Yog’lаrning buzilishigа аsоsiy sаbаb ulаrning kislоrоd tа’siridа оksidlаnishivа yog’ triglitsеridlаrining gidrоlizlаnishi hisоblаnаdi. Yog’lаrning оksidlаnishi vа gidrоlizlаnish tа’siridа buzilishi kimyoviy vа biоkimyoviy yo’llаr bilаn bоrishi mumkin.
Yog’lаrning оksidlаnish jаrаyoni tа’siridа buzilishi. Yog’lаrdа hаvо kislоrоdi tа’siridа оksidlаnish jаrаyonlаri nаtijаsidа ulаrning tаrkibidа аldеgidlаr, kеtоnlаr vа оksikislоtаlаr hоsil bo’lаdi. Bu kimyoviy mоddаlаrning qаysi biri yog’dа ko’pligigа qаrаb аldеgidli аchishvа kеtоnli аchishlаr bo’lishi mumkin.
Оksidlаngаn yog’lаr tаrkibidа pеrеkis mоddаlаri bоrligi аniqlаngаn. Pеrеkis mоddаlаri yog’lаrdа аsоsаn hаvо kislоrоdi tа’siridа hоsil bo’lаdi. Shu sаbаbli yog’lаrning bu хildаgi buzilishigа аsоsiy sаbаb hаvо kislоrоdi dеb hisоblаydilаr.
Nazorat savollari: 1.Mоylаrning sifаtini bаhоlаshdа аniqlаnаdigаn аsоsiy fizik-kimyoviy ko’rsаtkichlаrni tushuntiring.
2. Mоylаrning хаvfsizlik ko’rsаtkichlаrigа nimаlаr kirаdi?
3.Hаyvоn yog’lаrining sifаt ekspеrtizаsini o’tkаzishdаоrgаnоlеptik ko’rsаtkichlаridаn qаysilаri muhim hisоblаnаdi?
4. Yog’lаrdа kislоtа sоni nimаni ko’rsаtаdi?
5. Mаrgаrinlаrning аsоsiy fizik-kimyoviy ko’rsаtkichlаrigа nimаlаr kirаdi?
6. Mаrgаrinlаrning nоrdоnligi qаnchа bo’lаdi?
AMALIY MASHG’ULOT № 5 NON MAXSULOTLARIGA TEGISHLI STANDARTLARDA XAVFSIZLIK KO’SATKICHLARINI ANIQLASH. Ishning maqsadi: - Non maxsulotlariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’satkichlarini aniqlash usullarini o'rganish;
Ishlash tartibi: Nonning eng ko’p tarqalgan kasalligi sifatida kartoshka tayoqchalari kasalligi va mog’orlashni qayd etish mumkin. SHuningdek, boshqa kasalliklar ham uchraydi.
Kartoshka tayoqchalari kasalligi. Nonning kartoshka tayoqchalari kasalligi chaqirgan mikroorganizmlar ta`sirida non mag’zi cho’ziluvchan, yelimsimon bo’lib, badbo’y chirigan kartoshkaning yoqimsiz hidi kelib turadi. Bu kasallikni qo’zg’atuvchilari bo’lib, Bacillus mesentericus (kartoshka tayoqchalari) turiga kiruvchi sporasimon mikroorganizmlar hisoblanadi. Kasallikning yuzaga kelishida Bacillus subtilis (pichan tayoqchalari) turidagi mikroorganizmlar ham sabab bo’lishi mumkin. Bu mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan.
Ular uzunligi 1,6 dan 6 mkm. gacha va yo’g’onligi 0,5 mkm bo’lgan tayoqcha ko’rinishida bo’ladi. Bacillus mesentericus sporalari ovalsimon shaklga ega va haroratning o’zgarishiga chidamli. Bu sporalarni halok etish uchun ularga harorati 100oS bo’lgan suv bug’i bilan 5-6 soat davomida, 109-113oS da - 45 minut va 122-123oS haroratda esa, 10 minut ta`sir ko’rsatish kerak.
Harorati 130oS bo’lgan bug’ ta`sirida sporalar birdaniga halok bo’ladi. Pechdagi non mag’zining harorati 100°S dan oshmasligini hisobga olsak, bu holda Bacillus mesentericus sporalari nonni pishirishda hayot faoliyatini yo’qotmasdan qoladi. Nonni saqlash haroratining 37°S dan 25°S gacha pasaytirilishi kasallanishni ma`lum muddatga to’xtatib turadi. 16°S haroratda saqlanishi esa, kasallanishning butunlay oldini oladi. Non namligining yuqori bo’lishi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi.
Kartoshka tayoqchalarida faol amilolitik (jumladan, a-amilolitik) va proteolitik (proteinaza: polipeptidaza) fermentlari mavjud. Bu kasallanishda non mag’zining xossalari o’zgarishiga olib keladi. Kasallangan nonning o’ziga xos hidi va ta`mi mag’zi oqsil moddalari proteoliz natijasida, chuqur o’zgarishi mahsulotlarning mavjudligi bilan bog’liq. Kartoshka tayoqchasi proteinazasining faolligi rN 5-10 gacha, eng yuqori faolligi rN 7-9 ga teng bo’lganida yaqqol bilinadi.
Kartoshka kasalligining oldini olishda yoki uni tezlashtirishda nonning kislotaliligi asosiy omil hisoblanadi. rN ning 4,8-5,0 dan past bo’lgani taqdirda non umuman kasallanmaydi. Xamir kislotaliligining oshirilishi kartoshka kasalligiga qarshi kurashning asosiy omillaridan biridir. SHuning uchun kislotaliligi 12 grad.gacha bo’lgan javdar unidan tayyorlangan nonda, kartoshka kasalligi kuzatilmaydi. Mikroorganizmlarning ko’payishi va hayot kechirishi uchun eng muvofiq harorat 35-50°Sni tashkil qiladi. SHuning uchun respublikamizda bug’doy unini kartoshka tayoqchalari bilan zararlanganligi 1 aprelь-1 oktyabrь дavomida laboratoriyada non namunasini pishirish usuli bilan tekshiriladi. Non namunasini pishirish GOST 27669-88 «Novvoylik bug’doy uni. Namunaviy non pishirish usuli»ga ko’ra amalga oshiriladi.
Unning kartoshka tayoqchalari bilan zararlanganligi darajasi pishirilgan non xossalariga ko’ra quyidagicha aniqlanadi. Laboratoriya sharoitida pishirilgan qolipli non 1,5-2 soatdan keyin ikki qavatli toza va namlangan gazeta qog’oziga o’raladi va 37±1°S haroratga va 85±2 % havo nisbiy namligiga ega termostatga qo’yiladi. Non namunasi termostatda 24 soat saqlanadi. Bundan keyin non kesilib kasallik bor-yo’qligi tekshiriladi (kasallikka xos hid va mag’zi yopishqoqligi). Tekshirishdan so’ng kasallangan non va qog’oz кuydiriladi. So’ngra termostat va pichoq 3-5 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan artib quritiladi.
Tajriba natijalari maxsus jurnal va unning sifat guvohnomasiga (sertifikatiga) quyidagicha qayd qilinadi:
24 soatdan keyin unning kartoshka tayoqchasi bilan zararlanganligi aniqlanmadi;
24 soatdan keyin unning kartoshka tayoqchasi bilan zararlanganligi aniqlandi.
Ayrim mutaxassislar kartoshka tayoqchasi kasalligining quyidagi to’rt darajaga ajratilishini tavsiya etishgan:
dastlabki daraja - mag’zida kuchsiz begona hid sezilib, nonni sindirishda cho’ziluvchan alohida tolalar mavjudligi kuzatiladi;
kuchsiz daraja - mag’zida sezilarli yoqimsiz hid va ko’p miqdordagi cho’ziluvchan tolalarning mavjudligi kuzatiladi;
o’rtacha daraja - sezilarli yoqimsiz hid va ko’p miqdordagi cho’ziluvchan tolalar mavjudligi bilan birgalikda mag’zining yopishqoqligi ham kuzatiladi;
kuchli daraja - non mag’zi to’q rangli, yopishqoq va kuchli yoqimsiz hidga ega.
Kartoshka tayoqchasi bilan zararlangan un quyidagi tartibda ishlatiladi:
oliy va birinchi navli bug’doy uni - teshikkulcha va qoqnon mahsulotlari, pechenьe, pryaniklar, massasi 0,2 kg holda undan kam bo’lgan kichik donali mahsulotlar tayyorlashda;
ikkinchi navli bug’doy uni – javdar-bug’doy nonlari ishlab chiqarish uchun;
jaydari bug’doy uni - jaydari bug’doy nonlari tayyorlashda aralashma sifatida.
Respublikamizda 1 apreldan 1 oktyabrgacha kartoshka kasalligi bilan kasallanishning oldini olish va kartoshka tayoqchasi bilan zararlangan unni qayta ishlash muhim vazifa hisoblanadi. Uni hal qilishda samarali usullardan biri non kislotaliligini 1 grad. ga oshirish hisoblanadi:
xamirga un massasiga nisbatan 0,2-0,3 % miqdorda sirka kislotasi (100% li kislotaga hisoblangan holda) qo’shish;
un massasiga nisbatan 5-10% miqdorda kislotaliligi 4-6 grad bo’lgan bijg’itilgan yarim tayyor mahsulotlarni qo’shish;
un massasiga nisbatan 4-6 % miqdorda 18-22 grad kislotalilikka ega mezofil xamirturushlarni qo’shish;
un massasiga nisbatan 4-6% miqdorda 16-18 grad kislotalilikka ega quyultirilgan sut kislotali xamirturushlarni qo’shish;
xamir tayyorlash usuliga ko’ra un massasiga nisbatan 25-30% miqdorda 14-16 grad kislotalilikka ega suyuq achitqilardan foydalanish;
un massasiga nisbatan 2-5% miqdorda 450-550°T (45-55 grad) kislotalilikka ega quyultirilgan sut zardobini qo’shish;
un massasiga nisbatan 0,4 % miqdorda sirka kislotasi-gliserin efirini qo’shish va hokazo.
Ammo un yuqori darajada zararlangan hollarda kislotalilikning 1 gradusga oshirish, kasallanishning oldini olmasdan uni biroz muddatga to’xtatib turadi, xolos. Non saqlash xonasidagi haroratni tabiiy va sun`iy usullar yordamida mumkin bo’lgan darajagacha sovutish, kasallikning yuzaga kelishini sekinlashtiradi.
YOz oylarida yaroqsiz nonni bir sutka davomida (pishirishdan keyin) qayta ishlash zarur. Agar yaroqsiz non mahsulotlarida kartoshka tayoqchalari kasalligiga xos alomatlar kuzatilsa, u holda sirka kislotasi yordamida kislotaliligi 15-20 grad. gacha oshirilgan ivitma sifatida qayta ishlashga ijozat beriladi. Navli bug’doy unidan non tayyorlashda hech qachon 80°S dan past haroratda quritilgan eskirgan nonni va qoqnon talqonini qayta ishlashga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu mahsulotlar kartoshka tayoqchalarini manbai bo’lishi mumkin.
Kartoshka tayoqchalari kasalligi bilan kasallangan nonni zudlik bilan ishlab chiqarish korxonasidan olib ketish lozim. Uni hayvonlarga yem sifatida ishlatilishi va har bir alohida holatda veterinariya nazorati tashkil etiladi. Zararlangan unni qayta ishlashdan keyin ishlab chiqarish xonalari va jihozlari tozalanib dezinfeksiyalanadi.Dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida xlor ohagi va sirka kislotasidan foydalaniladi. Xlor oxagining 3% li eritmasi bilan jihozlarni 1 soat davomida ishlov berish kartoshka tayoqchalari sporalarining 90% ni, 3% li sirka kislotasi bilan ishlov berish esa, 50% ni yo’q qilishini ta`minlaydi. Dezinfeksiyadan 1 soat o’tgandan keyin jihozlar, anjomlar, tashish vositalari, sig’imlari issiq va sovuq suv bilan yuviladi.
Xonalarning devorlari, pollari, deraza va eshiklari dastlab sovunli eritma bilan keyin 3% li xlor ohagi eritmasi bilan namlangan lattalar bilan artiladi.