AMALIY MAHSHG’ULOT № 6
SUT MAXSULOTLARIGA TEGISHLI TABBIY –TOKSIKOLOGIK KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Sut maxsulotlariga tegishli tabbiy –toksikologik ko’rsatkichlarini aniqlash usullarini o’rganish.
Sifatli sigir suti — tashqi ko‘rinishi va konsistensiyasiga ko‘ra bir jinsli, rangi oqdan och sariqqacha, cho‘kma va aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik. Ta’mi va hidi — sut uchun maxsus, o‘tkir seziladigan yot ta’m va hidlarsiz. Yog‘liligi kamida 3,2 %. Zichligi 1,027 — 1,035 g/sm3, kislotaliligi Terner darajasi (°T) 16 — 20 bo‘lishi kerak. Kislotaligi 16°T dan kam bo‘lgan sut, kislotaligi pastligining sababi aniqlangunga qadar, sotishga qo‘yilmaydi. Agarda sut namunasidagi kislotlikning pasayishiga ozuqa omili sabab bo‘lgan bo‘lsa, unda kislotaliligi 14°T gacha, shuningdek yog‘li darajasi 3,2% dan past bo‘lsa istisno tariqasida ko‘k yorliq bilan sotuvga qo‘yiladi.
Sifatli qo‘y suti — ta’mi va hidi bo‘yicha sigir sutiga yaqin, biroq qo‘y suti uchun xos bo‘lgan hidga ega. Rangi sarg‘ish oq tusda. Konsistensiyasi bir jinsli, aralashma va cho‘kmalarsiz, yog‘ miqdori kamida 5%, tozaligi etalon bo‘yicha ikkinchi guruhdan past bo‘lmagan, zichligi 1,034 —1,038 g/sm3. Kislotaliligi 24°T dan ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Sifatli echki suti — ta’mi va hidi bo‘yicha sigir sutiga yaqin, biroq echkiga xos bo‘lgan hidga ega bo‘ladi. Rangi oq. Yog‘liligi kamida 4,4 %, zichligi 1,027 — 1,038 g/sm3. Kislotaliligi 15°T dan ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Sifatli tuya suti — tashqi ko‘rinishi va konsistensiyasi bo‘yicha bir jinsli oqdan och sariqqacha rangdagi, cho‘kma va aralashmalarsiz suyuqlik. Ta’mi va hidi — shirinroq ta’mli, yangi sutga xos bo‘lmagan o‘tkir seziladigan yot ta’m va hidlarsiz. Yog‘liligi kamida 4,2 %. Kislotaliligi 17°T dan ziyod bo‘lmasligi kerak.
Sifatli biya suti — shirinroq, ozroq taxir ta’mli, o‘ziga xos hidli, yangi sog‘ib olingan sutga o‘xshamagan ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Rangi oq-ko‘kish tusda.
Yog‘liligi kamida 1%. Zichligi 1,029 — 1,033 g/sm3. Kislotaliligi 7°T dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |