5 mg/m3 — 100% x — 30% mg/m3 Ushbu hisob kitoblordan xulosa shuki, havoni SO gazidan tozalangandan keyin, tozalangan havo tarkibida SO ning konsentrasiyasi 1,5 mg/m3 ni tashkil etgan bo’lsa, demak havo tozalangae va u inson hayoti, o’simliklar va hayvonot dunyosi uchun zararsiz hisoblanadi.
Har bir tozalash qurilmasining texnik imkoniyatlari va iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi. Ushbu ko’rsatkich tozalash qurilmasida havodagi changni qancha miqdorda ushlab qolinmaganligini ko’rsatadi. Masalan, tozalash qurilmasiga m1kg changli havo kirib, unda m2 kg chang ushlab qolindi. Bunda qurilmaning ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan %larda hisoblanadi:
(1)
Agar havo tarkibidagi changning konsentrasiyasi ma’lum bo’lsa, unda tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi.
(2)
bu erda Ck – qurilmaga kirayotgan havo tarkibidagi changning konsentrasiyasi, mg/m3 C0 – tozalangan havo tarkibidagi changning konseitrasiyasi, mg/m3 SHuni alohida ta’kidlash joizki, muhandislik amaliyotida changli havo tarkibidagi kichik zarrachalarni bitta tozalash kurilmasida butunlay ajratib bo’lmaydi. SHuning uchun tozalash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, ya’ni avval katta zarrachalar chang cho’ktirish kamerelarida, so’ngra kichik zarrachalar elektr filtrlarda cho’ktiriladi.
Har bir qo’llanilgan tozalash qurilmaning ishlash samaradorligi havoni tozalash darajasi (n) bilan aniqlanadi:
(3)
bu erda, – tozalanmagan havo tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdori, kg;
– tozalangan havo tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdori, kg;
V1 – tozalanmagan havoning hajmi, m3;
V2 – tozalangan havoning hajmi, m3;
C1 – changli havo tarkibidagi qattiq zarrachalarning konsentrasiyasi, kg/m3;
C2 – tozalangan havo tarkibidagi qattiq zarrachalarning konsentrasiyasi, kg/m3;
Agar changli havo bosqichma-bosqich ikkita tozalash kurilmasi yordamada tozalansa, unda tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi (ηum) quyidagi formula bilan % larda hisoblanadi: