Konfutsiy adolat haqida Er yuzidagi adolatsizlikni tugatish uchun nima qilmoq kerak, degan savolga Konfutsiy kishilarni ahloqiy tarbiyalash yo’li bilan, deb javob bergan.
Osmonga sig’inish konfutsiychilikda muhim o’rin tutgan. Osmon muayyan maqsadga yo’naltirilgan oliy kuch sifatida talqin etilgan. U barcha aholining taqdirini belgilaydi. Osmon ulug’vor qudratga ega bo’lgan kuch bo’lib, aql va oliy adolat ramzidir. Ammo osmon hukmini erda ijro qilishga kim loyiq? Osmonning erdagi shunday “vakili” hukmdor shaxsidir. Bu hakda konfutsiychilikning “Shu-tszo’n” kitobida shunday deyiladi: “Osmon, odamlarga hayot bag’ishlash bilan birga, ularga ehtiroslar ham beradi. Agar odamlar boshqaruvchisiz qolishsa, unda bosh-boshdoqliklar kelib chiqishi mumkin, shuning uchun osmon oliy aql egasi bo’lgan insonni yaratdiki, lozim bo’lgan vaqtda hukmron bo’lishga qodir”. Shunday qilib, Konfutsiy va uning izdoshlari hukmdorning hokimiyatini ilohiylashtirdilar. U nafaqat osmonning erdagi “vakili”, balki insonlar dunyosi bilan ruhlar va ilohiy kuchlar o’rtasidagi vositachi hamdir.
Konfutsiyda “ismlarni tuzatish” g’oyasi Konfutsiy “ismlarni tuzatish” (chjen min) g’oyasini oldinga surgan edi. Tuzatish yoki to’g’irlash tushunchasining mohiyati quyidagilardan iborat edi: har bir kishi jamiyatda o’ziga ajratilgan muayyan joyni egallashi va shunga muvofiq o’z xatti-harakatini o’lchashi lozim, ya’ni jamiyatda o’z “maqom”i ga ega bo’lishi yo hukmdor yoki shoh, katta lavozimdagi mansabdor yoki o’rtacha lavozimdagi xodim, yoki oddiy fuqaro bo’lishi zarur. “Olijanob er, - deb yozgan edi u, - o’zi bilmagan narsaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lmog’i lozim. Agar ismlar noto’g’ri bo’lsa, aytilgan so’zlar asosli bo’lmaydi. Agar aytilgan so’zlar asosli bo’lmasa, u vaqtda ishlar bajarilmaydi. Agar ishlar amalga oshmasa, rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmaydi. Agar rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmasa, jazolash etarli darajada qo’llanilmaydi. Agar jazolash etarli darajada qo’llanilmasa, xalq nima qilishini bilmay qoladi”.