O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 
 
 
 
 


176 
HAYVONLARNI TANLASH VA SARALASH 
Darsning maqsadi
: Tanlash samaradorligini aniqlash va saralash rejasini 
tuzish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish. 
Kerakli jihoz va materiallar:
jadval, darslik, kalkulyator, konspekt daftari, 
qalam, chizgich. 
Nazariy tushuncha
: Chorvachilikda yangi zot yaratish va mavjud zotlarni 
takomillashtirish, hayvonlar mahsuldorligini yaxshilash maqsadida 
tanlash
 
ishlari 
olib boriladi. Mollarni tanlashda 
fenotipi
 
(rivojlanishi, ekster‘eri, konstitutsiyasi, 
mahsuldorligi) va 
genotpi
 
(irsiy belgilari va ularni o‘z nasliga o‘tkaza olish 
xususiyati) ga e‘tibor beriladi. 
Hayvonlar seleksiyasida quyidagi tanlash turlari qo‘llaniladi: 
Bir tomonlama tanlash
bunda
 
mollar ma‘lum bir seleksiya belgisi va 
ko‘rsatkichi bo‘yicha tanlab olinadi. 
Kelib chiqishiga ko‟ra tanlashda 
hali bolalari tug‘ilmasdan oldin, maxsus 
jurnallardagi ma‘lumotlarga, ota-onasining irsiy belgilariga qarab tanlanadi. 
Vazni va jadal o‟sishiga ko‟ra tanlashda 
har xil hayvonlar turli yoshida 
baholanadi. Masalan, qulunlar (toylar) 6—8 oyligida, buzoqlar 5—6 oyligida, 
qo‘zilar 4-5 oyligida, cho‘chqa bolalari esa 2 oyligida baholanadi. 
Naslining sifatiga ko‟ra tanlash 
asosan bolalarining hayotchanligi, tirik vazni,
bosh soni va boshqa barcha belgilari hisobga olingan holda baholanadi va 
tanlanadi. 
Tanlashning asosiy shakllari:
Chorvachilikda yalpi va individual (yakka-
yakka) tanlash qo‘llaniladi. Yalpi tanlashda asosan mollarning faqat fenotipi 
hisobga olinadi. Individual tanlashda esa, ularning fenotipi va genotipiga e‘tibor 
beriladi. 
Saralash
(juftlashtirish). Chorvachilikda naslchilik ishlarining muhim 
tadbirlardan biri, erkak va urg‘ochi hayvonlarni juftlashtirish hisoblanadi. Shu yo‘l 
bilan ularning foydali belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarida mustahkamlash 
mumkin. Agar juftlashtirish ishlari noto‘g‘ri olib borilsa, nasliga o‘tgan 
xususiyatlar sifati pasayib ketishi mumkin. Erkak va urg‘ochi hayvonlarni 


177 
juftlashtirishda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 1) eng sifatli urg‘ochilari eng sifatli 
erkaklari bilan juftlashtiriladi; 2) juftlashtirishda erkak hayvon urg‘ochisiga 
qaraganda yuqori klassli bo‘lishi kerak; 3) yaqin qarindosh hayvonlarni (I avlod 
erkak va urg‘ochilarini o‘zaro yoki bolalarini ota-onalari bilan) juftlashtirish 
yaramaydi. Aks holda zaif va sifatsiz nasl vujudga keladi. Lekin naslchilik 
xo‘jaliklarida, ayrim holatda, yuqori malakali mutaxassislar nazorati ostida, bu 
ishni ma‘lum maqsadda (zotning sifatini yaxshilash, zot yaratish uchun) amalga 
oshirish mumkin; 4) bir xil nuqsonlari bo‘lgan erkak va urg‘ochi hayvonlarni 
o‘zaro juftlashtirish yaramaydi, chunki bu nuqsonlar keyingi avlodlarida yanada 
jiddiylashib ketadi. 
Tanlash samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida mahsuldorlik ko‘rsatkichlari 
past bo‘lgan hayvonlarni poda safidan chiqarib tashlash jadalligi (% hisobida) yoki 
seleksiya differensiali kattaligi qabul qilingan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin