POPULYATSIYA (PODA) NING GENEALOGIK TAHLILI
Darsning maqsadi
: Tizim, oila va podalarning genealogik jadvalini tuzish
va uni tahlil qilishni o‘rganish.
Kerakli jihoz va materiallar
: naslli mollarning individual kartochkasi yoki
shular asosida barcha zarur ma‘lumotlari bo‘lgan hayvonlar shajarasi, kalkulyator,
konspekt daftari, qalam, chizgich.
Nazariy tushuncha va ishni bajarish tartibi
: Naslchilik ishlarini
engillashtirish, podadagi hayvonlarning qarindoshlik aloqalarini bilib olish, avvalgi
olib borilgan naslchilik ishlarining
samaradorligini aniqlash, kelajakda podalar
bilan naslchilik ishlarini yuritish va saralash rejasini
tuzish uchun hayvonlarning
shajarasi asosida tuzilgan genealogik sxemasini tuzish va uni tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir. Misol tariqasida Xolmogor
zotli qoramollar podasining
genealogik strukturasining sxemasini tuzamiz (78-rasm).
Dostları ilə paylaş: