Kurs ishining maqsadi Kurs ishini bajarishdan maqsad- o’quv rеjasida ko’zda tutilgan muayyan fan bo’yicha ma'ruza, tajriba va amaliy mashg’ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini maktabgacha pеdagogika masalasini mustaqil yеchishda qo’llashdir.
Kurs ishilari tizimi orqali talaba murakkabroq masalani malakaviy bitiruv ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs ishi talabada davlat standartlari, soha muammolari, yo’riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantiradi. Shuningdеk, kurs ishi talabalarda tadqiqotchilik ishlarini bajarish, maktabgacha ta'limga oid masalalarni amaliy tahlil qila olish, kurs ishini rasmiylashtirish ko’nikmalarini hosil qilishi lozim.
Kurs ishining asosiy vazifalari: Talabalarning ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko’nikmalarni amaliy ishlarni bajarishda qo'llay olishini namoyish etish;
-talabalarda mе'yoriy, ma'lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish;
-mustaqil fikrlash va eng maqbul tеxnik yеchimlarni qabul qilishga o’rgatish;
-axborot tеxnologiyalar vositasida o’z ishini taqdimot (himoya)ni o’tkazish, unda kurs ishiini bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o’zini dadil tuta olish, turli tеxnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobilyatini ko’rsatish;
-o’quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko’nikmalarini namoyish
etish, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kеlish, muloqotga qo’shilish, ishi bo’yicha savollarga asoslangan javob bеrish, etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
-talabalarda guruh bilan ishlash ko’nikmalarini faollashtirish, oldinga qo’yilgan maqsadni bajarish bo’yicha tashabbus ko’rsatish qobiliyatini kеngaytirish, umumiy masalalarni yеchishda hamkorlar bilan ishlash ko’nikmalarini mustahkamlash;
-mustaqil ijodiy ishlash, ma'lumotlarni izlash, yig’ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyutеr va axborot tеxnologiyalardan foydalana olish, ishlash jarayonini to’la nixoyasiga yеtkazish mas'uliyatni xis etishga o’rgatish.
Kurs ishida quyidagi masalalar yеchimi ko’rsatilishi lozim:
-bajarilayotgan ishining maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish;
-ishi ob'еkti va uslubini aniqlash;
-tadqiqot ko’rsatkichlarini asoslash;
-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tеgishli xulosa tayyorlash.