Mavzuning tayanch tushunchalari
Konfutsiy, Kun Fu tszo’ (muallim Kun), konfutsiychilik, muhofazakorona ta’limot, ijtimoiy me’yor, inson tarbiyasi, mumtoz kitoblar (tszo’n), donishmandlik sharhlovchisi, “Suhbatlar va hukmlar” (Lun yuy) kitobi, Yao, Shun va Yuy, adolat, Osmonga sig’inish, “Shu-tszo’n” kitobi,ismlar, rasm-rusumlar, musiqa, birodarlik oliijanobligi (syao ti), oliyjanob er (tszyun tszo’), axloqiy kuchga (de), bilim (chji). Dao, Lao- tszo’, “Dao de tszo’n”, de, So’ma Tan, Yan Chju, Chjuan-tszo’, eng aziz narsa-jon, rivojlanish, o’zgarish, doiraviy taraqqiyot, orzudagi mohiyat, relyativizm, adashish, ibtidoiy jamoa, koinot, inson, tabiat bilan “qo’shilib” ketish, Xan sulolasi, So’ma Tsyanyu, ismsiz, ashyolar manbai, ilohiy ma’no, ayniyat, in, yan, ruhiy xotirjamlik, murosaa, hiyla-nayrang, muqaddas idish, ashyolar me’yori, xamdo’stlik, chetlanish, Chjun Chjou, “tabiiy” tartib, individuallashtirish, nihoiy natija, alohidalik, haqiqat, haqqoniylik, buddaviylik shahobchasi, falsafiy daosizm (dao tszya), diniy daosizm (dao tszyao), o’lmaslik daosizmi (syan).
Asosiy savollar
Konfutsiychilik muhofazakorona ta’limot.
Konfutsiy – qadimgi ajdodlar donishmandligining sharhlovchisi.
Konfutsiy adolat haqida.
Konfutsiyda “ismlarni tuzatish” g’oyasi.
Konfutsiyda tartib tushunchasi.
Konfutsiy bilim haqida.
Dao maktabining vujudga kelishi va Daosizmning uch maktabi: Yan Chju, Lao-tszo’ va Chjuan-tszo’.
Daosizm tabiat va inson haqida.
“Dao de tszo’n” kitobi borliq haqida.
Daosizm insonning bosh hayotiy vazifasi
Chjuan-tszo’ “tabiiy” tartib haqida.
Konfutsiychilik muhofazakorona ta’limot
Konfutsiychilik yagona, bir butun ta’limot emas edi. U muayyan jamiyat tashkilotining nazariyasi sifatida axloqiy qoidalar, ijtimoiy me’yorlar va boshqaruvni takomillashtirishga diqqat-e’tibor bergan va bu sohada muhofazakorona mavqeda turgan g’oya edi (1-ilova). Konfutsiy o’zi haqida: “eskini bayon etaman va yangini barpo etmayman” degan edi. U va uning izdoshlari jamiyatning axloqiy tanazzulidan xavotirlanib, inson tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratib, jamiyatda bir-birini kechirish muhitini barqaror etishga harakat qildilar.
Konfutsiy (er.ol.551-479 yy.) ning haqiqiy ismi Kun Fu tszo’ (muallim Kun) bo’lib, lotincha yozilishda Konfutsiy sifatida qayd etilgan. Bu mutafakkir (oldingi ismi Kun-tsyu) Xitoyning birinchi faylasufi hisoblangan. Konfutsiy bir necha yillar davomida Sharqiy Xitoy davlatlari bo’ylab sayohatga chiqqan va hayotining oxirgi yillarini shogirdlar tarbiyasiga qaratib, ba’zi mumtoz kitoblarni (tszo’n) tartibga solgan. U ta’limoti Tsin sulolasi hukmronligi davrida ta’qiqlangan ko’pgina faylasuflardan biri edi. Xan sulolasi davrida Konfutsiy katta e’tibor qozonib, ilohiylashtirish darajasiga borib etgan va yangi davrgacha hurmatli donishmand sifatida taqdirlangan.
Dostları ilə paylaş: |