O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 77 Kb.
səhifə3/7
tarix26.04.2023
ölçüsü77 Kb.
#102955
1   2   3   4   5   6   7
Munisakurss

Kurs ishining maqsadi: Аbdullа Аvloniy hayoti va ijodini o‘rganish. Avloniyshunoslikka bir nazar.
- Avloniyning musiqa san’atiga qo‘shgan hissasini tadqiq qilish;
- Turkiy guliston yohud axloq” asari tahlili.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi ta sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 2 ta bob, 4 ta fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

I.Bob. Аbdullа Аvloniy Yangi o`zbek аdаbiyotini boshlovchilаrdаn biri
1.1. Avloniyning hayot yo‘li.
Abdulla Avloniy 1878 yili 12 iyulda Toshkentdagi Mergancha mahallasida dunyoga keldi. U avval O’qchidagi Akramxon domlada savodini chiqardi. 1890 yili shu mahalladagi madrasaga o’tdi. So’ng Shayhontohurdagi Abdumalikboy madrasasiga o’tdi. “1991 yildan boshlab faqat qish kunlari o’qib, boshqa kunlari mardikor ishladim” deb yozadi Avloniy.1904 yilda Avloniy Mirobodda «usuli jadid” maktabini ochadi. 1907 yilda “Shuhrat” gazetasini chiqara boshlaydi. 10 soni chiqib yopiladi. Redaksiya asbob ashyolari musodara qilinadi. U A. Bektemirov nomiga ruxsat olib, “Osiyo” nomli gazeta chiqara boshlaydi. 1914-15 yillarda advokat Ubaydulla Xo’jaev bilan “Sadoyi Turkiston” gazetasida hamkorlik qiladi. Biroq uning ham 66 soni chiqib, to’xtaydi. 1909 yilda «jamiyati xayriya” ochdi va mahalliy xalq bolalarining o’qib bilim olishi uchun pul yig’ib, maktablarga tarqatdi. 1913 yilda “Turon” jamiyati maydonga keldi. Jamiyatning qoshida teatr tuzildi. 1914 yili Toshkentning muhtasham Kolizeyida Behbudiyning “Padarkush”ini sahnaga qo’ydi. 1914 yili 26 dekabrdan teatr «Turkiston” nomi bilan safarga chiqadi. Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Ikki sevgi”, “Po’rtugaliya inqilobi” sahna asarlari yaratdi.1915 yilda Mirobod mahallasidagi Avloniyning boshlang’ich maktabini yopadilar.
Avloniy 1917 yilgi fevral voqealaridan keyin “Turon” gazetasini chiqardi. Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun tuzilgan alifbelar anchagina. Ular orasida Avloniyning «Birinchi muallim”i ham o’z o’rniga ega. «Birinchi muallim” 1917 yilga qadar 4 marta nashr qilingan. «Ikkinchi muallim” yuqoridagi kitobning bevosita davomi.
1913 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosiladi.Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm”-axloq haqida fikr yuritiladi. “Turkiy guliston...” da aql va ilmning, ma’naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug’lanishi adib ma’rifatchiligining bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Avloniyning qarashlarida Navoiyning «Inson-xilqat toji” nuqtai nazarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. “Turkiy guliston...” da yomon xulqlar degan bo’lim bor. Unda kishilarga xos 18 qusur haqida gap ketadi. Muallif nazdida ularning aksariyatiga sabab johillikdir. Shu boisdan adib tanqidini jaholatga qaratadi. Buzuqlik-safohat, hamoqat, yalqovlik-atolat, xasislik-xasosat, tanparvarlik-rahovat, takabburlik-anoniyat, hasad, yolg’onchilik-kizb, nifoq, ta’ma kabilar ko’pincha shundan kelib chiqadi. Muallif bularning bari haqida alohida to’xtaladi. Ularning fiziologik-psixologik asoslarini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Avloniy 1894 yildan she’r yozishni boshlagan bo’lsada, u she’rlar bizgacha yetib kelmagan. Uning 1917 yilgacha bo’lgan poetik merosi “Adabiyot” nomli 6 qismdan iborat she’riy to’plamlarida jamlangan.
Avloniy erk va ozodlikni har narsadan baland tutarkan unga olib boradigan birdan- bir yo’l deb ilm- ma’rifatni bildi. Avloniy she’rlarini o’qir ekansiz, ko’z oldingizga 20 asr boshidagi Turkiston manzaralari gavdalanadi. Shoir unga yuksakdan, dunyo halqlari hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar, Yevropadagi taraqqiyot nazardan razim soladigan. Mana, taraqqiyot asridagi Turkistonning rangsiz jonsiz hayotidagi lavhalar:
Samovarga chiqishub, yoshu – qari chuldirashur
Ertadan kechg’acha choyini ichadur shuldur-shuldur.
Ulturib maqtashadur otini, eshaklarini,
Biri der – yo’rg’a, yana biri der: - seniki – duldur – duldur
Uyda och ulduradur, xotini, er – to’kma yeyar,
Kelturib bachcha bazmlarga ketar puldur – puldur.
O’ynabon qarta – qimor, pullarini boy beribon,
Tom teshib, puhcha o’g’irlab. Odam o’ldur – odam o’ldur.
She’riyatda esa yangi g’oya va timsollar uchun yangi shakl va ifodalar izladi. Eskilariga yangi mazmun singdirdi. Ularning muhimlari qo’yidagilar edi:
Vaznning yangilanishi: Avloniyning barmoqdagi ilk she’rlari halq qo’shiqlariga moslab yozildi.Poetik janrlarning yangilanishi. Adabiyot shu yillarda xalq hayoti bilan yanada yaqinlashdi, yanada halqchil, ommabop bo’ldi. Adiblar yangi janrlar va shakllarda o’z kuchlarini sinashga shaylandilar ko’hna an’anaviy shakl va yangi xususiyatlar orttirdi.
Avloniyning “Oila munozarasi”, “Shoir eli tuti” kabi bir qator she’rlari munozara xarakterida yozilgan. Poetik obrazlarni yangilanishi. Klassik adabiyotimizda ming yillardan biri ishlanib kelgan gul, bulbul yor, ag’yor, may, char, (dunyo) kabi obrazlar bu davr adabiyotida jumladan, Avloniy ijodida boshqacha ohang, boshqacha mazmun kasb etdi. Masalan u gulni shunday “ta’rif” laydi:
Xor alindan bag’ri qon o’lmish, buyanmish qonga gul,
G’uncha bag’rin chok etib, afg’on qilur afsona gul
Avloniyning shaxsiy arxivida “Partugaliya inqilobi” nomli bir dramatik asari bor. U adibninng boshqa asarlaridan ajralib turadi. Besh parda o’n ko’rinishli bu asarni muallif fojia (tragediya) deb – atasada, mazmuniga ko’ra u qahramonlik dramasiga yaqin. Shoirning inqilobiy to’ntarishlar davridagi faoliyati qanchalar tahlikali kechgan bo’lsa ijodi ham shu qadar murakkab, ziddiyatli bo’ldi. U, bir tomondan inqilobga katta umid bilan qaradi, o’z istedodini uning xaizmatiga qo’ydi. Ikkinchi tomondan uning o’zgarishlariga qanoatlanmadi.
To’g’rirog’i yurtning iqtisodiy talon qilinayotganini mahalliy halqqa hech qanday huquq bermaganligini asriy tartib – udumlar, milliy an’analar oyoqosti bo’layotganini, din – diyonat yemirilayotganini ko’rib iztirobga tushdi. Mana bu satrlarga razm solaylik:
Har soniyada o’zga alam, o’zga jafodir ko’raman
Har soat ichinda necha bin dard alamdur ko’raman.
Har kecha tilarsan o’lajak, ertasi ravshan,
Ul kunduzi kechunda badar toza fanodur ko’raman.
Avloniy ko’plab sharqiya mashqlar ham yozdi. Sharqiyachiliq inqilob yillarida juda keng tus olgan. Sabablari ma’lum. Ommaga ruh berish lozim edi. Avloniy o’sha yillari “Hurriyat marshi”, “Qizil tayoqchilar marshi”, “Tolibi ilm marshi” kabi birnecha marshlar yaratgan. Avloniy 17 yildan keyin yana 17 yil yashagan bo’lsa –da, ijodda ham faoliyatda ham inqilobdan ilgarigidek serharakat bo’lgan emas. Orta ham adabiy – badiiy kitob yohud to’plami bosilmagani buni ko’rsatib turibdi. To’g’ri, “Nabil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Chol”, “CHegaboy”, “Abdulhaq” kabi imzolar bilan gazeta jurnallarda, ayniqsa, “Mushtum”da ko’plab hajviy she’rlar, kulgi hikoyalar bostirib turdi. Lekin katta jiddiy ishlar qilmadi. Ammo she’rlarida qochiriqlar, taggaplar ko’payib bordi. 1933 yil VII sinf uchun xrestomatiya tuzib, nashr ettirdi. Unga 20 -30 yillardagi o’nlab o’zbek adiblari hamda rus, Yevropa adabiyotinnig qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar kiritilgan, ularning mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi. 1934 yili 25 avgusda vafot etdi.«Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rlarini о’qishga kirishaman. О’qiyman, diqqat berilib, uzoq о’qiyman… she’rlar rangdor, jonli, tili о’ziga xos, ravon…»Bu mashhur yozuvchimiz Oybekning «Bolalik» asaridadan parcha.
XX asr boshida Toshkentda kamol topib, xalq о’rtasida katta shuhrat qozongan, “she’rlari rangdor, о’ziga xos va ravon» iste’dodli shoir Tо’lagan Xо’jamyorov – Tavallo 1883 yil Toshkentda Kо’kcha dahasi Obi Nazir mahallasida dunyoga keldi. Uning otasi Xо’jamyor Jiyanboyev savdo ishlari bilan shug’ullanar, о’z kasbi tufayli Avliyo ota, Prjevalsk shaharlarida kо’p bо’lar edi. Tо’laganning о’qishi va uning kelajagi uchun Xо’jamyor aka barcha sharoitlarni mujassam qilgan. Bо’lajak shoir ibtidoiy bilimni eski maktabda oldi. Yuqori tahsilni esa «Beklarbegi» madrasasida, keyinchalik rus-tuzem maktabida о’qidi. Otasining kо’magi va maslahati bilan 1900 yilda 17 yoshida Prjevalsk shahriga borib Usmonbek Solihjonboyev degan kishining qо’lida ish yurituvchi (prikazchik) bо’lib ishlay boshladi. 1909 yilda otasining bevaqt vafotidan keyin kо’p о’tmay, Tо’lagan Toshkentga qaytadi va ota kasbini qiladi.
U shahar savdo shirkatlaridan biridan ish yurituvchilik qila boshlaydi. 1910-14-yillarda savdo ishlari bilan xuddi otasi kabi Prjevalsk, Avliyo ota, Olma ota, Yorkand taraflarga tez-tez borib turgan.
Tavallo Zuhra ismli qizga uylangan. Rahbar, Sanobar, Maqsud, Mahmud ismli 4 farzandi bо’lgan.1910-yillardan shoirning she’r va maqolalari vaqtli matbuotda «Tavallo» taxallusi bilan bosila boshladi. 1914 yil 30 avgustda Munavvarqori, Avloniy, M.Podshoxо’jayev, Husanxо’ja Dadaxо’ja о’g’li (yozuvchi Said Ahmadning otasi) kabi (jami 12 kishi) jamoa bilan birgalikda Toshkentda «Nashriyot» shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yо’lga qо’yadilar. 1915 yilda Avloniy tomonidan tuzilgan «Turon» jamiyatida faoliyat kо’rsatdi. Shoirning asl tirikchilik manbai savdo bо’lgan. U ota kasbidan uzilib ketmaydi. 1917 yilga qadar savdo ishlarini davom ettiradi. Adib ijodiy sohadan boshqa hamma ish bilan shug’ullangan. Ichki ishlardan tortib, ma’muriy-xо’jalik ishlarigacha borgan.
Qaysi sohada ishlamasin, shoir ijod qilishdan chekinmadi. Chunki ijodkor bо’lib shakllanishida Toshkent adabiy muhiti, ayniqsa, «Beklarbegi» madrasasining roli katta bо’ldi. Shu madrasaning nufuzini belgilagan sayramlik shoir Yusuf Saryomiy unga ustozlik qilgan. Taxallusni ham Saryomiy unga tavsiya qilgan.Uning hayotlik chog’ida chop etilgan yagona she’riy tо’plami «Ravnaqul islom» kitobidir. Mazkur she’riy tо’plam shoir ijodini baholashdagi yagona manbadir. Tо’plam hajman uncha katta emas – 70 tacha she’r kiritilgan. Tavallo yaxshigina publitsist ham bо’lgan, ammo maqolalarining hammasi ham yetib kelmagan, yetib kelgani ham tо’plangan emas, hozircha tarqoq holda. Tavallo «Mushtum» hajviy jurnalining faollaridan bо’lgan. 20-yillarda «Mag’zava taxallusi bilan bir qancha hajviy she’rlari chop etilgan.
Shoir zamon voqealariga befarq emas edi. Kо’p she’rlari hayotda rо’y bergan real voqealar haqida. Shoir turk, tatar, ozarbayjon adabiyoti bilan yaxshi tanish bо’lgan. Tatar shoiri Abdulla Tо’qay bilan ham shoir, ham shaxs sifatida munosabatlari samimiy bо’lgan. 1913 yilda Abdulla Tо’qayning vafotidan chuqur qayg’urgan shoir matbuotda «she’rlaridan kо’p bahralar olg’onlig’i»ni, turmushi ham Tо’qayning «tarjimai holiga nihoyatda о’xshab ketganligini» yozadi. «Tatar qardoshlarimizning mashhur shoiri marhum Abdulla Afandi Tо’qayevning she’rina tazmin» nomi bilan uning «Jumla fikrim kecha kunduz Sizga oid millatim», - deb boshlanadigan she’riga nazirasini e’lon qiladi. Shoir Tavallo she’riyatida millat, uning shu kundagi ahvoli, jahon hamjamiyatidagi tutgan о’rni haqida kuylaydi. Professor B.Qosimov ta’kidlab о’tganlaridek, «Millat», «Milliyat» tushunchalariga Avloniy va Tavallolarga qadar she’riyatimizda bunchalik kо’p e’tibor berilgan emas edi.
Darhaqiqat, Tavallo Vatan mavzusiga alohida e’tibor beradi. She’rlaridan biri hatto «Suyukli Vatan haqinda» deb atalgan. She’r «Movarounnahrdur tarixda bizlarga Vatan» satri bilan boshlanadi. She’rning boshidanoq Vatanning qadr-qiymati haqida gap ketadi: «Arzig’ay bizlar sanga xizmatda bо’lsak jonu tan», -deb yozadi shoir va «Vatan»ga «jonu tan» ni qofiya qiladi. Vatan qadri haqidagi bu ta’rifiy fikr, misrama-misra, baytma-bayt taraqqiy topib boradi va g’azal maqtaida:
Kech gunohini Tavalloni, Vatan, ezgu Vatan.
Bildi asling, qildi vasfing, bu vatandandur badan misrasi bilan tugallanadi. Shoir maqta’da Vatandan gunohini kechmoqlikni sо’rayapti. She’r matla’ida har bir vatan farzandining uning oldidagi burchini belgilagan edi, sо’ngida unga munosib xizmat qila olmadim, deb о’ylaydi.
Kо’rinadiki, Tavallo hayoti va ijodiy faoliyatida millat va Vataniga xizmat hissi va shu munosabat bilan о’z-о’ziga hisob berish keng о’rinni egallaydi. Uning she’rlaridan biri «О’z vijdon-vujudima xitob» deb nomlangan. Muxammas shaklida yozilgan ushbu she’rning har bandi «Chiq ichimdan, jonim ey, san manga hamdamlashmasang» satri bilan yakunlanadi. Tavallo she’rlarida «Turon» («Kо’rasiz Turon eli, Qarsda musulmonlardur…», «Yordam etmak kuni yetdi siza Turon ahli…», «Yosh-qari qadrini bil, Turon elin mehmonidur»), «Turkiston» («Bahora dо’ndi Turkiston, ochildi g’unchalar xandon…», «Shuncha Turkiston elinda nodon ahli kо’b vale…») atamalari, tabiiyki, kо’p uchraydi. Tavallo xalq hayotini rо’y-rost kо’rsatishda she’r, shoir zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi:
Kel, Tavallo, bо’l musavvir, ol qalamni qо’lg’a san,
Chek frontlar suvratin, kо’rsun hama naqqoshlar.
Shoir ijodida hurriyat mavzusiga keng о’rin berilgan. U inson erkini hamma narsadan ustun qо’yadi. U xotin-qizlar hurriyatiga keng e’tibor berdi. Masalan «Qarindosh va hamshiralarimiz mazluma qizlar tilindan» she’rida qizlar otalariga murojaat qilishib, ularni ham о’qitishni, ularga ham insoniy munosabatda bо’lishni sо’raydilar, hatto teng nikoh haqida sо’z ochadilar. Shoirning bir qator she’rlari davr yangiliklari voqealari haqida. Chunonchi, «Oyna» jurnali, «Sadoyi Turkiston» gazetasining chiqishlari, Ismoilbek Gasprinskiyning vafoti, Birinchi jahon urushi va u bilan bog’liq voqealar Tavalloning diqqatidan chetda qolgan emas. О’zbek teatri va uning faoliyati haqida 4 ta she’r yozgan. Shulardan biri Behbudiyning «Padarkush» dramasining ilk sahnasi haqida. Tavalloning «Ravnaqul islom» tо’plamidagi she’rlari ana shunday keng qamrovli. She’rlar aruzda yozilgan bо’lsa-da, ruh va mazmunda barmoq vazniga hamohang. Shoir barmoqqa 20-yillarda hajviyalarida murojaat qildi va bu davr о’zbek hajviy she’riyatining puxta namunalarini yaratdi. Tо’lagan Xо’jamyorov Tavallo 1919 yilda Osipov qо’zg’oloniga qatnashganligi bilan ayblanib hibsga olindi va bir qator nohaq ayblar bilan otib о’ldirishga hukm qilindi. 1937 yil 10 noyabrida hukm ijro etildi. 1968 yil 18 oktabrda oqlandi. Shoir Tavalloning hayoti ana shunday ayanchli tugadi, biroq uning millatni erk va adolatga uyg’otgan jо’shqin, ehtirosli she’rlari abadiy tirik. Ular о’zbek she’riyatining maydonga kelishida muhim bir bosqich bо’lib tarixga kirdi va milliy uyg’onish davri о’zbek she’riyatini yuzaga chiqishida ma’naviy omil bо’la oldi.


Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin