176
HAYVONLARNI TANLASH VA SARALASH
Darsning maqsadi
: Tanlash samaradorligini aniqlash va saralash rejasini
tuzish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
jadval, darslik, kalkulyator, konspekt daftari,
qalam, chizgich.
Nazariy tushuncha
: Chorvachilikda yangi zot yaratish va mavjud zotlarni
takomillashtirish, hayvonlar mahsuldorligini
yaxshilash maqsadida
tanlash
ishlari
olib boriladi. Mollarni tanlashda
fenotipi
(rivojlanishi, ekster‘eri, konstitutsiyasi,
mahsuldorligi) va
genotpi
(irsiy belgilari va ularni o‘z nasliga o‘tkaza olish
xususiyati) ga e‘tibor beriladi.
Hayvonlar seleksiyasida quyidagi tanlash turlari qo‘llaniladi:
Bir tomonlama tanlash,
bunda
mollar ma‘lum bir seleksiya belgisi va
ko‘rsatkichi bo‘yicha tanlab olinadi.
Kelib chiqishiga ko‟ra tanlashda
hali bolalari tug‘ilmasdan oldin, maxsus
jurnallardagi ma‘lumotlarga, ota-onasining irsiy belgilariga qarab tanlanadi.
Vazni va jadal o‟sishiga ko‟ra tanlashda
har xil hayvonlar turli yoshida
baholanadi. Masalan, qulunlar (toylar) 6—8 oyligida, buzoqlar 5—6 oyligida,
qo‘zilar 4-5 oyligida, cho‘chqa bolalari esa 2 oyligida baholanadi.
Naslining sifatiga ko‟ra tanlash
asosan bolalarining hayotchanligi, tirik vazni,
bosh soni va boshqa barcha belgilari hisobga
olingan holda baholanadi va
tanlanadi.
Tanlashning asosiy shakllari:
Chorvachilikda yalpi va individual (yakka-
yakka) tanlash qo‘llaniladi. Yalpi tanlashda asosan mollarning faqat fenotipi
hisobga olinadi. Individual tanlashda esa, ularning fenotipi va genotipiga e‘tibor
beriladi.
Saralash
(juftlashtirish). Chorvachilikda naslchilik ishlarining muhim
tadbirlardan biri, erkak va urg‘ochi hayvonlarni juftlashtirish hisoblanadi. Shu yo‘l
bilan ularning foydali belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarida mustahkamlash
mumkin. Agar juftlashtirish ishlari noto‘g‘ri
olib borilsa, nasliga o‘tgan
xususiyatlar sifati pasayib ketishi mumkin. Erkak va urg‘ochi hayvonlarni
177
juftlashtirishda quyidagilarga e‘tibor beriladi: 1) eng sifatli urg‘ochilari eng sifatli
erkaklari bilan juftlashtiriladi; 2) juftlashtirishda erkak hayvon urg‘ochisiga
qaraganda yuqori klassli bo‘lishi kerak; 3) yaqin qarindosh hayvonlarni (I avlod
erkak va urg‘ochilarini o‘zaro yoki bolalarini ota-onalari bilan) juftlashtirish
yaramaydi. Aks holda zaif va sifatsiz nasl vujudga keladi.
Lekin naslchilik
xo‘jaliklarida, ayrim holatda, yuqori malakali mutaxassislar nazorati ostida, bu
ishni ma‘lum maqsadda (zotning sifatini yaxshilash, zot yaratish uchun)
amalga
oshirish mumkin; 4) bir xil nuqsonlari bo‘lgan erkak va urg‘ochi hayvonlarni
o‘zaro juftlashtirish yaramaydi, chunki bu nuqsonlar keyingi avlodlarida yanada
jiddiylashib ketadi.
Tanlash samaradorligining ko‘rsatkichi sifatida mahsuldorlik ko‘rsatkichlari
past bo‘lgan hayvonlarni poda safidan chiqarib tashlash jadalligi (% hisobida) yoki
seleksiya differensiali kattaligi qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: