O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


- rasm. Axal-tekin zoti 2- rasm. Arabi zotli ayg‘ir



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

1- rasm. Axal-tekin zoti 2- rasm. Arabi zotli ayg‘ir 
Arab chorvadorlari tomonidan hayvonlarni tashqi tuzilishiga ko‘ra tanlash 
va saralash bilan chegaralanib qolmay, kelib chiqishiga ko‘ra ham baholashga 
e‘tibor bera boshladilar. 
Ispaniyada mayin junli qo‘ychilik rivojlana boshladi. Bozorlarda mayin jun 
asosiy savdo-sotiq mahsulotiga aylana boshladi, bu esa jun sifatini yaxshilash 
bo‘yicha naslchilik ishlarini olib borishga turtki bo‘ldi. Feodallik davrida 
cho‘chqachilik va parandachilik sohalari ham rivojlana boshladi. 



VI-IX asrlarda qadimgi Rus davlatida slavyanlar yilqichilik va 
qoramolchilikni rivojlantirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu erda 
davlat yilqichilik zavodlari tashkil etildi, xolmogor zotli qoramollarning nasldorlik 
sifatini yaxshilashga harakat qilindi. 
Feodal tuzumi o‘rniga kapitalizmning almashinishi qishloq xo‘jaligini 
tubdan o‘zgartirib yubordi. Sanoatning rivojlanishi, shahar aholisining o‘sishi, 
savdo-sotiqning keng avj olishi, oziq-ovqat va xom-ashyoga bo‘lgan talab va 
ehtiyojning ortishi, chorvachilik va hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga qulay 
sharoit yaratdi. Kapitalizm davriga kelib, birgina XVIII asrda 100 dan ortiq hayvon 
zotlari (qoramol, qo‘y, cho‘chqa, ot, paranda) yaratildi. Angliyalik chorvadorlar 
R.Bekvell, Ch.Kolling, I.Tuley dunyoga mashhur bo‘lgan shortgorn, gereford 
qoramol zotlarini, yirik oq cho‘chqa zoti, ingliz chopqir ot zotlarini yaratdilar. 
Yangi zot yaratish bilan bir qatorda, hayvonlar mahsulot turi bo‘yicha ham 
ixtisoslashtirila boshladi. 
Hayvon zotlari yaratish Rossiya, O‘rta Osiyo va Bolqon davlatlarida ham 
rivojlana boshladi. XVIII asrda Rossiyada Orlov yo‘rtoqi ot zoti, Bolqon 
davlatlarida – sigay qo‘y zoti yaratildi. 
XVIII-XIX asrga kelib hayvonlar seleksiyasi bo‘yicha naslchilik ishlari 
gurkirab rivojlana boshladi. Juda ko‘p davlatlarda otchilik zavodlari, 
qoramolchilik, qo‘ychilik va cho‘chqachilikka ixtisoslashtirilgan naslchilik 
xo‘jaliklari tashkil etila boshladi. 1773 yilda Angliyada otlarning birinchi nasllilik 
kitobi nashr etildi, keyinchalik boshqa davlatlarda ham har xil turdagi 
hayvonlarning nasllilik kitobi yaratila boshladi. 
Qo‘ylarni bonitirovka qilish, erkak hayvonlarni avlodining sifatiga ko‘ra 
baholash yuritila boshladi. Shu davrga kelib mollarni sersutlik va sutining 
seryog‘lik ko‘rsatkichlarini nazorat qilib borish, naslli mollar ko‘rgazmasi va 
kimoshdi savdosi, otlarni ippodromlar (otchopar maydonlari) da sinash tadbirlari 
o‘tkazila boshladi. 



Chorvador-seleksiyachilarning katta amaliy yutuqlari asosida tanlash va 
saralash, hayvonlarning mahsuldorlik va nasldorlik sifatini yaxshilash usullari 
ishlab chiqildi. 
Hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan dunyo 
olimlari qatoriga K.Burjeliya (1712-1779) - ekster‘er ta‘limoti asoschisi, J.Byuffon 
(1703-1788) - chatishtirish asoslarini ishlab chiqqan, Yustinus, G.Natuzius, 
Zettegas va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
Rus olimlaridan M.I.Livanovning (1711-1800) sutchilik yo‘nalishidagi 
qoramol zotlarini ko‘paytirish va naslini yaxshilash, mayin junli qo‘ychilikni 
ko‘paytirish, qon-qarindoshli urchitishning ahamiyati, erkak hayvonlarni naslining 
sifatiga ko‘ra baholash, tashqi muhit omillarining hayvon zotlari sifatiga ta‘siri 
kabi ilmiy ishlari chop etildi. 
XIX-XX asrlarda hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga o‘zining ilmiy 
ishlari bilan katta hissa qo‘shgan olimlardan A.A.Maligonov, P.N.Kuleshov, 
M.F.Ivanov, U.F.Liskun, D.A.Kislovskiy. A.Raximov, Sh.A.Akmalxonovni
ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin