3.Ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlar nima deyiladi?
Atamalar
Omonimlar
Antonimlar
Paronimlar
4.O‘g‘rilar, bezorilar qimorbozlar o‘rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?
argo so‘zlar
jargon so‘zlar
olinma so‘zlar
yangi paydo bo‘lgan so‘zlar
5.Qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar, otarchilar, talabalar, o‘quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?
tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida m’lumot beradi
ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beradi
7.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Davlat tili haqidagi nechanchi modda?
2 –modda
3 – modda
4 – modda
5 – modda
8. davlat tili haqidagi nechanchi moddada O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
10.Har bir amiriki arkoni islomdan zarracha yuz o‘girsa, u kimarsa jamoaviy islom ustiga samir emas, sharirdir. Abdulla Qodiriy asaridan olingan ushbu parchada qo‘llangan "sharir” so‘zining lug‘aviy ma’nosini belgilang.
yomon, yaramas
nikohiga olish.
Hukmlar
Darvoza
ADABIYOTLAR
Abdumajidov L. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuniga sharhlar. – Toshkent : Adolat, 1999.
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2000.
Is’hoqov M. Unitilgan podsholikdan xatlar– Toshkent: FAN, 1992.
MAVZU: TERMIN VA LUG‘AT TUSHUNCHASI Reja: Lug‘atshunoslik
Lug‘at turlari haqida ma’lumot.
Termin va atama
Darsning maqsadi: Talabalarga lug‘atshunoslik, lug‘at turlari termin (atama) haqida ma’lumot berish.
Tayanch so‘z va iboralar: Leksikologiya, lug‘at,qomusiy lug‘atlar,lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar,bir tilli lug‘atlar, orfoepik lug‘at, izohli lug‘atlar , chastotali lug‘atlar
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, doska, internet ma’lumotlari.
Leksikologiya so‘zi leksis –so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi. Uning lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deb ataladi.
Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.
Lug‘at va ularning turlari
Tildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan XX asrda yaratilgan «Devonu-lug‘atit-turk», XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan «Abushqa» lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi.
a) O‘zbek milliy ensiklopediyasi; b) Salomatlik ensiklopediyasi; v) U kim, bu nima ensiklopediyasi. kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.
2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.
Bir tilli lug‘atlarga:
a) imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi) b) chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi) v) orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi) g) morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi) d) o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi)
frazeologik lug‘at (ibora lug‘ati) yo) terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi) j) izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi ) z) chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida m’lumot beradi) i) paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi). 1981-yilda yaratilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» 2 jilddan iboratdir. Bu lug‘atda so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi. 2006-2008 yillarda 5 jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tuzildi, unda 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi berilgan.
Bunday lug‘atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo‘yicha ham yaratilishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug‘atda 60000 dan ortiq so‘z berilgan.
Ko‘p tilli lug‘atlarga esa tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan, Q.Berdiyev, Q.Meliyev «Tibbiy atamalar» ruscha-o‘zbekcha lug‘ati kiradi. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar (shu jumladan, sheva so‘zlari ham) yig‘ilsa 100-120 ming so‘zdan oshib ketadi.
So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi.