O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Hayvonlar seleksiyasida qo‘llaniladigan usullar



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Hayvonlar seleksiyasida qo‘llaniladigan usullar. 
Hayvonlar seleksiyasida 
qo‘llaniladigan asosiy usullar qatoriga 
tanlash va duragaylash 
usullarini kiritish 
mumkin. 
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoniga 10 ming yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi.
Dastlab ongsiz, keyinchalik esa, ongli ravishda, ya‘ni tashqi muhit sharoiti va 
inson uchun kerak bo‘lgan ma‘lum maqsadlarni hisobga olgan holda hayvonlar 
ustida tanlash ishlari olib borildi. Hozigi kunda hayvonlarni ekster‘eri (tashqi 
tuzilishi va tana qismlarining o‘lchovi asosida), inter‘eri(qon va limfa 
sistemasining kimyoviy tarkibi, nafas tizimining fiziologik va biokimyoviy 
ko‘rsatkichlari asosida), kelib chiqishi, mahsuldorligi va avlodining sifat 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlash olib boriladi. 
Duragaylash va individual tanlash hayvonlar seleksiyasida qo‘llaniladigan 
asosiy usullardan hisoblanadi. Hayvonlardan olinadigan nasl miqdorining nisbatan 
kam sonliligini e‘tiborga olib, yalpi tanlash usuli amalda juda kam qo‘llaniladi. 


10 
Hayvonlar seleksiyasida duragaylashning ikki xil turi: qon-qarindoshli 
(
inbriding
) va qarindosh bo‘lmagan (
autbriding
) usullari qo‘llaniladi. 
Yaqin qarindosh bo‘lgan vakillarni o‘zaro juftlashtirish keyingi avlodlarda 
gomozigotalik holatining ortib ketishiga va, aksariyat hollarda naslning mayib-
majruh tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ayrim holatlarda (noyob 
belgi va xususiyatlarni saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirish) qon-
qarindoshli chatishtirish usulidan hayvonlar seleksiyasi amaliyotida foydalaniladi. 
Inbriding depressiyasining salbiy oqibatlaridan xalos bo‘lish maqsadida boshqa 
tizim yoki zot vakillari bilan chatishtirish usullaridan foydalaniladi. Shunday yo‘l 
bilan taniqli seleksiyachi olim M.F.Ivanov tomonidan sermahsul ukraina oq cho‘l 
zotli cho‘chqa va askaniya rambulesi nomli mayin junli qo‘y zotlari hamda boshqa 
bir qancha zotlar yaratildi. 
Hayvonlar seleksiyasi tadqiqot usullariga ko‘ra, o‘simliklar seleksiyasidan
bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, hayvonlar uchun 
asosan jinsiy ko‘payish xarakterlidir. Shuning uchun har qanday zot, murakkab 
geterozigotali tizim mahsuli hisoblanadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik hayvon turlarida 
jinsiy etilish muddati juda kech kuzatiladi, tug‘ilgandan keyin bir necha yillar 
o‘tgach ko‘payish va avlodlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Uchinchidan, 
hayvonlarning nasl berish qobiliyati o‘simliklarga nisbatan bir necha baravar kam 
bo‘lib, umri davomida sanoqli miqdordagina (sigir, qo‘y va echkilar 10-15 bosh, 
cho‘chqalar – 100-150 boshgacha) nasl qoldiradi. Shuning uchun seleksiyachi 
olimlar hayvonlardan maksimal darajada foydalanish, ularning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish maqsadida tanlash va saralashning yangi, zamonaviy 
usullarini yaratib, amaliyotga joriy etmoqda. Ularga hayvonlarni sun‘iy 
urug‘lantirish, jinsiy mayillikni sinxronlashtirish va superovulyatsiyani yuzaga 
chiqarish, murtakni transplantatsiyalash (ko‘chirib o‘tkazish), hujayra va gen 
muhandisligi usullari orqali transgen hayvonlar olish va b. misol keltirish mumkin. 
Hayvonlar seleksiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri geterozislik 
hodisasidan foydalanish hisoblanadi. Xususan, undan parandachilikda broyler 
jo‘jalari etishtirishda keng qo‘llaniladi. 


11 
Poliploidiya usuli hayvonlar seleksiyasi amaliyotida deyarli qo‘llanilmaydi. 
Bu usulga misol tariqasida genetik V.L.Astaurov tomonidan yaratilgan va 
partenogenez yo‘l bilan ko‘payuvchi poliploidli tut ipak qurti duragaylarini misol 
keltirish mumkin. 
Turlararo duragaylash natijasida olingan xachir (
hangi × biya
), nortuya (bir 
o‘rkachli va ikki o‘rkachli tuyalarni o‘zaro chatitirishdan olingan duragay avlod), 
qo‘tos va qoramollarni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlar 
insonlar tomonidan qadimdan amaliyotda foydalanib kelinmoqda. Bu turdagi 
duragaylar o‘zlarining ota-onalariga nisbatan yuqori ishchanlik va chidamlilik 
xususiyatiga ega. Ularning birdan-bir kamchilgi- bepushtlik hisoblanadi. Ayrim 
holatlarda xonakilashtirilgan hayvonlarni yovvoyi ajdodlari bilan duragaylash 
natijasida nasl berish qobiliyatiga ega bo‘lgan duragay avlodlar olishga ham 
erishilgan va ulardan seleksiya ishlarida foydalanish mumkin. Masalan, mayin 
junli merinos qo‘ylarini yovvoyi qo‘chqor-arxar bilan chatishtirilishi natijasida 
mayin junli arxaromerinos qo‘y zoti yaratilgan bo‘lib, ularni yil davomida baland 
tog‘li yaylovlarda boqib o‘tlatish mumkin. Qoramollarni zebu bilan chatishtirish 
natijasida ham sut yo‘nalishidagi bebaho duragay avlodlar olingan. 
Hayvonlar seleksiyasida qo‘llanilayotgan yangi usullarga xujayra va gen 
injenerligi usullarini kiritish mumkin (1-rasm). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin