2.2. Avloniyning noshirlik va teatrchilik faoliyati. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda matbaachilik ishlari ancha rivojlandi. Jumladan, 1888 yilda Toshkentda Portsov tipografiyasi, 1894 yida Samarqandda Poltoranova matbaasi, 1901 yilda Buxoroda Baranovskiy litografiyasi, 1904 yilda Andijonda Kalachev litografiyasi, 1904 yilda qo’qonda Minakov litografiyasi va boshqalar maydonga keldi. Bu davrda mahalliy xalq o’rtasidan g’ulom Hasan Orifjonov (Toshkent), Isxoqxon Junaydullaev Ibrat (To’raqo’rg’on) kabi matbaachilar yetishib chiqib, xalq orasiga ko’plab kitob tarqata boshladilar.
Bu davrda maktab–maorif sohasida ham bir qator o’zgarish ro’y berdi. O’lkada mavjud bo’lgan maktab, madrasa va korxonalar qatorida XIX asrning 80-yillaridan boshlab rus–tuzem maktablari ochila boshladi. Rus–tuzem maktablarida diniy talimdan tashqari rus tili va dunyoviy ilmlar ham o’qitilar edi. Bu manbalar uchun tuzilgan darsliklarda tabiat va jamiyat hayotiga doir malumotlar bilan birga mashhur rus klassiklari asarlaridan namunalar ham berilar edi.
Yana bu davrda mahalliy xalq vakillari tomonidan yangi usuldagi maktablar ochilib, Saidrasul Saidazizov, A.Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Rustambek Yusufbek, Hamza kabi ko’plab pedagoglar yetishib chiqa boshladi.
XIX asr Sharq esa, g’arbdan farqli o’laroq taraqqiyotning quyiroq darajasiga xos illat va zulmlarga qarshi kurashishi kerak edi. Feodal qolok Sharqni G’arbdagi mustabidlarga qaram bo’lishiga olib kelganidan milliy zulmdan qutilish uchun ozodlik kurashi asosiy hodisa hisoblanardi. Ozodlik mustaqillik, erkka feodal qoloqlik, jaholatdan qutilgandagina erishish mumkin bo’ladi. Buning uchun jamiyatdagi mavjud tuzumni tubdan isloh qilish lozim bo’lib, buni amalga oshiruvchilar qotib qolgan dakki kuchlarga, yani «qadim» (eski)larga qarshi turuvchi «jadid» (yangi)lar sifatida maydonga keldilar. Shu bois jadidlar Misrda ham Turkiyada ham Turkistonda ham siyosiy oqim sifatida paydo bo’ldi. To’g’ri, ularning shakllanganlik, taraqqiy topganlik darajasi bir xil emasdi.
Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan o’lkalar ham XIX asr oxiriga kelib milliy-ozodlik harakatlari oxir-oqibatda jadidlarni tarix sahnasiga chiqardi. Milliy istibdod zanjiriga tushgan xalq va elatlar qudratli imperiya changalidan faqat birlashib harakat qilgandagina qutilishlari mumkin edi. Buning uchun, eng avvalo, milliy ongni uyg’otish, millatning o’zligini anglab etishuviga erishishi lozim edi. Ana shunday fikrga birinchilardan bo’lib qrimlik Ismoilbiy Gaspirali kelgandi. U turkiy qavmlar, umuman musulmonlar birlashib katta kuchga aylangandagina Rossiya imperiyasi changalidan qutilishi mumkinligi, buning uchun asriy jaholatdan, feodal qoloqlikdan qutilib, dunyoviy ilmlarni, zamonaviy fan va texnikani egallab, taraqqiy topgan millatlar darajasiga ko’tarilish lozimligi g’oyasini ilgari surdi. Shu bois harakatni eng avvalo insonning dunyoqarashini, saviyasini shakllantiradigan talim – tarbiya tizimini isloh etishdan boshlash kerak, degan qatiy qarorga kelgandi. Natijada, musulmon olamida yangi bo’lgan «usuli savtiya tadrijiya»ni joriy etishga kirishdi va kutilgan natijalarga erishdi. Bu usulni u Kavkazdagina emas, Turkistonda, Volga bo’yida ham joriy etishga tashviq qildi. Mazkur o’lkalarda ham uning tarafdorlari, izdoshlari yuzaga keldi. Turkistonda Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, A.Avloniy va boshqalar ularning hammaslaklari edi. Marksistik talimotdan farqli o’laroq, jadidchilik sinfiy mansublikka emas, dunyoqarashdagi mushtaraklikka, maslakdagi umumiylikka qarab shakllandi. Shu bois ijtimoiy kelib chiqishlari jihatidan ular turli tabaqa va toifalarga mansub edilar.
U 1907 yildan boshlab, o’zida matbuot ishlariga rag’bat sezib, «Shuhrat» gazetasini chiqardi. Avloniy 1909 yili «Jamiyati xayriya» ochib, unga raislik qildi, 1913 yili esa «teatr ishlariga berilib», «Turon» teatr to’dasini tuzdi. Avloniy bu to’da tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar bilan 1914-1916 yillari Farg’ona vodiysida ijodiy safarda bo’ldi. Ayni vaqtda u «Nashriyot» shirkatini tashkil etib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do’konini ochdi.
1917 yil fevral inqilobidan so’ng Avloniyning ijtimoiy faoliyati yanada qizg’in tus oldi, o’qituvchilar uyushmasini tuzib, «Turon» gazetasini chiqara boshladi. Avloniy «Ishtirokiyun» gazetasining tashkilotchilaridan va ilk muharrirlaridan biri bo’ldi, 1918 yilda eski shahar ijroiya qo’mitasining raisi, 1919 –1920 yillarda Afg’onistondagi sovet elchixonasida bosh konsul, 1920-1924 yillarda Turkbyuro va Markaziy qo’mitaning yo’llanmasi bilan turli mas’ul lavozimlarda xizmat qildi; 1924 – 1929 yillarda Lenin nomidagi harbiy maktabda, 1925–1934 yillarda esa O’rta Osiyo kommunistik universiteti va boshqa oliy o’quv yurtlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullandi. Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustda Toshkentda vafot etgan.
Avloniyning ijodiy ilmiy faoliyati murakkab va ziddiyatlidir. O’zbek jadidchilik harakatining vakili sifatida adabiyotga kirib kelgan yozuvchi keyinchalik ijodiy hammaslaklari safini tark etib, o’z hayotini kommunistik partiya va sovet davlatiga xizmat qilishga sarfladi. Shunga qaramay, uning ijodiy va mariftparvarlik faoliyati katta ahamiyatga molikdir.
Abdulla Avloniyning adabiy-ijtimoiy faoliyatida maktab va maorif ishlari g’oyat katta o’rinni egalladi. O’zining pedagogika sohasida izlanishlarini 1904 yili Mirobodda «usuli savtiya» maktabini ochishdan boshlagan Avloniy 1912 – 1917 yillar mobaynida shu tipdagi maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yohud axloq», «Maktab gulistoni» singari darsliklarni bir necha marotaba qayta nashr etdi. «Birinchi muallim» «avvalgi sinf shogirdlari»ga mo’ljallangan darslik bo’lib, muallif birinchi qismda o’qituvchini alifbo tartibidagi arab harflari va ularning yozilishi bilan tanishtirsa, ikkinchi asosiy qismda o’qituvchini yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga o’rgatuvchi didaktik hikoyalar berilgan.
«Ikkinchi muallim» - yuqoridagi darslikning davomi «Alifbodan so’ng o’qitmoq uchun» yozilgan bu darslik axloqiy hikoyalar va ibratli sherlardan tashkil topgan. «Maktab gulistoni» va «Turkiy Guliston yohud axloq» asarlari «usuli savtiya» maktablarining yuqori sinflari uchun mo’ljallangan bo’lib, ifodali va izohli o’qishda darslik – majmua vazifasini o’tagan.
«Maktab guliston»ida o’quvchiga taqdim etilgan matnlar ifodali o’qishning turli shakllariga moslab berilgan.
«Turkiy guliston» axloq muammolari, mezonlari va turlari muayyan tasnif asosida o’zbek tilida ilk bor bayon qilingan risola bo’lib, unda muallifning marifatparvarlik qarashlari izchil bir tizim shaklini olgan.
Avloniy o’zbek jadid adabiyotidagi marifatparvarlik g’oyalarini shoir va dramaturg sifatidagina emas, balki pedagog sifatida ham keng xalq ommasiga olib kiradi. Shu manoda u jadid birodarlarining xalqni marifatlashtirish dasturiga amaliy ishlar bilan ham munosib hissa qo’shdi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, Avloniy 1913 yildayoq birinchi o’zbek teart to’dasi «Turkiston» («Turon»)ga soldi. O’zi «Turkiston» to’dasi uchun «Advakatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki sevgi», «Biz va siz», «Portugaliya inqilobi» singari pesalar yozdi. Ozarbayjon va tatar dramaturglarining «qotili karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oila», «Badbaxt kelin», «Hur-hur», «Jaholat», «O’liklar» singari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. «Advokatlik osonmi?» asarida Avloniy faqat oliy malumotli huquqshunoslargina emas, balki 10-yillardagi Turkistonda umuman epaqali qonunlarning, huquqiy munosabatlarining yo’qligi, xalqning huquq masalalarida savodi kamligidan kulgan.
Bir pardali «Pinak» (1915) nomli kulgi ham Turkiston xalqlari turmushidan olingan. Avloniy ko’knori va qimorbozlar ustidan engil kulgu uyg’otish niyatida Tursun va Fo’lod ismli yoshi oltmishni qoralagan ikki kishining kayfdagi holatlarini tasvirlaydi.
Avloniy dramaturg sifatida o’z davri uchun muayyan ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifidir. Uning sahna, shuningdek, sheriy asarlarini badiiy barkamol deb bo’lmaydi. Jadid adabiyotining vazifasi jamiyatning o’sha yillaridan holati, kishilarning o’sha yillardagi ruhiyatini va xatti-harakatlarida ijobiy o’zgarish yasash, xalq va jamiyatni madaniy taraqqiyot bosqichiga olib chiqish edi. Avloniyning sahna asarlari ham ana shu qutlug’ ishga xizmat qilgan.
Xalqni ma’rifatli qilish orzusida sa’y-harakatlar qilgan ziyolilar safida, shubhasiz, Abdulla Avloniyning ham alohida o‘rni bor. U yangi usuldagi maktablar uchun darslik yozgan muallif sifatida ham bir talay xayrli ishlarni amalga oshirdi. Uning ilk darsligi «Birinchi muallim» dunyoga keldi. A.Avloniy darsligida bola harflar, ularning yozilish qoidalari bilan tanishtirilgach, sodda va ixcham qilib tuzilgan matnlarga o‘tiladi. Darslikdan o‘rin olgan matnlar har jihatdan bolalarbop qilib tuzilgan.
1912 yilda A.Avloniyning «Ikkinchi muallim» deb nomlangan darsligi bosildi. Bu kitob «Birinchi muallim»ning mantiqiy davomi bo‘lib, undagi matnlar o‘zining badiiyligi, hayotiyligi, tilining puxta, ravonligi, sodda va samaradorligi bilan ajralib turadi. Unda ham ta’lim va tarbiya masalalari yetakchilik qiladi. Muallif xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ustalik bilan foydalanadi. Bu kitob ham xuddi birinchi kitob kabi yangi usuldagi maktab madhiga bag‘ishlangan she’r bilan ochiladi. U o‘quvchilarga qarata:
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g‘amni vayron qilur,
G‘ayrat qilub o‘qing, o‘g‘lon.
Deb murojat qiladi. Abdulla Avloniyning «Maktab gulistoni» (1913) kitobi avvalgi darsliklarning mantiqiy davomi bo‘lib, asosan, yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallab yozilgan. Kitobdan o‘rin olgan asarlarning ko‘pchiligini I. Krilovning tarjima qilingan asarlari tashkil qiladi.
A.Avloniyning darslik sifatida yaratilgan asarlari ichida, shubhasiz, «Turkiy Guliston yohud axloq» (1913) kitobi alohida qimmatga ega. Bu kitob ham «Maktab gulistoni» kabi asosan yuqori bosqich o‘quvchilariga mo‘ljallab yozilgan bo‘lib, odobnoma ruhidagi asardir. Bu kitob Sa’diyning «Guliston»i ta’sirida yaratilgan.
Avloniy serqirra ijodkor edi. Bu betakror ma’rifatparvar muallim, bir qator darsliklarning muallifigina emas, balki yetuk noshir, ajoyib tashkilotchi, davrning muhim qirralarini ilg‘ab, unga o‘z munosabatini bildira oladigan maqolanavis ham ediki, bu haqda shoir o‘z tarjimai holida shunday deydi: “1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalari chiqib, eski hukumat tomonidan to‘xtatilganidan so‘ng 1907 yilda men o‘z muharrirligim bilan hamda temir yo‘l ishchilarining sotsial-demokrat firqasining aloqa va yordami bilan «Shuhrat» ismidagi gazetni sapyorniy ko‘chada chiqardim. 1915 yilda Toshkentda chiqqan «Sadoi Turkiston» gazetasiga muharrirlik qildim hamda shu yilda ustav-qonun tuzib, «jamiyati hayriya» ochdik”.
Abdulla Avloniy o‘zbek milliy truppasining vujudga keltirgan va uni sahna asarlari bilan ta’minlagan ijodkor sifatida ham bir talay ishlarni amalga oshirdi. U 1913 yilda o‘zbek teatri truppasi – «Turkiston»ni tuzdi. U bu davrda ozor va tatar maslakdoshlari bilan ijodiy hamkorlik qildi. Tatar rejissyori Zakki Boyozidskiy bilan hamkorlikda bir qator ishlarni amalga oshirdi. U bu truppaning aktyori, rejissyori, muallifi ham edi. Truppa 1914-1915 yillarda tashviqot ishlarini olib borishida faol ishtirok etdi.
Professor B.Qosimov fikrlariga tayanib shuni aytish mumkinki, «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki sevgi», «Biz va siz», «Portugaliya inqilobi» kabi dramalarini yozgan va o‘zi sahnalashtirgan bo‘lsa-da, ulardan ayrimlarining qo‘lyozmalari yoki nashr qilingan nusxalari saqlanib qolmagan.
Avloniy she’riyatida ham millat taqdiri, Vatan qismati alohida o‘rin tutadi. U «g‘unchasi maorif uchun zor o‘lan Vatan» obrazini chizar ekan, uning ertangi kuni haqida umidbaxsh satrlarni keltirish bilangina chegaralanmaydi, balki Vatan mustaqilligi uchun xalqni uyg‘otishga undaydi:
Yetarsan tobakay g‘aflat quchog‘inda, uyon millat,
Jaholat jomasin ustingdan irg‘it tur zamon millat
A.Avloniy she’rlarida, yuqorida ta’kidlaganimizdek, millat va Vatan mavzulari doimo yonma-yon keladi. U millat istiqbolida Vatan erkini, Vatan istiqbolida milliy tuyg‘ular tantanasini ko‘radi. Jumladan, u «Vatan» she’rini shunday satrlar bilan boshlaydi.
Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas aqli pastdur.
Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.
A.Avloniyning 20-yillarda yaratgan bir qator asarlarida ma’rifatni ulug‘lovchi fikrlar ustuvor turganligining guvohi bo‘lamiz. U yaratgan asarlar, shubhasiz, yangi davr adabiyotining go‘zal namunalari sifatida yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lg‘usidir.
Xulosa Abdulla Avloniy o`zbek xalqning san`ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta`limi ishlarini yo`lga qo`yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste`dodli pedagogdir.
Abdulla Avloniy o`zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo`lib, o`zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to`siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg`onishiga yordam ko`rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo`lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pyesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma`rifati yo`lidagi zo`r jasorati edi. Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida shunday yozadi:
«Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki muhabbat», «Portug`oliya inqilobi» kabi dramalar yozdi, «+otili Karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Jaholat», «O`liklar» kabi sahna asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi». Ammo bu asarlar nashr qilinmadi.
1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, «Turon» truppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini qo`yadi. Avloniy bu spektaklda +aysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a`zolari bilan Avloniy 1914—1916 yillari Farg`ona vodiysida gastrollarda bo`ladi.
Abdulla Avloniy 1917 yil to`ntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg`or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag`larga dunyoviy ilmlarni o`qitadigan «Usuli jadid», ya`ni yangicha ilg`or usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o`qitdilar. Ular o`z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo`lda fidoyilik ko`rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o`quv asbob-jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag`al kishilarning bolalari bo`lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta`minlash maqsadida, do`stlarining ko`magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do`konini ochdi. Avloniyning maktabi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga ko`ra mashg`ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o`z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o`z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma`lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o`quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo`l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug`i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o`qish-yozishni o`rgatarmish, jo`g`rofiya, hisob, tabiatni o`rganish degan darslar o`qitilarmish», — degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko`rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to`rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong`u bo`lib, masjid yo`lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug`lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg`ir ham tushib turardi. Lekin xonada o`quvchilar va domlaning shogirdlari ko`p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho`qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O`qishga qabul qilindik. Ko`p o`tmay ko`z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to`la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo`lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o`qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo`shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to`ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to`rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o`qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug`lab, o`z xalqini ilmli, madaniyatli bo`lishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o`ziga xos o`ringa ega; «Birinchi muallim» 1917 yil to`ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan.