiyaviy masalalar hayvonlar, qushlar, hasharotlar tilidan, ya`ni majoziy timsollarda beriladi. Mashhur «Kalila va Dimna», «To`tinoma», «Zarbulmasal»lar buning yorqin misolidir. Bunday tasvir usuli insonlardagi salbiy xususiyatlarni keskin qoralash, ijobiy fazilatlarni targ`ib qilishda muhim vosita vazifasini bajargan. A.Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ushbu ta`sirchan usuldan mohirona foydalangan, ya`ni undagi matnlarning 20 tasi masal janriga mansubdir. Muallif darslikdagi hikoya va masallarning barchasida ikki qarama-qarshi qutb ­ yaxshilik va yomonlik, ahillik va xudbinlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi ijobiy va salbiy xususiyatlarni bir-biriga muqoyasa qiladi, xulosa ­ «qissadan hissa»da esa ularni xolisona baholaydi. «Ikkinchi muallim»da bolalarning saviyasi, yoshlari o`sganligini hisobga olgan: ulardagi she`rlar va nasriy hikoyalar shaklan va mazmunan, ilgari surilgan masalalar ko`lami «Birinchi muallim»dagiga nisbatan ancha keng. Mana shunday didaktik masallardan biri «Arslon bilan ayiq» asaridir. Bir kuni Arslon bilan Ayiq do`stlashib ovga chiqadilar, yugurib-yelib oxiri bir kiyikni tutadilar. Endi yemoqchi bo`lib turganlarida oralarida janjal chiqadi. Arslon: «Men kattaman, menga ko`proq tegishi kerak», - deydi. Ayiq: «Men ko`proq harakat qildim, yelib-yugurdim, sen bir joyda qarab o`tirding, shuning uchun sergo`sht joyi menga tegishi kerak», - deydi. Janjal urushga aylanadi, ularning ahvoli shu darajaga yetadiki, hatto qimirlashga ham majollari qolmaydi. Bundan xabar topgan bir necha bo`rilar tayyor go`shtni pok-pokizasiga urib, suyaklarini qoldirib ketadilar. Bu janjalkash urushqoqlar bir-birlariga afsus bilan shunday der edilar: «Agar bunday urushmaganimizda og`zimizdagini oldirmagan va ulardan qolgan quruq suyakni chaynamagan bo`lar edik». Muallif janjankashlikni qattiq qoralaydi, hamjihatlikni esa ulug`laydi.
Didaktik adabiyotning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda davrning axloqiy-ta`limiy qarashlari o`z ifodasini topadi. Kattalarning estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan asarlarda didaktik – pand-nasihat mumkin qadar badiiy shaklga o`rab, yashirin holda berilsa, bolalarga bag`ishlangan asarlarda, aksincha, bo`rtib ko`zga tashlanadi. Bu hol bolalar adabiyotiga xosdir. Didaktik tasvirda asar tilining, tasvir vositalarining soddaligi ko`zga tashlanadi. Bolalarga xos til va fikrlash tarzi asar tilida ham o`z ifodasini topishi kerak. Shu o`rinda L.N.Tolstoyning quyidagi so`zlarini esga olish o`rinlidir: «Bolalar bilan kundalik hayotning jiddiy masalalari to`g`risida fikrlashganda, adabiyot ularga o`z tilida murojaat qilishi kerak. Bu til (bola tili) ajratib olingan maxsus so`z va iboralar emas, balki umumxalq tilining bolalar dunyoqarashidagi o`ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan shaklidir»1.
Abdulla Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ifodali hamda yoddan o`qish uchun maxsus she`rlar yaratdi. Shoir bunday she`rlarning tuzilishiga, musiqiyligiga, qofiyalarning, turoqlarning muntazamligiga alohida e`tibor berdi. Odatda, bunday she`rlarga muallif bilan bir qatorda o`quvchining ham his-tuyg`ulari singib ketadi. Demak, ifodali o`qishga qaratilgan she`rlar jarangdor, o`ynoqi, o`quvchining his-tuyg`ulariga she`riyatni-go`zallikni, badiiy so`zni his qilishga o`rgatish vazifasini qo`yadi. Darslikka kirgan mana shunday she`rlardan biri «Maktaba da`vat» deb ataladi:
Boqdi gunash panjaradan bizlara,
Yotma! Deyur barcha o`g`ul-qizlara.
Nalai faryod qilib barcha qush:
Maktabingiz vaqti, deyur sizlara.
Boshladi har kim o`z ishin ishlara,
Siz-da, turing maktabingiz izlara.
Uchdi ari boqchalara bol uchun,
Buzov turur uyda cho`kib tizlara.
Siz-da kitoblarni oling shavq ila,
Tez yuguring ilm yo`lin gezlara.
Dangasani so`ymayur Alloh hech,
Ketsun oqub dangasa dengizlara.
A.Avloniy o`quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning oqzaki nutqini o`stirishda maktabning pastki sinflaridayoq ifodali o`qish metodiga alohida e`tibor beradi. Shuning uchun ham muallifning ushbu «Birinchi muallim» va «Ikkinchi muallim» darsliklari usuli jadid maktablarida ancha keng qo`llangan va bir necha bor qayta nashr qilingan.
Abdulla Avloniyning «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» (5 jilddan tashkil topgan) to`plami hamda «Maktab gulistoni» ham maktablarning yuqori sinflari uchun darslik-majmua sifatida yaratilgan. Shuning uchun ham ushbu majmualarga faqat o`zininggina she`rlarini emas, boshqa mualliflarning ham bolalarbop asarlarini kiritgan. Majmualar 1909-1917-yillar davomida nashrdan chiqarilgan, darslik-majmualar ifodali o`qishda asosiy qo`llanma vazifasini bajargan. Shoir-pedagog A.Navoiy mazkur asarlarida ham o`quvchilarga tavsiya qilgan badiiy matnlarining ularning bilim saviyasiga mos bo`lishga, ularni qiziqtirishiga alohida e`tibor beradi. Chunki u asrlar davomida maktab va madrasalarda darslik sifatida o`qitib kelinayotgan kitoblar bolalarning yoshlik xususiyatlariga, ruhiyatiga, bilim saviyasiga butunlay to`g`ri kelmasligini pedagoglar orasida birinchi bo`lib ko`ra olgan va bu to`g`rida baralla fikr bildirishga jur`at qilgan edi: «Bizim Turkiston makotibi islomiyasinda avvaldan oxira qadar ta`lim o`linajak kitoblar «Chahor kitob», «Sabotul-ojizin», «Fuzuliy», «Navoiy», «Xoona hofiz», «Bedil» va «Maslakul-muttaqin»lar kabi she`r kitoblari o`ldig`i jumlaning ma`lumidur. Bu kitoblarning ba`zisi oshiqona nazmlardan va ba`zilari e`tiqodot va amaliyoti islomiyatga mutaalliq mushkul mas`alalardan iborat o`lqonlaridan moada aksarlari forsiy tilda yozilg`onlari uchun... yosh bolalarimizning onlardan istifodalari, bir narsa anglamoqlari imkon xarijinda edi. Vaqyean, o`z ona tilini durust bilmag`an, emdigina harflarni bir-biridan ayirg`on bir yosh bolaning qo`liga... forsiy, adabiy lisonlarda yozilish eng adabiy va hikmatlik jumlalarni o`qutmak ila yerdan turub yulduzlarga qo`l uzatmak yoki igna ila quduq qazimak orasida farq yo`qtur... zohirada oshiqona o`lan qazallarni(ng) ma`nolarin anglasunlar, anglaganlaridan na foyda, balki «Falon aziz shunday deydur», - deb buzuq axloqlarga mubtalo o`lmaklari tabiiydur. Man shul sabab-la bizim yosh muharrirlarimiz bir-ikki yildan beri g`ayrat edarak, maktablar uchun o`z ona tilimizda adabiy, fanniy, diniy va axloqiy kitoblarni tahrir va tarjima qilmakda va yosh muallimlarimiz ham eski kitoblarning o`rnina ushbu yangi kitoblarni ta`lim bermakda edilar».
A.Avloniyning bu majmua-darsliklari suhbat usuli bilan bolalarning og`zaki nutqini o`stirishda, badiiy so`zlashuvga o`rgatishda katta ahamiyat kasb etadi. Avloniyning «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» va «Maktab gulistoni» majmualarida ifodali o`qishning qator shakllari – deklamatsiya (individual o`qish), xor bo`lib o`qish, rollarga bo`lib o`qish kabi turlariga oid chiroyli matnlar berilgan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, «Adabiyot» majmuasidagi ba`zi she`rlar («Noma kimniki», «Bizlarda nimalar ko`p») ifodali o`qishning elementar shakllarini o`quvchilarga o`rgatish uchun hizmat qiladi. Bu she`rlarda achchiq kinoya, nafrat ohanglari o`quvchilarning diqqat markazida turadi. Achchiq kinoyali ohang nosog`lom tuzumni fosh etishda asosiy qurol vazifasini o`tgan:
Agar faqir o`lsang, demas holing nadur?
Mehribonlig` oltinu dengoniki.
Eski to`n bulsang, bo`lursan xoru zor,
Izzatu xurmat to`rni yangoniki.
Ilmdan boylik yuqorida turar,
Suhbatu majlis silliq salloniki.
Nega xomush o`lding, ey ahli xirad,
Bo`ldi dunyo kori sharmandonini.
Bunday she`rlar ifodali o`qishning ohangdor chiqishi uchun xizmat qiladi va o`quvchilarni hayajonga soladi.
Ifodali o`qishning o`ziga xos shakllaridan bir xor bo`lib o`qish ham A.Avloniyning diqqat markazidan chatda qolmadi. Shu munosabat bilan u o`z she`rlarini xalq ashulalariga uyg`unlashtirdi va o`quvchilarni xor bo`lib o`qishga o`rgatish uchun alohida she`rlar yaratdi. Masalan, shoirning barmoq vaznida yozilgan «To`y haqinda» she`ri «Reza» kuyiga solib o`qiladi. Bu haqda shoir o`qituvchilarga quyidagicha metodik ko`rsatma beradi: «Milliy kuylarimizdan biri:
Olma meni toshlar bilan yor-yor, yor-o`v,
Uqub ketay qushlar bilan yor-yor, yor-ov ­
Dur. Shul kuyga solibni, (yuqorida yozilishi) milliy she`rdan bir bayt kishi tarafidan o`qulib, so`ngidan ko`b kishilar tarafidan xo`r, sozlar ila jo`r qilub, ikkinchi bayt o`qilur» (Avloniy izohi).
Bu uslubiy ko`rsatma o`quvchilarning ifodali (xor bo`lib) o`qishlari uchun zamin hozirlaydi:
Bir o`quvchi:
O`g`lingizni o`qitmoqqa bo`lasiz ayyor-o`v,
To`y qilsangiz osh bermoqqa aqchangiz bisyor-o`v.
Bir necha o`quvchi musiqa sadolari bilan xo`r bo`lib aytadi:
Kambaqal kelib to`yga kirsa, nari bor, br-o`,
Boylar kelsa, to`rga olib oshu to`n tayyor-o`.
She`rning boshqa bandlari ha shu tartibda o`qiladi.
Ma`lumki, o`quvchilarniifodali o`qishga o`rgatish adabiy o`qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko`rgazmali vosita vazfasini bajaruvchi ifodali o`qish natijasida asar voqyealari, qoyasi o`quvchi ko`li oldida namoyon bo`ladi. A.Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e`tibor bergan bo`lsa, asarni tushunib o`qishga, ifodali o`qishga, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko`p diqqat qiladi. O`quvchilarning xor bo`lib o`qishlarini o`qituvchi Abdulla Avloniy dirijer kabi boshqarib borgan.
Ifodali o`qish xilma-xil shakllarga eka. Bunday shakllardan biri deklamatsiya qilib o`qishdir. Ifodali o`qishning bunday shakli o`quvchilarning jonli nutqi bilan uzviy ravishda bog`lanadi. Xususan, rivoya shaklidagi she`rlar, nasriy asarlardan olingan parchalar Abdulla Avloniyning deklamatsiya uchun tavsiya qilingan «Jaholat qurboni» she`ri o`quvchilar uchun qulay material hisoblanadi. She`rning tuzilishi, uning masnaviy tarzida qofiyatlanishi, ayniqsa, she`rning boshidan oxirigacha birinchi shaxs tilidan berilishi tez yodlashga, tushunib deklamatsiya qilishga imkoniyat tug`diradi:
Yog`liq oshlar oshar edim, farog`atda yashar edim,
Otam, onam ish buyursa, bo`yin tovlab qochar edim.
Domlamda bor uch gaz tayoq, yo`g`onligi ikki barmoq,
Podachining gavronidek boshga tushar taroq-taroq.
She`r hajmat katta, ikki bo`limdan iborat. «Birinchi bo`lim»ni bir o`quvchi, «Ikkinchi bo`lim»ni boshqa o`quvchi o`qiydi. Chunki birinchi bo`limda ishyoqmas, o`qishdan qochgan bezori bola timsoli tasvirlansa, ikkinchi bo`limda o`sha timsol voyaga yetgan, ota-onasi o`lib, ulardan qolgan molu dunyoni sovurgan, oxir-oqibatda xoru zorlikni mahkum bo`lgan jaholat qurboni qismati tasvirlanadi. She`r oxiridagi ikki baytda o`quvchilarga undan ibrat olishga da`vat ohanglari egallaydi. Bu ikki baytni bir necha o`quvchi jo`rligida o`qiladi:
O`qumadim-bo`ldim nodon, hazar qilur mendin inson,
Sizlar mendan ibrat oling, jaholatga bo`ldim qurbon.
Ibrat bo`lsun sizga bu hol, jaholatda yo`qtur kamol,
Ilmsizlik qilgay xarob, hijron bo`lur ahli zalol.
Qofiya va radiflarning muntazamligi, vaznning ma`lum tartibga bo`ysunishi, turoqlarning aniq va bir tizimga solingan xususan, tilining soddaligi, bu she`rni deklamatsiya qilish va tez yodlash uchun qulaylik vujudga keltiradi.
Nihoyat, ifodali muhim turlaridan yana biri rollarga bo`lib o`qishdir. Bunday o`qish o`quvchilarning asar qahramonlari his-tuyqularini, ichki dunyosini tushunishida muhim ahamiyatga ega, ularda asarga qiziqish, zavq-shavq o`yg`otadi. Abdulla Avloniyning «Oila munozarasi» she`rida ota bilan ona o`z farzandlarini o`qitish yuzasidan munozara qiladilar. Ota o`qil va qizlarini o`qitmoqchi bo`lsa, ona erining fikriga qarshi chiqadi. Ota bilan ona o`rtasidagi fikrlar dialog shaklida olib boriladi, bu dialog ikki o`quvchi tomonidan o`qiladi:
Ota:
O`g`il-qiz o`qusa bo`lur olim,
Johil odamlar bo`ladur zolim.
Baxtu iqbol ilma bog`liqdur,
Ilm o`qutmak ahsan a`molim.
Ona:
O`g`il o`qusa, sigirni kim boqadur?
Qiz o`qusa, olovni kim yoqadur?
O`qugonlar bo`ladi beixlos,
Olamunchoq tumorni kim taqadi?
Abdulla Avloniyning maktabda ifodali o`qishlari juda katta shuhrat qozondi. 1914-yil 27-fevral Toshkentda «Kolizey» teatri1 2000 dan ortiq tomoshabin bilan liq to`lgan. Behbudiyning «Padarkush» dramasi sahnaga birinchi bor qo`yilishi. Spektal adabiy o`qishga ulanib ketdi: Avloniy o`quvchilari «Padarkush» dramasiga haohang ilm-ma`rifatga da`vat ruhi barcha urib turgan «Oila munozarasi» she`rini ifodali o`qidilar, tomoshabinlar zo`r olqish bilan kutib oldilar.
A.Avloniy tavsiya qilgan ifodali o`qishning mazkur turlari, birinchidan, o`quvchilarda kitobga, so`z san`atiga havas uyqotsa,, ikkinchidan, o`quvchilar faolligini keskin oshiradi, ya`ni dars davomida o`quvchilarning deyarli hammasi faqat tinglovchi emas, ishtirokchi sifatida qatnashadi, ularning butun harakati bir masalani yoritishga qaratiladi. A.Avloniy ifodali o`qish darslariga estetik tarbiya vositasi sifatida ham qoladi.
Shur fikrlar bilan ma`rifat maydoniga chiqqan Abdulla Avloniy o`z darsliklarida ifodali o`qishning elementar shakllari bilangina cheklanib qolmadi, ayni zamonda, o`sha davrda ilm-ma`rifat tarqatish, xalqni ilm-fanni egallashga chaqirish yo`lida jiddiy ish olib bordi. Bu yo`lda u ifodali o`qishning yangi shakllarini ham ishlab chiqdi.
1910-1911-yillarda Riga shahridagi «Grammofon» jamiyati vakillari ¤rta Osiyo shaharlariga kelib, o`zbek, qozoq, tojik, qirqiz xalqlari orasidagi mashhur hofizlarning mumtoz maqomlari va qo`shiqlarini plastikaga yozib oladilar. Shu munosabat bilan atoqli san`atkor Mulla To`ychi Toshmuhamedov (1868-1943)ning ijro etgan shashmaqomi ham plastinkalarga yoziladi. O`z zamonasining yirik ma`rifatparvar shoiri, pedagogi bo`lgan A.Avloniy xalqni ilm-ma`rifatga targ`ib qilish maqsadida o`qitishda o`sha davr texnika vositalaridan ham foydalandi. U o`z maktabi o`quvchilariga «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» darslik majmuasidagi ba`zi she`rlarni xor bo`lib o`qishga o`rgatadi. Ta`limning muvaffaqiyatli chiqqanini ko`rgan A.Avloniy «Maktabga targ`ib» she`rni alohidadiqqat kuyga soladi va bu she`rni ham xor bo`lib o`qishga o`rgatadi.
Abdulla Avloniy o`zbek bolalarini maktabga jalb etish, xalq orasida ma`rifat tarqatish, ifodali o`qishning dastlabki namunalarini yaratish maqsadida birinchi bo`lib texnika vositalaridan foydalanadi. O`qituvchi Avloniy «Maktabga tarqib» she`rini o`quvchilarga xor bo`lib o`qishga o`rgatganidan so`ng 1911-yilda bolalar xorini grammplastinkaga yozdirdi. Unda she`rning 4 misrasi ikki o`quvchi tomonidan, naqaroti esa bir necha o`quvchilar tomonidan xor bo`lib o`qiladi:
Ikki bola o`qiydi:
Oqil qoshida, millat boshida
Nurlar sochub, yashnab turgan maktab emasmi?
Ilmu hunarlar, gullar chamanlar
Yoshlar uchun ochub turgan maktab emasmi?
Ko`p bolalar musiqa sadolari ostida xor bo`lib o`qiydilar:
O`qusun yoshlarimiz, bid`atni tashlarmiz,
Ketsun g`aflat! Kelsun himmat! Yashasun millat!
E`tiborli tomoni shundaki, ushbu «Maktabga targ`ib xoriyozilgan noyob plastinka hozirda O`zbekiston xalq artisti Zokirjon Sultonov fonotekasida saqlanmoqda.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o`zbek teatri tashkilotchilaridan edi. U 1913-yilda «Turon» teatr truppasini tashkil qildi1, ko`plab dramatik asarlar yaratdi, ularni rejisyor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyatni o`z maktabida xor, ifodali o`qish hamda musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. U o`quvchilarning xor bo`lib o`qishlariga, timsollarga bo`lib o`qishlariga ham dirijyordek, ham rejisyordek rahbarlik qildi. Xulosa qilib aytganda, A.Avloniy XX-asr tongida maktablarda birinchi bo`lib texnik vositalardan foydalanib, ifoladi o`qishning yangi turlarini yaratdi.
Turkiy guliston yohud axloq” asari haqida.
«Turkiy guliston yohud ahloq» asari muallifi A. Avloniyning o`zi: «Men bu asari nochizonamni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta`lim bermak ila barobar ulug` adabiyot muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylariqa taqdim qildim», ­ deb ta`kidlaganidek, asar 1900 yillardan boshlab xalq o`rtasida ancha katta shuhrat qozona boshlagan «usuli jadid» makatablarining yuqori sinflari o`quvchilari uchun darslik sifatida yaratilgan edi. Ammo asar darslikdan ko`ra pedagogika faninnig ham nazariy, ham amaliy masalalarini yorituvchi ilmiy asar sifatida namoyon bo`ldi. XX asr boshlarida pedagogikaning nazariy va amaliy masalalariga bag`ishlangan asarlari yaratilgan: «Fitratning «Najot yo`li» («Rahbari najot»), hamzaning «Qiroat kitobi» asarlari shular jumlasidandir, ammo A. Avloniy asari ushbu sohada yozilgan birinchi asardir. Mutafakkirlar mazkur asarlarini «usuli jadid» maktablarining yuqori sinf o`quvchilariga darslik sifatida yaratgan ekanlar, bu maktablarni bitirib chiquvchi va o`zlari ham «usuli jadid» maktablarida o`qituvchi bo`lib ishlovchi yosh o`quvchilarni tayyorlash, pedagogika faninnig o`ziga xos nozik tomonlari bilan ularni oshno qilishni ko`zda tutganlar. Chunki XX asr boshlarida ham o`qituvchilar tayyorlaydigan birorta na oliy va na o`rta maxsus bilim yurti yo`q edi. Rus-tuzem maktablari uchun o`qituvchi kadrlar tayyorlaydigan Toshkent o`qituvchilar seminariyasining tub maqsadlari ma`lum edi. Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Abdulla Avldoniy, Ishoqxon Ibrat, Siddiqqiy-Ajziy, Abduqodir Shakuriy maktablarini bitirib chiqqan va o`qituvchilikka muhabbat qo`ygan ko`pi yoshlar ketma-ket ochilayotgan «usuli jadid» maktablarida ustozlari rahbarligida o`qituvchi bo`lib ishlaganlar. Qayum Ramazon, Shoarasul Zunnun, aka-uka Sobirjon va Shokirjon Rahimiy, Ismatulla Rahmatullayevlar shular jumlasidandir.
«Turkiy guliston yohud axloq» asari buyuk Sharq mutafakkiri Shayx Muslihiddin Sa`diyning «Guliston» asariga nazira sifatida yaratildi. Shayx Sa`diyning «Guliston» va «Bo`ston» asarlari necha-necha asrlar davomida musulmon Sharq xalqlari maktab va madrasalari uchun asosiy qo`llanma sifatida mumtoz mavqyega ega bo`lgan. «Guliston» asri XIV asrda Sayfi Saroyi, XIX asrnnig 60-yillarida Muhammadrizo Ogahiy hamda 1909 yilda toshkentlik mudarrris va shoir Murodxo`ja domla Solihxo`ja Eshon o`g`li tomonidan tarjima qilindi. Ushbu tarjimalari orasida eng to`lig`i Murodxo`ja domlanining tarjimasi bo`lib, madrasa talabalariga mo`ljallab, hoshiyalariga zarur sharhlar bitilgan.
Barkamol insonlarni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. A. Avloniynning pedagogika haqidagi ta`rifi hozirgi zamon ta`rifiga ancha mos keladi: «Tarbiya «Pedago`giya», ya`ni bola tarbiyasining fani demakdur».
«Turkaiy guliston...» asari 2 marta ­ 1913 va 1917 yillarda bosmadan chiqdi. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya`ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq inson hayotida tarbiyannig buyuk ahamiyatiga zamondoshlar e`tiborini qaratadi. Inson hech qachon yomon bo`lib tug`ilmaydi yoki yaxshi odamangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug`ilmaydi, farzandnnig barkamol inson bo`lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligini ta`kidlaydi:
Xudonnig rahmaatu fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug`ib tashlov ila bo`lmak bola, bo`lgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo`lur ul rahnamo sizga.
Temurchining balosi tarbiyat topsa, bo`lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o`qli bo`lsa, bo`lg`usi zolim.
Yomonlarga qo`shuldi Nuhning o`g`li o`ldi beiymon,
Yurudi Kaxf iti xo`blar ila bo`ldi oti inson.
Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo`lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog`liq. Avloniy so`zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot ­ yo mamot, yo najot ­ yo halokat, yo saodat ­ yo falokat masalasidur».
Abdulla Avloniy inson tarbisini bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan uch yo`nalishga bo`ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uuchn avvalo badan salomat bo`lmog`i zarurdir, badan soq bo`lgandagina inson uchun zarur bo`lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun ichkilik, ko`knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba`zi harom, ba`zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko`tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas`uliyat o`qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o`quvchilarni fikrlashga, hari qanday voqyea­hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o`rgatadi. Bu o`rinda A. Avldoniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o`rinda o`kituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o`quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi.
Abdulla Avloniy asarnnig «Yaxshi xulqlar» bobida fatonat, diyonat, islomiyat, nazorat, g`ayrat, riyozat, qanoat shijoat, ilm, sabri hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rijo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, afv haqida atroflicha fikr yuritadi, o`z qarashlarini dalillash uchun Qur`oni karim oyatlaridan, hadisi sharifdan namunalar, ulug` mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa`diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi.
Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma`rifatparvarlari kabi ilm-ma`rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko`tardilar, taraqqiyotga to`g`anoq bo`layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o`zbek ma`rifatparvarlarining Yevropa ma`rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g`oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma`qul emas edilar.
Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug`lanishi bevosita insonni ulug`lash bilan uzviy bog`lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug` qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm­ma`rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana A. Avloniyning aqlga bergan ta`rifi: «Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so`z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollahu alayhi vassalam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga tavoze` qilingiz. Siz janobi haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz», ­ demishlar».
Abdulla Avloniy inson salomatligi to`g`risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri ­ tozalika haqida alohida bob ajratadi. «Nazofati» deb nomlanuvchi bobida odamni xalq o`rtasida hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik - nazofatdir. Inson nafaqat o`z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitni, shahrini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo`lishiga sababdir. Afsus bilan aytish kerakki, Avloniy yashab turgan va undan keyin ham mustamlaka ma`murlari o`lkannig obodonchiligi va aholisinnig salomatligini xayollaoriga ham keltirmadilar, faqat shaharlarning mustamlakachilari yashaydigan qismigagina e`tibor berdilar. 1907 yilnnig oxirlarida Turkiston o`lkasiga sayohat qilgan atoqli tatar ma`rifatparvari, yozuvchisi Abdurashid qozi Ibrohimov (kelib chiqishi o`zbek) chor Rusiyasining Turkiston o`lkasida olib borayotgan dahshatli mustamlakachilik siyosatini fosh etgan edi: «Rus Toshkandida qoyat tartibli bino va savdo uylari, tekis uylar, elektr nurlarida sayr qilib yurishlar Ovruponing bir namunasidir. Ammo musulmon Toshkendi aksincha. Ilk bahorda, bahor oxirida shahar ichida uylardan piyoda yurib o`tishning ham iloji bo`lmay qoladi. Buni hatto so`z bilan ham ta`riflab bo`lmaydi... holbuki, shahar bir shahardir, Toshkanddir, idorasi, kirim-chiqimi bir, umum aholisinnig asosiy qismi musulmonlardir. Daromad asosan musulmon qismidan olinur, sarf-harajatlar faqat xristian qismiga ajratilur. hokimiyat qudrati ruslarda, mamlakat daromadi ham ruslarda. Rus qismlaridagi yo`llarga umum daromaddan pul ajratiladi, ammo musulmon qismdagilarning yo`llari nima bo`lsa bo`lsin, bir so`m ham ajratilmaydi: na bir tekis yo`l, na bir chiroq bor, hech vaqo yo`q».
Jîhillik, qofillik, tanballik ilmsizlikdandir. Ilm insoniyat baxt-saodati, istiqboli yo`lini yoritib turuvchi mash`aldir. Ilm bilan inson martabasi yuksaladi, nomi-nishoni ulug`lanadi, o`zi izzat-hurmatga sazovar bo`ladi. A. Avloniyning ulug` zamondoshlaridan Ahmad Donish «Fiqh va faroyiz, hisob va sijil tib, nujum, shoirlik, muallimlik madaniyat uchun eng foydali bo`lib, shu bilan ilmning o`sishiga yo`l ochadi. Biroq bulardan asl maqsad xalqqa foyda keltirishdan iborat bo`lishi lozim. Butun hunarlarning a`losi ilmdir, uning pog`onalari cheksizdir», - deb yozadi «Navodirul-voqoye» asarida.
A. Avloniy «Turkiy guliston...» asarida ushbu masalaga «Ilm» va «Aqsomi ilm» boblarini ajratgan. Aql ilm tajriba bilan kamol topadi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga noil etuvchi uluq ne`matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Uning eng yaqinlarigagina ema hatto o`ziga ham foydasi tegmas. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o`rtasiga to`siq qo`ymaydi, aksincha, diniy kishi bo`lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o`rganish zarurligini ta`kidlaydi. Muallif fikricha, har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma`rifatiga, hunar va san`atiga bog`liqdir. Ammo bizdagi: «Ajabo Qur`onimiz, Payg`ambarimiz o`qingiz, deb amr qilqon holda, bizlar na uchun harakat qilmaymiz, boshqa millatlarnnig o`g`ullari qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay ilm yo`lida jonlarini fido qilub, qovushub, yugurushib, ko`zlarimizni qamashdurib turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan g`aflatdan, jaholatdan boshimizni ko`tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payqambarimiz: «Olim bo`l, ilm talab qiluvchi bo`l, yoki ilmni eshituvchi bo`l, hech bo`lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo`l, beshinchisi bo`lma, halok bo`lursan», - demadilarmu?»
Bundan ham kattaroq to`siq mustamlakachi ma`murlar bo`lib, o`lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o`zgarishlarga, «usuli jadid» maktablarining xalq ma`naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko`rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan usta`monlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o`quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma`rifat kuridan bahramand qilishni mustamlaka ma`murlari xayollariga ham keltirmas edilar.
Ozgina bo`lsa-da, rus tili va aniq fanlardan ibtidoiy tushunchaga ega bo`lish uchun esa rus-tuzem maktablaridagina o`qish mumkin edi, ammo bu maktablarning asl mohiyati, maqsadi ma`lum edi.1907 yilda Turkiston o`lkasiga sayohat qilgan Abdurashid qozi Ibrahimov bu masalaga alohida e`tibor beradi.
A. Avloniy mana shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlari haqida chuqur ma`noli fikrlari bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e`tiborliroq. Vatan Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha­necha adabiyot va san`at ahllari e`tiborini o`ziga jalb qilgan. E`tibor bering, 1970 yillar boshida Erkin Vohidov «O`zbegim», Abdulla Oripovnnig «¤zbekiston» qasidalari o`zbek xalqi orasida shunchalari aks sado berdiki, hatto sho`ro mafkurachilarini talvasaga solib qo`ydi. O`zbekiston bo`ylab birorta to`yu tomosha yo`qki, bu ikki she`r to`lib-toshib o`qilmasa yoki qo`shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyqularini shunchalar junbushga soldi bu ikki she`r?! Ongimizga 100 yildan ortiq o`zga millatning o`zga vatanning «buyuk»ligini singdirib keldilar. Xalqimiz o`z millati va o`z Vatani haqida iliq bir so`zga intiq edi.
XIX asrnnig 90­yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o`qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S. M. Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O`qish kitobi») asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N. Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug`lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta`rif-tavsif etuvchi o`nlab nazmiy va nasriy matnlar yerilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jidad pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy, badiiy asarlarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. Unda yosh qalblarda o`z Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg`ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor:
Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o`lsa ravon,
Banga na qam, qolur avlodima o`z Vatanim.
/ubora do`nsa qamim yo`q vujud zeri vahm,
Choraki, o`z Vatanim xokidur go`ru kafanim.
Tuqib o`san yerim ushbu Vatan vujudim xok,
O`lursa aslina roje` bo`lurmi man g`amnok.
Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojei ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to`la his qilib, «Vatanni suymak» bobi o`qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan qoya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish qiyin emas.
Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to`la­to`kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo`ladi.
«Turkiy guliston yohud axloq» asaridan bir kichik bob «hifzi lison» («Tilni muhofaza qilish») deb ataladi. hamma vaqt, hamma jamiyatda millatning mavjudligini, e`tiborini belgilovchi ko`zgusi uning tili va adabiyotidir. Ulug` san`atkor shoir Abdulhamid Cho`lpon «Adabiyot o`lsa, millat o`lur» deb yozdi. «Adabiyot nadur?» maqolasida. har bir inson, birinchi navbatda, o`z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi kerak. Asar muallifi o`rinsiz o`zga til so`zlarini qo`shib, «moshkichiri» kabi aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi. Avloniynnig ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda ham har gapiga, albatta, 2-3 o`rischa so`zni qo`shib gapiruvchi yoki o`ris tilini durustroq bilmasa-da, o`rischa gapirishni madaniyat belgisi deb, biluvchi ba`zi bir yoshlarimizga nafaqat yoshlarimizga taalluqlidir: «har bir millatnnig dunyoda borlig`in ko`rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmay millatning ruhini yo`qotmakdur. hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun unutmak va yo`qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulagani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo`lg`on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi kerakli narsadur. Lekin o`z yerinda ishlatmak va so`zlamak lozimdur. Ziqir yoqi solub, moshkichiri kabi qilub aralash-quralash qilmak tilnnig ruhini buzadur».
Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma`naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta`limnnig zamini sifatida ona tili o`qitish masalasiga e`tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma`naviyatni sut bilan kirgan...» deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin edi. Bu ­ jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub maqzini tashkil qilar edi. Mahalliy millat bolalari uchun ochilgan davlat tasarrufidagi rus-tuzem maktablarida musulmon tili, dini va tarixini o`qitish masalasiga maxsus e`tibor berilmadi. O`z tili, dini, ma`naviyati, tarixidan xabarsiz kichik ma`murlar tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatinnig birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdarashidxon o`g`li, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniylari rahnamoligida ochilayotgan va xalq o`rtasida kata e`tibor qozonayotgan «usuli jadid» maktablari mohiyat e`tiboriga ko`ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniynnig ona tiliga nisbatan buyuk muhabbat bilan aytgan so`zlari to`g`ridan­to`g`ri o`sib kelayotgan yosh (hatto hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:
Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, rahmonim.
Tug`dig`im kundan aylading ulfat,
O`lgunimcha ayilma, ey jonim.
Menga ilmu adab san o`rgatding,
Chin adib, muallim ilonim.
Millatning ruhini ko`targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.
Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida «Turkiy guliston...» asarida o`quvchilarning oqzaki nutqini o`stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) sanatini egallashga alohida e`tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o`quvchi ona tilida o`z fikrini aniq, ta`sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Buning uchun esa o`quvchi olna tilining nozik, go`zal jihatlarini puxta egallagan bo`lishi kerak: «Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy oqiz orasidagi tilni (og`zaki nutqni ­ U. D.) ham saqlamak lozimdur. Chunki so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o`lchab ko`rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so`zlagan so`zidan bilurlar. «Quruq so`z quloqqa yoqmas», - demishlar».
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarining «Yomon xulqlar» qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini «saodati adabiyadan mahrum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo`lgan axloqi zamimalar...» deb ataydi. A. Avloni kishilarnnig ham ijobiy xuldarini, ham salbiy xulldarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi. U «Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go`zalligini insof muvozanasi ila o`lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak yomonlarini onglab, hozir qilmak lozimdur», ­ deydi.
A. Avloniy qazabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri dushmandan o`zini, millatini mudofaa qilishda insonning qazabi muhim ahamiyatga ega bo`lsa, ikkinchisi birovni jabr­zulm yo`li bilan ishlatish, odamlarga sovuq muomilasi bilan dahshat solishdan iborat bo`lgan salbiy xususiyatdir. hilm - yumshoq tabiatlilik bilangina g`azabning oldini olish mumkin. A. Avloniy bu haqda Imom Shofe`i havzratlarining so`zlarini keltiradi: «Qilich va nayza ila hosil bo`lmagan ko`p ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo`lur. /azabning zarari egasiga qaytur», - demishlar.
A. Avloniy asarning «Yomon xulqlar» qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e`tiborni qaratadi. Bu «Jaholat» va «Aqsomi jaholat» boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo`ladi. Insoniyatning eng g`addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri «jahli bosit» («oddiy jaholat»), ikkinchisi «jahli murakkab». «Jahli bosit» kasaliga mubtalo bo`lganlari biror narsani bilmaydilar va bilmaslikdlarini e`tirof etadilar. Bularning avomi nisbatan oson, ularni o`qitish, o`rgatish bilan bu maarazdan foruh qilish mumkin. «Jahli murakkab» kasaliga duchor bo`lganlar bilmagan narsalarini bilaman deb, dav`o qiladilar, ularni tuzatish ancha murakkab ish. Jahli murakkab qanchadan­qancha ilm-fan, taraqqiyot fidoiylarini ta`qib-tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi, Ulug`bekdek buyuk alloma, adolatli podshoh uning qurboni bo`ldi. «Jahli marakkab» namoyandalari millatni asriy qoloqlikda, jaholatda saqlashda mustamlakachilar uchun qurol vazifasini bajardilar. hatto «jahli murakkab» haqida Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li maxsus «Bizni(ng) jaholat ­ jahli murakkab» nomli maqolasini yozdi. Unda muallif jaholatparast ulamolarni, qadimchilarni, ilm-ma`rifatdan, ta`lim-tarbiyadan yiroq eski maktab-madrasalarni qattiq tanqid qildi.
A. Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahlil va talqin qilar ekan, bevosita o`z davri muammolari bilan bog`laydi, shuning uchun ham asarda davr nafasi ufurib turadi. Mustamlaka Turkistonning fojiali ahvoli, erksizligi, chor hukumatining o`lkada olib borayotgan dahshatli iqtisodiy siyosati asar qatlariga mohirona singdirib yuborilgan: «Yevrupoliklar o`zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o`zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berub, sut oshaymiz, non o`rniga kesak tishlaymiz. So`zning qisqasi hozirgi zamonga muvofiq kishi bo`lmak uchun ilm va ma`rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say`, bitmas qayrat lozimdur».
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarini o`z zamondoshlari - muallimlarning taklif va istaklarini nazarda tutgan holda, garchi oqir bo`lsa­da, Shayx Sa`diy uslubida yozmoqni muqaddas deb bildi. Sa`diynnig «Guliston» asariga chuqurroq razm solsak, hayotdagi salbiy voqyea­hodisalarni, yaramas xulqli kishilarni fosh etishda qazab-nafrat, kuchli hajv bilan ifodalashdan ko`ra, yengil kulgi, mutoyiba, kinoyadan ustalik bilan foydalanganligining guvohi bo`lamiz. Buni ulug` mutafakkir ham alohida ta`kidlaydi: «...Lekin sohibi dillarning ravshan va musaffo ra`yi olamoroylarig`a maxviy va po`shida qolmasinkim, shofiy mav`izalarining durlarin iborat rishtasig`a chekmishdururman. Pand va nasihatning talx va achchiq dorusin zarofat va latofat shahdi bila oqushta qilmishdirurman, tokim qabul davlatidin va mahrum va noumid bo`lub qolmag`ay. Masnaviy:
Biz nasihat bajoy kelturdik,
Pandin oxiriqa yetkurduk.
Gar kishi mayl etib quloq solmas,
Bizdin elga payom bo`lqoyu bas».
A. Avloniy ham Shayx Sa`diy kabi har bir bob oxirida o`z axloqiy qarashlarini xulosalovchi, qissadan hissa sifatida 4­5 bayt she`r keltiradi, keskin fosh etuvchi achchiq tanqid, hajv Avloniyda ham deyarli ko`zga tashlanmaydi. Bu bilan u, birinchi navbatda norasida bolalarni - o`quvchilar ruhiyatini, ulardagi yumshoqtabiatlilikni, poklikni nazarda tutgan. «Guliston» asari tilining nihoyatda samimiyligi, beozorligi tufayli necha-necha asrlar davomida maktab va madrasa talabalarining asosiy o`quv darsligi vazifasini ado etib keldi.
A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarini butun Turkiston ziyolilari katta mamnuniyat, qoniqish bilan kutib oldilar, uning tarqib-tashviqiga katta e`tibor berdilar. Talim­tarbiyaga bag`ishlangan bu noyob, mukammal, «barjasta» asarning har bir o`zbek xonadoniga kirib borishini dil-dildan orzu qildilar. Bunga «Sadoyi Turkiston» gazetasida bosilgan «Turkistonga zo`r shodliq» sarlavhali kichik maqola-taqriz dalil bo`la oladi: «Ko`pdan beri kutilgan Turkiston uchun eng kerakli «Turkiy guliston...» ismli axloq kitobi ochiq tilda Turkiston shevasida Shayx Sa`diy usulida Abdulla Avloniy tarafidan yozilub, toshbosmada bosilub, 132 betdan iborat muhim asar maydonga chiqdi. har bir adabiyot oshiqlarina, xususan, muallim afandilara biror nusxasini tavsiya qilurmiz».
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy ushbu «Turkiy guliston...» asarida jadid pedagogikasining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdi va asar bo`lg`usi muallimlar uchun dasturul amal vazifasini bajardi.
Xalq maorifini tubdan isloh qilish, darsliklar, o`quv qo`llanmalari yaratish, Abdulla Avloniynig oktabr to`ntarishigacha bo`lgan faoliyatinnig asosini belgilaydi. U 1917 yil avgustda Qozonda Butunrossoya musulmon muallimlarining II Qurultoyida ishtirok etdi, shu yili Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li bilan «O`qituvchilar jamiyati»ni tuzdi. Maqsad iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o`quv yurtlariga yuborish va kelgusida o`lkada ochilajak oliy o`quv yurti uchun milliy mutaxassislar tayyorlash edi.
Avloniy sho`rolar hukumatiga katta umid bog`ladi, ammo bu hukumat dastlabki kunlardan boshlab munofiqona siyosat olib bordi, uning bunday shovinistik, mustamlakachilik siyosatiga bo`lgan munosabati «Afg`on sayohati» ocherklarida o`z ifodasini topdi.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin