O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Teologiya
olam va odam munosabati, umrning 
mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda 
o’ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning 
hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni 
tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. 
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari.
Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil 
yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. 
Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi 
bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy 
jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari 
mavjudligini ko’ramiz. 
Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan 
munosabatlarni umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator 
dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam va odam», 
«Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. 
Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, 
balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon 
bo’ladi: 
- turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; 
- muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; 
- milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. 
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor: 
- ilmiylik
- tarixiylik; 
- mantiqiylik; 
- universallik; 
- maqsadlilik; 
- g’oyaviylik; 
- nazariya va amaliyotning birligi. 
3
Ислом
Каримов

Буюк
келажак
сари
. - 
Т
.: «
Ўзбекистон
», 1998, 441-
бет

4
Ислом
Каримов

Буюк
келажак
сари
. - 
Т
.: «
Ўзбекистон
», 1998, 442-
бет



1. 
Falsafiy dunyoqarash ilmiydir
, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik 
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi 
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi. 
2. 
Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili 
jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va 
uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 
3. 
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili 
har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy 
birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, 
ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi. 
4. 
Falsafiy dunyoqarashning universalligi 
boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni 
har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 
5. 
Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq 
bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan 
maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi. 
6. 
Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, 
uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. 
Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini 
belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va 
uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi. 
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri 
nazariya va amaliyot birligidir
. Dunyoqarashning nazariya 
sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan 
izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin