O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə10/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Sanoat ekologiyasi

Ekologik muvozanat — inson, o’simlik va hayvonlar uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitlar muvozanati. Ma’lumki, tabiat komponentlari birbirlari bilan uzviy bog’langan, doim o’zaro aloqada va ta’sirdadir. Ular komponentlar o’rtasida muttasil ravishda ro’y berib turadigan modda va energiya almashinuvi oqibatida hosil bo’ladi va tabiatning bir butunligini ta’minlaydi. Tabiat komponentlari o’rtasidagi bunday o’zaro ta’sir va aloqalar uzoq geologik davrlar mobaynida rivojlanib, turli joylarda turli ekosistemalarni shakllanishiga olib kelgan. Ekosistemalarda modda va energiyaning kirib kelishi bilan chiqib ketishi o’rtasida dinamik tenglik (balans) yuzaga kelgan. Bunday tenglik yoki muvozanat ekosistemani sifat jihatdan ma’lum bir holatda uzoq muddat mavjud bo’lib turishini ta’minlaydi.
Ekologik muvozanat 2 xil bo’lishi mumkin: komponentlararo Ekologik muvozanat — ekosistema komponentlari o’rtasidagi tenglikka asoslanadi; hududiy Ekologik muvozanat — biror hududda intensiv va ekstensiv tarzda foydalaniladigan joylarning ayrim nisbatlari asosida yuzaga kelib, shu hududning Ekologik muvozanatning buzilmasligini ta’minlaydi.
Biogenez (bio va genez) — organik birikmalarning tirik organizmlar hosil qilishi. Keng ma’noda — B. barcha tirik mavjudotlarning faqat tirik materiyadan paydo bo’lishini ta’kidlaydigan g’oyaning emperik umumlashmasidan iboratdir. Bu terminni fanga dastlab 19-asr o’rtasida G. Geksli kiritgan. B.ni Gelmgols, Arrenius va boshqa ilgari surgan. B. tarafdorlari yerdagi dastlabki tirik mavjudotlar "yorug’lik bosimi" yoki fazo jismlari (meteoritlar) bilan birga boshqa sayyoralardan kelib qolgan hayot murtaklaridan rivojlangan deb isbotlashga urinishadi. B. hayotni abadiy deb hisoblaydi, Yerdagi hayot moddalarning rivojlanishi natijasida paydo bo’lganligi to’g’risidagi nazariyani rad etadi. Hozirgi zamon fani B.ning noto’gri ekanligini isbot qilib berdi, chunki dastlabki tirik mavjudotlarning abadiyligi haqidagi tushunchalar tirik tabiatning rivojlanishi to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlarga ziddir 
Tabiiy muhitni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va flora-ni o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon tur-larining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yer-ning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenoz-lar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojla-nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin