164
16-jadval
Har xil suruvdagi qo‗ylarning jun mahsuldorligi
Suruvlar
Qo‗ylarning bosh
soni
Suruv bo‗yicha 1 bosh qo‗ydan
o‗rtacha jun qirqimi (kg)
Yuvilmagan
Sof tolada
Birinchi
793
3,6
1,7
Ikkinchi
1099
4,6
2,0
Uchinchi
1016
4,8
2,3
TOVUQLARNI TUXUM MAHSULDORLIGIGA KO‗RA BAHOLASH.
Darsning maqsadi:
Tovuqlarning tuxum mahsuldorligini
hisoblash usullari
va uni baholash tartibi bilan tanishish.
Kerakli jihoz va materiallar:
Tuxum yo‗nalishidagi
tovuqlar bonitirovkasi
to‗g‗risida uslubiy ko‗rsatma, kalkulyator, ruchka, qalam.
Nazariy tushuncha:
Tovuqlarning tuxum mahsuldorligi
har oydagi olingan
tuxumlar yig‗indisi bo‗yicha aniqlanadi. Bir oylik
yoki yillik tuxumdorlikni
hisoblash uchun, bir oyda yoki yil davomida olingan
jami tuxumlar sonini shu
davrdagi o‗rtacha tovuqlar soniga bo‗linadi.
Tovuqlarning har oydagi o‗rtacha bosh sonini aniqlash uchun, shu oyning har
bir kunida mavjud tovuqlar sonini oydagi kunlar miqdoriga bo‗linadi, keyin esa har
oylik ma'lumotlarni qo‘shib, tovuqlarning yillik bosh sonini aniqlash mumkin.
Tovuqlarning o‗rtacha tuxum mahsuldorligi, yil davomida jami yig‗ib olingan
tuxumlar miqdorini tuxumlaydigan tovuqlarning yillik o‗rtacha bosh soniga bo‗lish
yo‗li bilan ham aniqlash mumkin. Ayrim
hollarda tovuqlarning tuxum
mahsuldorligi yil (oy) boshidagi tovuqlar soni bo‗yicha ham hisoblanadi. Buning
uchun yil davomida jami yig‗ib olingan tuxumlar miqdorini yil (oy)
boshidagi
tuxumlaydigan tovuqlar soniga bo‗linadi.