TERMIN VA TERMINOLOGIYA TERMIN[lot. (terminus – chek, chegara] Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama. Botanika terminlari. Zargarlik terminlari. Paxtachilik terminlari. Yo‘ldosh.. Elmurodga notanish terminlarni tushuntira ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Terminlar ilmiy kommunikasiyadan jonli so‘zlashuvga o‘tganda, xalq uchun tushunarli so‘zlarga aylana boradi. TERMINOLOGIKTerminologiyaga, terminlarga oid. Terminologik lug‘at. So‘zning terminologik ma’nosi. Determinlashish – terminologik sistemadagi so‘zning adabiy tilga to‘la o‘zlashishidir. TERMINOLOGIYa [lot. terminus - chegara Q yun. logos – fan, ta’limot] 1. Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasida qo‘llanadigan terminlar majmui. Texnika terminologiyasi. Harbiy terminologiya. Ilmiy terminologiya. O‘zbek tili terminologiyasi, Qori aka fanlar ichida avvalo matematikani sevib o‘rganadi va uning o‘zbekcha terminologiyasini ishlab chiqadi. M. O‘rozboyev, Mo‘jizalar olami.
2.Tilshunoslikning terminlarni o‘rganish, tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi sohasi. Terminologiya mutaxassisi. Terminologiya bo‘limi. Seminar rus va o‘zbek tillarining fonetikasini qiyosiy o‘rganish, orfoepiya, terminologiya va leksikologiya masalalariga alohida e’tibor beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2008 yil. 4-tom.73-74-betlar. ATAMA 1 ayn. termin.2 Umuman, nom. Pekin shamanni har bir xalq o‘z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelgan. «Fan va turmush». Respublikamizning o‘zida 400 dan ortiq turli-tuman qovun atamalari mavjud ekan. «Fan va turmush».
ATAMASHUNOS.-Atamalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
ATAMASHUNOSLIK-Atamalarga oid ilm; atamalarga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchi soha. Shu munosabat bilan mamlakatda Atamashunoslik qo‘mitasi tuzildi. Gazetadan. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2006 y. 4-tom.113-b.