Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil
— ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo’lib, bu dunyoni unutib
qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo’li esa mehnatda bo’lmog’i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari
singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi.
Tariqat esa, o’zidan kechish, fano bo’lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog’lanish. Demak,
shariat — qonun, tariqat — yo’l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo’l esa ko’ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan
bahramand qiladi.
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o’rin tutgan. Ular ma’naviy
taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo’lib, o’z ta’sirini haligacha yo’qotmagan.
Vatanimiz tsivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo’lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag’rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg’onish davrining yorqin timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o’rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. O’sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi. Diniy bag’rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin
Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy
falsafaning muhim muammolaridan biri bo’lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini
chetlab o’tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin
Marg’inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to’plagan, ulardan
ishonchli deb topganlirini maxsus to’plam holiga keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.