- iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.
Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi.
Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham,
ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga
xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy
hayotining muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan,
hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»
3
.
Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida
mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat
uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni
o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir.
Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda
rivojlanib kelgan»
4
.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: