O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə97/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
Sanoat ekologiyasi

Biotik omillar- Biotik omillar deyilganda, barcha tirik organizmlarning yashashi jarayonida o`zaro bir-biriga nisbatan ma`lum munosabatda bo`lishi yoki ta`sir ko`rsatishi tushuniladi. Organizmlar o`z hayoti davomida normal yashash, hayot kechirish, urchish, rivojlanish, tarqalishi uchun tashqi muhit bilan ham ma`lum munosabatda bo`ladi. Natijada organizm o`sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi va hayotning so`nggi bosqichida halok bo`ladi.
Biotik omillar tirik organizmga va uni o`rab turgan boshqa tirik jonzotlarga har xil ta`sir qiladi. Bu ta`sir turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlar bir-birlari uchun ozuqa manbai bo`lishi mumkin (o`simliklar, ayrim hayvonlar uchun ozuqa manbaidir yoki aksincha hasharotlar hasharotxo`r o`simliklar uchun), bir tirik organizm tanasi, boshqa organizm uchun yashash muhiti bo`lishi mumkin (xo`jayin-parazit), bir organizm ikkinchi organizmning ko`payishiga yoki tarqalishiga sabab bo`lishi mumkin.
Antropogen omillar -Antropogen omillar deb, inson faoliyatining tabiatga yoki mazkur turga ta`siriga aytiladi. Olamdagi «ikkilamchi » (inson yaratgan) tabiat, antropogen omillarning natijasidir, SHaharlar, yirik suv omborlari, zavod va fabrikalar, AES va GRES lar va hokazolar-inson faoliyati tufayli yuzaga keladi. Ularni «ikkilamchi» yoki insoniylashtirilgan tabiat deyiladi.
Orol dengizining qurib borishi, CHernobil AES dagi fojia-antropogen omillarning yorqin natijasidir.
Suv tarkibidagi tuz miqdorining oshib borishi, tuproq tarkibining kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi va shunga o`xshagan hodisalar inson faoliyati tufayli yuzaga kelmoqda, ya`ni antropogen omillarning suv va tuproqqa ko`rsatayotgan salbiy ta`sirining natijasidir.
Biosfera -Biosfera yunon tilidan olingan bulib, «bios»-«xayot», «sfera»-«shar» degan ma`nolarni anglatadi.
Tabiatshunos olim J.B.Lamark (1744-1829) birinchi marotaba «biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asl ma`nosi xayot tarkalgan joyi va Er yuzasida bulayotgan jarayonlarga tirik organizmlarning ta`siridan iborat ekanligini kursatib utgan edi. Avstraliyalik geolog Z.Zyuss 1875 yili «biosfera» atamasini ikkinchi marotaba fanga kiritadi va Erda tiriklikning maxsus kobigi deb izoxlagan edi.
1926 yili akad. V.I.Vernadskiy «Biosfera» kitobini chop etib, unda biosfera-bu planetaning xayot rivojlanayotgan kismi va bu kism doim tirik organizmlar ta`siridadir deb, biosfera ta`limotini yaratadi.
Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning 3,5 km gacha bulgan katlamini, ya`ni xayot mavjud bulgan katlamini uz ichiga oladi. Boshkacha kilib aytganda, biosfera atmosferaning pastki kismi (troposfera) ni, er yuzining okean, dengiz, kul va daryo suvlari bilan koplangan kismi (gidrosfera) ni, xamda er kobigining ustki kismi (litosfera)ni uz ichiga oladi.
Biosfera-xayot yashash kismi, erning xayotga makon bulgan, tirik organizmlar tarkalgan joyidir. Gidrosfera va litosfera esa, murakkab biogeokimyoviy tsikllar bilan uzaro boglangandir. Biosferada moddalar almashinuvi natijasida energiyani kabul kilish, tuplash va tarkalish kabi jarayonlar kechib turadi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin